3-mavzu. Avtomobil yoqilg’ilari


Benzinlarning guruxli kimyoviy tarkibi



Download 182,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.05.2023
Hajmi182,44 Kb.
#940356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу мой

 
Benzinlarning guruxli kimyoviy tarkibi. 
To’g’ri xaydash benzinlari uglevodorodlarning uchta sinfi: alkan, tsikloalkan va 
arenlarni saqlaydi. Parafinli neftlar va gazokondensatlarning benzinli fraktsiyalari 50 
% va undan ortiq n-alkanlarni saqlaydi. Izoalkanlar orasida asosan 2 va 3- xolatda 
bitta alkil guruxini, odatda metilni saqlagan birikmalar ko’pchilikni tashkil qiladi. 
TSikloalkanlar asosan metilalkangan tsiklogeksan va tsiklopentanlardan iborat. S
2
radikalli tsikloalkanlarning miqdori katta emas. 120-200 S dagi og’ir benzinli 
fraktsiyalarda 15 % gacha bitsikloalkanlar bor. Benzinli fraktsiyalarda S10 gacha 
bo’lgan arenlarning barcha izomerlari mavjud, ammo moluol, m-ksilol va 
psevdokumal (1,2,4-trimetilbenzol ko’pchilikni tashkil qiladi. To’g’ri xaydalgan 
benzinlarda arenlarning umumiy miqdori 2-30 %. 
Ikkilamchi jarayon termik va katalitik krekinglar benzinlarining to’g’ri 
xaydalganlaridan farqi shundaki, ularda alkanlar, tsikloalkan va arenlardan tashqari 
alkanlarning parchalanish va tsikloalkanlarning degidrogenlash maxsulotlari bo’lgan 
olefinlar saqlanadi.
Termik kreking benzinlari ko’p miqdorda olefinlarni, shu jumladan dienlarni 
va kam miqdorda arenlarni saqlaydi. G’arbiy Sibir xomashyosini kokslash 
jarayonining benzini 40 % gacha yaqin alkan-tsikloalkanlarni, 50 % gacha olefinlar 
va qolganlari – arenlarni saqlaydi. 


28 
Katalitik kreking benzinlarining alkanlari asosan izotuzilishi gomologlardan
tarkib topgan; benzin 50 % gacha olefinlarni, shu jumladan tsikloolifenlarni va 30 % 
gacha to’yinmagan yon zanjirli arenlarni saqlaydi. Katalitik riforming benzini 50-70 
% gacha arenlarni. 40-45 % gacha alkan – tsikloalkanlar va 1-1,5 % gacha olifenlarni 
saqlaydi. Alkilat va izomerizat asosan izoalkanlardan iborat. Gidrobenzol tarkibida 
85 % dan ortiq arenlar bor. Nouglevodorodli birikmalar benzimda nisbatan uncha 
katta bo’lmagan kontsentratsiyalarda mavjud. Oltingugurt, azot va kislorod saqlagan 
birikmalarning miqdori 1-2 % dan oshmaydi.
Benzinlardagi oltingugurtli birikmalarni eksplutatsion xossalarga ta’sir etish 
darajasiga qarab faollarga (karrozion-agressiv-elementar oltingugurt, vodorod sulfid, 
merkaptanlar) va nofaollarga (sulfidlar, tiofenlar) bo’lishi mumkin. To’g’ri xaydalgan 
benzinlardagi oltingugurtli birikmalar orasida S va H
2
Sning ulushi katta emas, 
merkaptanlarniki-20-40% gacha nisbiy, qolganlari oltingugurtning nofaol 
moddalaridir.
Benzinlarning tarkibida juda kam miqdorda azotli birikmalar (0,01-0,03 %) 
bo’lib, ular yoqilg’ilarning eksplutatsion xossalariga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Bu 
birikmalar azotli asoslar (piridin, xinalin, izoxinalin, akridin va aminlar)dan va 
neytral moddalar (pirrol, indol, karbazol va porfirinlar) dan tarkib topgan. 
Benzinlarda xomashyodan o’tadigan yoki uglevodorodlarning oksidlanishi natijasida 
hosil bo’ladigan kislorodli birikmalar mavjud. Tovar benzinlarda nordon korrozion-
agressiv moddalarning miqdori 0,01 % massdan ortiq emas (kislotalik kon/100 sm
3
ga 3 mg dan ko’p emas). Benzinlarda nordon birikmalar yig’indisining 10% ga 
yaqinini fenollar, qolganini, kislotalar tashkil qiladi. Nordon birikmalar benzinlarni 
ishlab chiqarishda ishqorlantirish bilan yo’qotiladi. Neytral kislorodli birikmalar 
(spirt, efir, aldegid va ketonlar) benzinlarda kam miqdorda bo’ladi va deyarli 
eksplutatsion xossalariga ta’sir qilmaydi.

Download 182,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish