3. GDRning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.
1949 yil oktabrda GDR tashkil topkanidan so‘ng, mamlakatda davlat va siyosiy boshqaruvni amalga oshirayotgan Germaniya sotsialistik yagona partiya (GSYAP), sotsialistik jamiyat qurish yo‘liga to‘rdi. Bu yo‘lda Germaniyaga sovet tizimining davlat sotsializm modeli asos bo‘ldi. GDRda, industrlashtirish, qishloq hojaligini kooperativlash, jamiyatda g‘oyaviy yakkaxollikni ta’minlash masalalari, mamlakatning xususiyatlarini, gullab yashnayotgan GFR bilan qo‘shnichilik va “sovuq urush” davrida xalqaro maydondagi ziddiyatlarning umumiy holatini hisobga olgan holda ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.
16-million aholi mavjud mamlakatda ko‘p tarmoqli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan ma’muriy-buyruqvozlik modeli shakllantirila boshlandi. Mehnat sevar nemis xalqi bemazmun ravishda moddiy resurslarni talon-taroch qilinishiga befarq bo‘laolmadi. Oziq-ovqatlarni taqsimot tizimi ham xalq ommasini ranjitar edi. 1958 yilga qadar mamlakatda oziq-ovqat kartochkasi saqlanib turdi.
Xalqning noroziliklari stixiyaliy ommaviy namoyishlarda o‘z aksini topa boshladi. Namoyishlardan eng yirigi “sotsializm asoslarini” qurish dasturi qabul qilinganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. 1953 yil 17 martda Berlin, Leypsig, Gyorlits, Gall va boshqa GDR shaharlarida ommaviy namoyishlar sodir bo‘ldi va ular GDRda joylashtirilgan sovet qo‘shinlari ishtirokida bostirildi. Noroziliklar shakli turli tasvirda namoyish etila boshladi, ammo ko‘proq sharqiy Germaniya nemislarining GFRga qochib o‘tish hollari yuz berdi. Bunga javoban chegara yopib qo‘yidi. 1961 yil Berlinda Berlin devori o‘rnatildi, Brandenburg darvozasi esa bir necha qator tikonaylik simlar bilan o‘rab qo‘yildi. Berlin devorini avtomatchilar qo`riqlashar edi va ularga chegarani buzib o`tuvchilarga qarshi o‘q otish buyrug`i berilgan edi.
60- yillar boshida GDR hukumati etilgan isloxatlarni o‘tkazish maqsadida jadal harakatlarni amalga oshirdi. Jumladan, markazlashtirilgan rejalashtirishni korxonalarning nisbatan mustaqilligi bilan uyg‘unlashtirish harakatlari, korxonalarni esa xo‘jalik hisobiga o‘tkazish va shunga o‘xshash boshqa harakatlar qilindi. Ammo bularning hammasi xususiy mulkchilikni to‘la yoqotish va korxonalarga avtonomiyani cheklash holatida amalga oshirildi. Shunga qaramay, ko‘rilgan choralar tufayli sanoatni texnik taminot darajasining ko‘tarilishiga, boshqaruvning yaxshilanishiga va mehnat ishlab chiqarilishining oshishiga imkoniyat berdi. Sharqiy Germaniya nemislarining moddiy ta’minoti ancha yaxshilandi. Ular Sharqiy Yevropadagi sotsialistik mamlakatlar xalqlariga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari bilan yaxshiroq ta’minlanganedilar.
GDRda GSYAP rahbarligiga E.Xonikkerning kelishi 60- yillar boshida paydo bo‘lgan bir qator islohotlarni tugatilishiga va davlat-xususiy korxonalarining yopilishiga olib keldi. Jamoat doirasida borgan sari fuqarolarning xayotiga xabar beruchilarning ko‘p sonli shtatga ega bo‘lgan davlat xavfsizlik xizmati tizimining aralashuvi ortib bordi. Ijtimoiy muammolar ortib borgan sari nazorat va kuzatuv rejimi ham kuchatirilib bordi.
Shunday qilib, GDRda sotsializm kurish niqobi ostida markazlashtirilgan taqsimot boshqaruv tizimi yaratilgan edi. Totalitar sotsializmning shakllanishi ro‘y berdi.
80- yillar oxiriga kelib GDRdagi vaziyat og‘irlashdi. Iqtisodiyot rejalari muvofaqiyatli bajarilayotgani haqida rasmiy matbuot xabar berishiga qaramay, amalda esa iqtisodiyotda chuqur mutanosibsizliklar etilib kelardi, byudjetning defitsiti esa yildan-yilga o‘sib bordi va mamlakatning qarzi 20 mlrd. dollardan oshib ketdi. Malakaliy xodimlarni va yoshlarni qochib ketish holati mamlakatni fojiali oxvolga olib keldi. Oldingi yillarda GFRga qochgan 2 mln. kishilar safiga faqatkina 1989 yilning birnchi yarmida 350 ming kishi qo‘shildi. Mamlakatda yangi siyosiy va jamoatchilik tashkilotlarning paydo bo‘lishi, revolyutsion vaziyat yuza kelganligidan dalolat beraredi. 1989 yil 7 oktabrda, GDRning tashkil topishining 40 yillik kuniga bag‘ishlangan rasmiy tadbirlarga qarshi ko‘tarilgan namoyish kuch ishlatish yo‘li bilan tarqatib yuborildi. Shundan so‘ng ommaviy namoyishlar boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi. Natijada, GDRda “duxoba inqilobi” boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |