3-mavzu. Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o’tkazish uslubiyoti. Reja



Download 0,56 Mb.
bet8/12
Sana14.04.2023
Hajmi0,56 Mb.
#928042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JMNvaM fanidan ma`ruza 3

Darsning motor zichligi (MZ) bu darsning umumiy davomiyligiga nisbatan o’quvchilarning darsda aynan harakat faoliyatining aktivligi uchun sarflagan sof vaqtidir.
Motor zichlikni aniqlashda mashqlarni bajarish uchun sarflangan sof vaqt (tev) hisoblanadi. tev 100% ko’paytirilib, darsning umumiy vaqtiga (tumum) bo’linadi.


Masalan, aniqlanishicha o’quvchilarni jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan vaqti 25 minutga teng (qol gan 15 minuti o’qituvchini dars materi alini tushuntirshi, mashg’ulot joyini tayyorlashi, vazifalarni o’zgartirish uchun joy almashtirish, tik turib dam olish va boshqalarga sarflanadi). Bu holda darsning M3 quyidagiga teng.


Motor zichlik dars jarayonida doimo o’zgaradi. Bunday o’zgarishlarning shartligini darsda qo’llanilayotgan jismo niy mashqlarning mazmunini turli-tumanligi, ulardan foyda lanish joyi va qo’llanilayotgan uslubiyotlar bilan izohlash mumkin.
Darsning M3 ning ko’rsatkichlarini o’zgarishi darsning tipiga ham bog’liq. Harakat texnikasini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlan tirish darslarida M3 70-80% gacha ko’tarilishi mumkin.
Aqliy faoliyat ko’proq aralashgan, harakat faoliyatini o’zlashtirish darsla rida esa 50% gacha pasayib ketishi mumkin.
M3 ni ahamiyati muhimligini e’tirof etishimizga qara may, u hech qachon 100% bo’lishi mumkin emas, aks holda dars materialini tushuntirish, sodir bo’ladigan xatolarning sabab lari haqida o’quvchilar bilan muhokam , munozaralar qilish, ular ustida fikr yuritishga vaqt qolmay o’quv ishla rining sifati, samaradorligiga salbiy ta’sir etishi tabiiy holga aylanishi mumkin bo’lar edi.
Odatda motor zichlikni aniqlash jarayonida darsda jihozlarni o’rnatish, ularni yig’ishtirish, mashq bajarish uchun navbat kutishlar uchun sarflangan vaqt taxlilchilar tomonidan darsda foydalanilmagan, besamar ketgan vaqt tarzida hisobga olinadi.
Darsning komponentlari – foydali ish, besamar ketgan vaqt, tushuntirish uchun sarflangan va boshqalar darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida barcha o’quvchilarning frontal faoliyati bo’yicha, asosiy qismda esa bir nafar o’quvchi tanlab olinib uning faoliyatigina xronometrlanadi. Darsning asosiy qismda xronometrlash uchun tanlangan o’quvchi yuqori qo’zg’aluvchanlikga ega bo’lgan yoki uning aksi, o’ta sust harakatlanuvchan tipga mansub bo’lmasligi maqsadga muvofiq.
Navbatdagi sahifada e’tiboringizga havola qilingan dars zichligining qayd qilish bayonnomasi tartib raqami ustunidan tashqari yana to’rt ustunni to’ldirish bilan dars zichligining holati ifodalanishi orqali yuritiladi:
-dars davomida bajarilgan harakat faoliyatlarining mazmuni ketma – ket, bajarilishining tartibiga ko’ra yozib boriladi;

  • faoliyatni bajarishni boshlangan vaqti;

  • uni ijrosi(bajarilishi)ni tugallangan vaqti;

dars komponentlarining nomlari ularning qisqartirilgan bosh harfi bilan ifodalanadi. Xronometrlovchi darsning oxirida har bir komponent bo’yicha saflangan vaqtning umumiy hisobini olib uni foyizini aniqlaydi. To’ldirilgan bayonnoma asosida zichligi taxlil qilingan jismoniy tarbiya darsi yoki mashg’ulotning mazmunini grafik(“xronografik”) tarzida qayta tiklashimiz mumkin. Dars zichligining pastligi yoki yuqoriligi aynan shu dars uchun qo’ yilgan xususiy didaktik vazifalarga bog’liq. “Yangi materialni o’zlashtirish darslarining” zichligi xususiy vazifasiga ko’ra “takomil lashtirish” vazifa qilib qo’yilgan darslarning zichligidan past bulishi tabiiy.
Zichligi 100% li darslar amaliyotda kam uchraydi. Mashqni bajarish uchun qilingan urinishlar oralig’ida organizmning tiklanishi uchun passiv dam, urinishlar oralig’idagi navbat kutishlar, o’qituvchining tuzatishlari, tanbehlari, ko’rsatmalarini eshitish uchun ham vaqt sarfla nishini unutmasligimiz lozim



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish