3-Mavzu. Kinetoplastidalar sinfi: tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va pathogen vakillari. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar



Download 109,12 Kb.
bet4/13
Sana25.05.2023
Hajmi109,12 Kb.
#943548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kinetoplastlar

Trixomonadalar (Trichomonadida) trixomonadoz kasalligini qo‘zg'atuvchilari bo‘lib, uch turni o‘z ichiga oladi: 1. Ichak trixomonadasi (Trichomonas hominis); 2. Qin trixomonadasi (Trichomonas vaginalis); 3. Og'iz trixomonadasi (Trichomonas tenax). Ichak trixomonadasi odamning yo‘g'on ichagida parazitlik qiladi. Qin trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik va jinsiy yo‘llarida uchraydi.
Trixomonadalarning tanasi oval shaklida bo‘lib, orqa qismi ingichkalashib ketgan. Uzunligi 5-10 mkm (ichak trixomonadasi) dan 15-30 mkm gacha (qin trixomonadasi) bo‘lad
Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo‘lib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singari trixomonadalarning harakat organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchinlarining soni 4-5 ta bo‘lib, ulardan bittasi to‘lqinsimon parda bo‘ylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida hazm qiluvchi vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo‘ylab uzunasiga ketgan tayanch o‘zak aksostil joylashgan, cheti bo‘ylab to‘lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi. Qin trixomonadasi va og'iz trixomonadasining to‘lqinlanuvchi membranasi qisqa bo‘ladi.
Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, ya'ni oziq moddalarni tananing butun yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og'zi - sitostom orqali (qamrab olish usuli bilan). Ichak trixomonadasi odamlarda xavfli kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi.
Ichak trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak trixomona-dasiga tashxis qo‘yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib, vegetativ shakllari aniqlanadi.
Qin trixomonadasi erkak va ayollarning siydik-tanosil yo‘llarida parazitlik qilib, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va jinsiy aloqa vaqtida yuqadi. Ushbu parazit barcha davlatlarda uchraydi. Ular erkak va ayollarning siydik yo‘llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40 %, erkaklarda esa 15 % ni tashkil qiladi. Tashxis qo‘yish uchun bemorning siydik va jinsiy yo‘llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi.
Og'iz trixomonadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og'iz, bo‘shlig'i va tish kasalliklari (gingvit, paradontoz, tish kariyesi bilan kasallangan bemorlar) odamlarda ko‘proq uchrab turadi. Shuning uchun stomatologiya shifoxonalarida og'iz trixomonadasini aniqlash usullariga alohida e'tibor berish lozim.

Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish