3-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Markaziy Yevropa davlatlari. Reja


Birlashgan Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti



Download 91,07 Kb.
bet5/13
Sana02.01.2022
Hajmi91,07 Kb.
#310246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 (2)

Birlashgan Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.

Germaniyaning birlashishi mamlakatning xalqaro mavqeyini ancha mustahkamladi. Ammo dunyo siyosati tizimidagi yangi mavqe GFRga imtiyozlar berish bilan birga zimmasiga buyuk davlatga xos yangi siyosiy, moliyaviy va axloqiy majburiyatlarni ham yukladi.

Germaniya birlashishining ichki oqibatlari ancha murakkab kechdi. Turlicha ijtimoiy tuzumda o‘nlab yillar davomida yashash, bir millatni bo‘lib tashlab bir-biriga qarama-qarshi qo‘ygan tashviqotning faolligi, ijtimoiy munosabatlar, hayotiy va milliy qadriyatlarni turlicha qabul qilish, tarixan shakllangan psixologik xususiyatlar - buning hammasi yagona nemis millatining qayta shakllanishini qiyinlashtirdi. Birlashish jarayonida o‘zaro qarama-qarshilik, jirkanish, mensimaslik va G‘arbiy Germaniyadagi ishbilarmon va siyosiy doiralar tomonidan sharqiy nemislarni yashirincha kamsitishlar ro‘y berdi. GDR aholisining ilgarigi sara guruhi-harbiy xizmatchilar, sportchilar, madaniyat xodimlari va ziyolilardan sanoqli kishilargina o‘zlariga yarasha arzigulik ish joyiga ega bo‘lishdi. Germaniya birlashishining mo‘‘jizaviy iqtisodiy samarasi haqidagi umidlar xom-xayol bo‘lib chiqdi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni birlashtirish strategik rejalashtirishsiz, sinovlar va xatolar yo‘li bilan amalga oshirildi. Oldingi ishlab chiqarish va savdo infratuzilmasining barbod bo‘lishi, tuzilmaviy qaytaqurishning boshlanishi “yangi yerlar”da ishlab chiqarishning keskin pasayib ketishiga olib keldi. Bu yerda ishchi o‘rinlarining 50%dan ko‘prog‘i yo‘q qilingan edi. Ishsizlik, 30%ni tashkil etdi. 1990 yil iyulida pul islohotining o‘tkazilishi Sharqiy Germaniya uchun kutilmagan hol bo‘ldi. GDR markalari doychmarkalarga almashtirildi. O‘tish davrida oylik maoshi, stipendiyalar, nafaqalar, yashash joyi uchun ijara to‘lovlarining oldingi hajmi saqlab qolindi va aholi uchun almashtirish 1:1 koeffitsent bilan bolalarga 2 ming markagacha, kattalarga 4 ming markagacha va nafaqaxo‘rlarga 6 ming markagacha amalga oshirildi. Bundan ortiq mablag‘lar 1:2 nisbatda almashtirildi. Ammo tez orada Sharqiy Germaniyadagi mahsulot bozori izdan chiqdi va bu yerlarda aholi turmush darajasi nihoyatda pasayib ketdi.

Sharqiy Germaniya sanoatini ma’muriy qayta qurishga urinish ham qiyin va samarasiz kechdi. G‘arbiy germaniyalik mutaxassislar hisobiga ma’muriy xodimlarni yoppasiga yangilash muammosi, mutlaqo boshqa ishlab chiqarish madaniyati, asbob-uskunalarning texnologik qoloqligi, an’anaviy bozorlarning izdan chiqishi va boshqalar katta ishlar qilish kerakligini bildirdi. Buning hammasi GFR hukumatini sharqiy yerlarni yangilash federal dasturlarini uzoq muddat ichida saqlab turishga majbur qildi.

90-yillarning boshida G‘arbdagi yetakchi mamlakatlar iqtisodiy tanaz­zulga duch keldi. Germaniya iqtisodiyoti ham eng og‘ir ahvolda edi. Inqiroz­ning eng yuqori nuqtasi 1993 yilga to‘g‘ri keldi, unda YAIM o‘sishi 1,1% ni tashkil etdi. Bunday sharoitda Sharqiy Germaniya iqtisodiyotini yangilash dasturlarini amalga oshirish, G‘arbiy Germaniya iqtisodiyoti barqarorligi poydevori bo‘lgan moliyaviy tizimning zo‘riqishiga sabab bo‘ldi. Byudjet muvozanati izdan chiqqan edi. Bu holat keyinchalik ham, butun 90-yillar davomida ham saqlanib qoldi.

1994 yilda iqtisodiy ahvolning jonlanishi ko‘zga tashlandi. YAIMning o‘sishi 2,8%ni tashkil etdi. Ammo 1995-1996 yillardayoq yangi inqiroz boshlandi. Ishlab chiqarishning keskin pasayishi ro‘y bermagan bo‘lsa-da, barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida jiddiy nomutano­sib­liklar saqlanib qolganidan darak berardi. 1997 yilga kelib ishsizlar iqtisodiyotdagi faol aholining 11,3%ni tashkil etdi.

Germaniyada 90-yillarning birinchi yarmida siyosiy vaziyat barqaror edi. 1990 yil kuzida ro‘y bergan mamlakatning birlashish jarayoni uning tashkilotchisi - xristian demokratlar ustunligini mustahkamlashga xizmat qildi. Bu 1994 yili G.Kol partiyasiga navbatdagi tantanani tuhfa etdi. May oyida mamlakat prezidenti etib, XDS vakili, 1987 yildan GFR Konstitutsion sudi raisi vazifasida ishlab kelayotgan 60 yoshli huquqshunos R.Xersog tanlandi. 1994 yil kuzida Bundestagga navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tdi. Muxolifot o‘z mavqeyini ancha mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. GSDP 36,4% ovoz va 252 mandatga ega bo‘ldi. Shunga qaramasdan hukumat koalitsiyasi parlamentda ko‘pchilikni tashkil etdi. XDS 34,2% ovozga (244 mandat), XSI - 7,3% ovozga (50 mandatga) ega bo‘ldi. Qiyin iqtisodiy ahvolni hisobga olganda, bu yutuq G.Kolning katta shaxsiy muvaffaqiyati edi. G.Kolning Germaniyani birlashtirishdagi xizmatlarini nemis xalqi­ning qadrlashi deb e’tirof etildi.

Navbatdagi 1998 yilgi Bundestag saylovlarigacha o‘tgan to‘rt yil mobaynida xristian demokratlar o‘z obro‘larini oshirishga hamda dasturlarini yangilashga muvaffaq bo‘lishdi. Faqat 1998 yil davomida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishi saylov kompaniyasining omadli bo‘lishi­ga umid tug‘dirardi xolos. YAIMning o‘sishi dastlabki 8 oy ichida 2,2% ni tashkil etdi. 1998 yil saylovlari arafasida sotsial-demokratlarning obro‘­si oshganligi ko‘rinib turardi.

1998 yil saylovlari sotsial demokratlarga uzoq kutilgan g‘alabani hadya etdi. GSDP 40,8% ovoz va 298 mandatga ega bo‘ldi. Parlament saylovlarida g‘alaba qilish uchun “alvon-yashil koalitsiya” tashkil qilindi. 67% ovoz va 47 mandatga ega bo‘lgan “Ittifoq-90 yashillar” bloki uning a’zosi bo‘ldi. Birinchi marta DSP 5%li to‘siqni oshib o‘tdi (5,1% va 35 mandat). XDS/XSS bloki 35,3% ovozga (245 mandatga), EDP esa-6,2% ovoz (44 mandatga) ega bo‘ldi. Gerxard SHreder Germaniyaning yangi kansleri bo‘ldi. SHreder hukumatda tashqi ishlar vaziri “Ittifoq-90 yashillar” bloki yetakchisi Yoshka Fisher bo‘ldi. 1999 yil may oyida sotsial-demokratlar muvaffaqiyatli ravishda prezident saylovlarini o‘tkazdi. Bu lavozimni Yoxannes Rou egalladi.

Ichki siyosatda SHreder “neokonservativ to‘lqin” pozitsiyasida turgan yangi siyosatchilar Bleer va Jospen tajribasidan foydalandi. Ustivor yo‘nalishlar: kompaniyalar soliqlarini kamaytirish, mehnat bozori egiluvchanligini ta’minlash va ish kuni davomiyligini o‘zgartirish, mehnatga haq to‘lash uchun chegirmalarni qisqartirish, iqtisodiyotdagi ijtimoiy sektorni yangilashdan iborat bo‘ldi. 1999 yilda hukumat ta’lim sohasini keng miqyosda isloh qilish qarorini ma’lum qilib, bu sohaga bo‘lgan harajatlardan oqilona foydalanish ratsionallashtirish va uning samaradorligini oshirishga harakat qildi. Istiqbolli ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratila boshlandi.

Tashqi siyosatga ham SHreder katta tuzatishlar kiritdi. 1999 yilda Germaniya EIning raisi bo‘lishiga qaramasdan, valyuta ittifoqini shakl­lan­tirishga qaratilgan Umumyevropa dasturlari loyihalarini ma’qullashga shoshilmadi. Germaniya integratsiya jarayoniga qatnashishga tayyor ekanligini namoyish etdi, ammo boshqa mamlakatlar uchun mablag‘ to‘lashdan bosh tortdi. 1999-2000 yillarda Germaniya NATO tarkibida faolroq bo‘ldi.

2002 yilgi parlament saylovlarida ham Sotsial Demokratik partiya ko‘p ovoz olib SHreder ikkinchi marta kanslerlik lavozimini egalladi. Biroq, SHreder hukumati mamlakat tarakkiyot yo`lida ijobiy yutuklarni kulga kiritganligiga karamay, mamlakatdagi mavjud muammolarni to‘liq bartaraf qilolmadi. Natijada, 2006 yilgi Bundestagga bo‘lgan saylovlarda XDS va unga ittifoqchi bo‘lgan partiyalar g‘alaba qozondi. A.Merkel GFR kanslerligi lavozimini egalladi. U 2010 va 2014 yilgi parlament saylov­larida ham g‘alaba qilib, navbatdagi muddatlarga qayta saylandi.

2008 yilda AQSHda dastlab moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan so‘ngra iqtisodiy sohani ham qamrab olgan inqiroz dunyoning rivojlangan mamlakatlarini, shu jumladan GFRni ham qamrab oldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish qisqardi, ishsizlar soni 8 mln. kishidan oshdi, tashqi savdo qisqardi. Qishloq xo‘jaligi izdan chiqdi, o‘nlab banklar sindi. Aholining daromad quvvati kamaydi. Shunga qaramay GFR Yevropa Ittifoqida yetakchi davlatligicha qolmoqda.



Download 91,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish