3. Badiiy matnning leksik xususiyatlari haqida ma'lumot bering.
Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda ijodkorning leksik vositalardan foydalanish (so‘z qo‘llash) mahoratini belgilash muhim o‘rin tutadi. M.Yo‘ldoshevning qayd etishicha, badiiy matndagi poetik aktuallashgan leksik vositalarning lingvopoetik qimmatini belgilashda sinonim, omonim, antonim, polisemantik, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar shevaga oid so‘zlar, chet va vulgar so‘zlarga alohida diqqatni qaratish lozim.
4. Bu uslubda qo‘llanadigan morfologik ko‘rsatkichlarning variantdoshlarini ayting.
Badiiy matnda ta'sirchanlikni oshirishda morfologik vositalar alohida o‘rin tutadi. Morfologik vositalar ichida konnotativ ma'noni hosil qiluvchi maxsus so‘z shakllari, mustaqil va yordamchi so‘zlar, maxsus affikslar muhim ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |