3.2. - jadval
Kimyo sanoatida tarmoqlarida asosiy fondlarning turi bo‘yicha strukturasi (%-da)
№
|
Asosiy fondlar guruii
|
Kimyo va neft kimyo sanoatida
|
Asosiy kimyo
|
Organik sintez
|
plastmassa
|
Rezina-asbet
|
Kimyo tolalar
|
1.
|
Binolar
|
32±30,8
|
31,42
|
22,51
|
34,57
|
44,30
|
37,19
|
2.
|
Inshootlar
|
14,5±14,2
|
16,95
|
13,79
|
10,40
|
60,7
|
7,6
|
3.
|
Uzatma moslamalar
|
11±11,2
|
13,98
|
19,44
|
12,05
|
4,81
|
9,49
|
4.
|
Mashina va dastgoxlar, shu jumladan:
A) ishchi mashina va dastgoxlar
B) kuch beruvchi mashina va dastgoxlar
|
39,7±41
32,7±34,2
3±3,5
|
35,15
28,86
3,22
|
42,05
34,96
3,16
|
40,82
33,03
2,60
|
42,44
36,73
5,71
|
43,8
38,71
2,30
|
5.
|
Transport vositalar
|
1,9±2,2
|
2,03
|
1,73
|
1,37
|
1,39
|
0,7
|
6.
|
Instrument, moslama, inventar, laboratoriya jixozlari
|
0,9±0,6
|
0,49
|
0,48
|
0,79
|
0,99
|
1,21
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Asosiy fondlar strukturasini quyidagi tadbirlar yordamida yaxshilash mumkin:
dastgoxlarni yangilash va modernizatsiyalashtirish;
progressiv dastgoxlar ulushini oshirish, avtomatlashtirilgan liniyalar, raqamli dastgoxlar asosida boshqariladigan uskunalar joriy etish evaziga asosiy fondlar strukturasini takomillashtirish;
bino va inshoatlardan unumliroq foydalanish, bo‘sh ishlab chiqarish satxlarda qo‘shimcha dastgoxlar o‘rnatish;
kam foydalanadigan yoki ortiqcha jixozlardan voz kechish va x.k.
2. Asosiy fondlarning hisobi va baholanishi.
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang‘ich qiymat bo‘yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo‘lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan-ularni keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang‘ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |