4. GDRdagi inqilob. Germaniyaning birlashuvi.
GDRdagi siyosiy inqirozdan faqat hukumatning almashuvi natijasida chiqish mumkinedi. 1989 yil 18 oktabrdda E.Xonekker iste`foga ketdi. 9 noyabrda Berlin devori quladi. GDR va GFRlarning yaqinlashuv sur’ati stixiyali va nazorat qilib bo‘lmaydigan harakter ola boshladi. Sharqiy Germaniyada davlat tizimining va siyosiy partiyalarning parchalanish jarayoni davom etdi, iqtisodiyot esa vayron bo‘lmoqdaedi.
1990 yil 18 martda saylov bo‘lib o‘tdi. GSYAP yangi “Demokratik kuchlar partiyasi” (DKP) nomi ostida saylovda ishtirok etdi. GDRda bu birinchi erkin saylovedi. Saylovda, kommunistlardan ajralib chiqqan va shaxsan G.Kol ishtirokida hamda GFRning moddiy qo‘llab-quvvatlashi natijasida tashkil topgan “Germaniya uchun alyansni” boshqargan XDS g‘olib chiqdi. XDS va uning ittifoqchilari 48% dan ortiq ovoz oldi va palatada ko‘pchilik o‘rini egalladi. Saylov natijalari (GSDP – 22%, DKP – 16%) GDR va GFRlarning birlashuvini qaytarib bo‘lmaydigan jarayon ekanligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy va valyuta to‘g‘risidagi Shartnomaga ko‘ra, 1990 yil 1 iyuldan boshlab GDRda G‘arbiy Germaniya markasi joriy qilina boshladi. Avgust oyida esa, 1990 yil 3 oktabrdan boshlab GDR yerlari GFR tarkibiga kirishi haqidagi shartnoma imzolandi. Natijada tarixiy voqea roy berdi – Germaniya birlashdi.
1990 yil 2 dekabrda umumgermaniya saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra XDS g‘alaba qozondi shu jumladan sobiq GDR hududida tashkil topgan beshta erdan to‘rtasida. Shunday qilib, Germaniyada milliy emas, aksincha ijtimoiy masala mamlakatni birlashish jarayoning harakatga keltiruvchi kuchi bo‘ldi.
Xalqaro harakterga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar Germaniya birlashuviga yakun yasadi. 1990 yil 12 sentabrda Moskvada to‘rta g‘alaba qozongan davlat (SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya), GDR va GFR vakillari Germaniyaga nisbatan munosabatlarni uzil kesil tartibga solish to‘g‘risidagi Shartnomani imzoladilar. Shu bilan birga, SSSR va Germaniya o‘rtasidagi do‘stonachilik, sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomaga rozilik belgisi qo‘yildi. Ushbu hujjatlarda – Yevropadagi chegaralar buzilmasligi, Germaniyaga ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lishlik taqiqlanishi, bundesver sonining (370 ming kishi) chegarasi belgilanishi, birlashgan Germaniyaning Sharqiy qismidan SSSRning Qurolliy kuchlarini olib chiqish haqidagi qoidalar aks etganedi. Va nixoyat, 1990 yil 1 oktabrda Nyu-Yorkda oltita mamlakatning (SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, GDR, GFR) tashqi ishlar vazirlari, Germaniya birlashishi bilan Berlinga va umuman Germaniyaga nisbatan to‘rt tomonlama huquq va javobgarlikni tugatilishi to‘g‘risidagi hujjatni imzolandilar.
Shunday qilib, Ikkinchi jahon urushining Yevropadagi natijalariga yakun yasaldi. Germaniya, Yevropa va jahon tarixining butun bir jarayoni yakunlandi. Yangi geosiyosiy vaziyat yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |