Jismoniy madaniyat darsida jismoniy yuklamani aniqlash va boshqarilishning bayonnomasi 1. Dars o’tuvchisi : Xakimov A.
2. Dars mavzusi: Past startdan 60mga yugurish.
Yugurib kelib uzun. sakrash.
3. Pulьs olgan o’qituvchi: Sulaymonov SH.
4. Pulьs olingan o’quvchi: Siddiqov A.
5. Dars o’tkazilgan sana:
_______________
Vaqt
Puls
Bajarilgan mashqlar
01
72
Dars boshlanishida
41
86
Yurishdan so’ng
71
120
Yugurishdan keyin
91
104
4 – URM dan keyin
111
110
URM dan so’ng
141
130
Maxsus mashq tugagach
181
120
Yordamchi mashqdan keyin
221
140
Past startdan yugurishdan so’ng
251
160
60 mga yugurishdan keyin
281
140
Yugurib kelib uzoqlikka sakrashga yordamchi mashqdan keyin
311
145
Yordamchi mashq tugagandan so’ng
341
130
Uzunlikka sakrash vaqtida
371
134
Uzunlikka sakrash mashqini bajarish
401
176
Uzunlikka sakrash 5 urinishdan keyin
431
96
Nafas rostlash mashqidan so’ng
451
84
Dars oxirida
Sog’lomlashtirish maqsadidagi mashg’ulotlar uchun esa, yuklamani optimal diapazonini YuQCH minutiga 130 dan 170 gacha deb qaralmoqda (A.A. Viru va bosh. 1988).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sog’lomlashtirishning umumiy samaradorligi o’smirlar va yoshlarning mashg’ulot larida o’rta va katta intensivlikdagi, aerob yo’nalishdagi mashqlar (harakatli o’yinlar, estafetalar, sport o’yinlari, suzish, yugu rish, velosipedda yurish) orqali erishiladi.
O’rtacha intensivlikdagi yuklamani diapazoni YuQCH minutiga 130-160 marta gacha va katta intensivlikdaginiki esa minutiga 160-171 martagacha deb qaralmoqda.1 Jismoniy yuklamani qat’iyan boshqarish va uni dam olish bilan almashib turishini yo’lga qo’yish maktab yoshidagi bolalar organizmining organlari va ularning tuzilishini funktsional faolligiga jismoniy mashqlar orqali yo’nalti rilgan ta’sir etishini ta’minlaydi.
Jismoniy madaniyat darsida yuklamaning parametrini boshqarishga turli xildagi usullari va uslubiyotlar orqali erishiladi. Nisbatan samarador va qo’llashning oson usullari quyidagilardir:
- bajarilayotgan mashqni takrorlashlar sonini o’zgar tirish;
- mashqlarning umumiy sonini o’zgartirish;
- bajarilayotgan bir xil mashqni takrorlash bilan uni bajarish tezligini oshirish;
- harakat amplitudasini qo’shish yoki kamaytirish;
- tashqi qarshilikni miqdorini variantlash(o’zgartirish);
- mashqni bajarish sharoitini osonlashtirish yoki qiyinlashtirish (masalan, balandga qarab yoki pastga yugurish, qumli yo’lka yoki stadion yo’lkasida yugurish va boshqalar);
- dastlabki holatni o’zgartirish (masalan, yarim yoki to’la o’tirish holatidan yuqoriga sakrashlar, qo’lni tirsakdan bukib to’g’rilashni polda, oyoqni stul ustiga qo’yib, gimnastika devori reykasiga tirab va h.k.);
- masofani (yugurish, suzish va boshqalarda) uzaytirish yoki kamaytirishlar;
- mashg’ulotlarni odatdagi yoki kengaytirilgan, kichraytirilgan maydon larda o’tkazish;
- qo’llanilayotgan uslubiyotlarni variantlash (bir maromda, o’yin, musobaqa tarzida va h.k.lar tarzida);
- mashqlarni bajarish vaqtini ko’paytirish va ozaytirish yoki mashqlar orasida dam olishning xarakterini o’zgartirish.
O’qituvchi tomonidan har qanday holatda ham dars vazifasini hal qilish uchun jismoniy yukni boshqarishning optimal usullari qo’llanadi. Yuklamaning organizmga qanday yo’sinda berilganligini YuQCHning fiziologik qiya chizig’ini chizish orqali ko’rish mumkin. Navbatdagi sahifada YuQCHning fiziologik qiya chizig’i taxminiy chizmasi berilgan (13-chizma).