3-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Markaziy Yevropa davlatlari.
REJA :
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Germaniya. Ikki Germaniya davlatining tashkil topishi.
XX asr ikkinchi yarmida GFRning taraqiyot yo‘li.
GDRning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.
GDRdagi inqilob. Germaniyaning birlashuvi.
Birlashgan Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Germaniya. Ikki Germaniya davlatining tashkil topishi.
Germaniya to‘la kapitulyasiya etilganidan so‘ng okko`patsion hukumatlar mamlakat boshqaruvini to‘lalicha o‘z qo‘liga olishdi. Unga binoan g‘arbdagi uchta zonada – AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning harbiy ma’muriyati, sharqiy zonada esa – Sovet hukumatining harbiy ma’muriyati boshqardilar. Umumiy boshqaruvni amalga oshirish maqsadida to‘rt tomonlama Kontinental kengash tashkil etildi. Germaniya fashizmi ustidan g‘alaba qilgan mamlakatlar siyosatining maqsadi qo‘yidagilarga qaratilgan edi – Germaniyada millitarizm va natsizmni teg tugi bilan yo‘qotish, mamlakatda denatsifikatsiyani, dekartelizatsiyani va demokratlashtirishni amalga oshirishedi.
Germaniyani bir nechta davlatlarga bo‘lib yuborish tarafdorlari mavjud bo‘lganliklariga qaramay, ittifoqchilar yagona davlatni saqlab qolish prinsipidan kelib chiqqan holda ish tutishdi.
Okko`patsion zonalarda dastlab umumiy Germaniyaga tegishli bo‘lgan siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalar tashkil topdi. Itifoqchilar o‘rtasida ziddiyatning kuchayb borishi natijasida g‘arb va sharq zonalaridagi siyosiy partiyalar tashkiliy jihatdan mustaqil bo‘la boshladilar.
Germaniya asta sekin odatdagi xayotga qayita boshladi. Okko`patsion hukumatlar tomonidan harbiy jinoyatchilarga nisban sud ishlari ko‘rib chiqildi hamda kartel holatidan chiqarish ishlari amalga oshirildi.
Potsdam kelishuviga binoan mag‘lubiyatga uchragan Germaniyaga nisbatan kelishilgan siyosat haqidagi pozitsiyani ittifoqchilar rasmiy jihatdan inkor etmadilar. Ammo aslida esa zonalarda bir biridan o‘zoqlashish siyosati olib borildi. “Sovuq urush” siyosati boshlanishi bilan G‘arb davlatlari Germaniyani yagona iqtisodiy butunlik nuqtayi nazardan qarashdan bosh tortdilar. G‘arbiy va sharqiy zonalar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining uzilishi chuqurlashib bordi. Bunday holat o‘z navbatida mamlakatni kelgusida ikkiga bo‘linib ketishi uchun zamin yaratdi.
G‘arbdagi okko`patsion hokimyatlarning 1948 yil 20 iyundagi pul islohoti Germaniyani bo‘linishiga olib kelgan eng ahamiyatli harakatlaridan biri bo‘ldi. O‘shandayoq G‘arbiy Germaniyani Marshall rejasi asosidagi yordamga bog‘lab qo‘yish jarayoni boshlandi. Germaniyani g‘arbdagi zonalari uchun konstitutsiyani ishlab chiqish bo‘yicha Parlament kengashini tashkil etish siyosiy sohadagi eng muhim qaror edi. 1949 yil 8 mayda Parlament kengashi konstitutsiya loixasini tasdiqladi. Uning asosida 1949 yil 14 avgustda parlamentning qo‘yi palatasi – bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra yetakchilik rol XDS qo‘lida bo‘ldi – 141 o‘ringa, SDPG - 132 o‘ringa, SaDP – 52o‘ringa, KPG – 15 o‘ringa(yoki 5,7 % ovozga) ega bo‘ldilar. Parlamentning yuqori palatasi – bundesrat – yerlar vakillaridan shakllantirildi. 1949 yil 7 sentabrda bundestag va bundesrat mamlakat konstitutsiyasini tasdiqlab berdilar va Germaniya Federativ Respublikasi prezidentini sayladilar. 1949 yil 20 sentabrda esa kansler Konrad Adenauer parlamentga birinchi hukumatni taqdim etdi.
Sharqiy Germaniyada, sovetlarning okko`patsiya zonasida, voqealar o‘xshash ravishda rivojlanib bordi. G‘arbiy zonalardagi pul islohotga javoban Sharqiy Germaniya hududida aholini moliyaviy chayqovchilikdan cheklash maqsadida, sharqiy marka kiritildi.
Sharqiy Germaniyadagi siyosiy partiyalar orasida, kommunistik va sotsial-demokratik partiyalar birlashuvi asosida tashkil topkan Germaniyani sotsialistik yagona partiyasi (GSYAP) yetakchilik rol uynagan. Sharqiy Germaniyadagi siyosiy partiyalar milliy frontni shakllantirdi va unga hududlardagi boshqa siyosiy partiyalar – XDS, liberal-demokratik partiya, dehqonlar partiyasi va boshqalar qo‘shildi.
Jamoa harakatlari va partiyalar tomonidan Nemis milliy kengashi saylandi. Ushbu kengash 1949 yil 7 oktabrda bo‘lib o‘tgan o‘zining sessiyasida Sharqiy Germaniya hududida Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil topkanligini e’lon qildi. 1949 yilning 10 oktabrida davlat boshqaruv xizmatini sovetlarning harbiy ma’muriyati muvaqqat xalq palatasiga topshirdi. GDRning muvaqqat xalq palatasi tomonidan Vilgelm Pik mamlakatning prezidenti etib sayladi. O.Grotevol hukumat raisi bo‘ldi va 12 oktabrda u GDRning birinchi hukumatini shakllantirdi va tasdiqlash uchun taqdim etdi. Xalq xo‘jaligini tiklash bo‘yicha ikki yillik reja bajarilganidan so‘ng 1952 yil iyulida GSYAP s’yezdi GDRda “sotsializm asoslarini” qurish haqidagi qarorni qabul qildi.
Shunday qilib, Germaniyani hududiy bo‘linishi sodir bo‘ldi. Ikkita Germaniya davlati ikkita ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimlarni namoyon etisharedi. Sotsialistik GDR va kapitalistik GFR tarixiy musobaqa bosqichiga qadam qo‘yishganedi. Germaniyaning ikkala qismi ham o‘tmishdagi natsizmdan turlicha usullar bilan qutilish yo‘lini qo‘lladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |