3-mavzu. 1-mashg’ulot. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslaridan olinadigan tosh materiallarning turlari



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.10.2022
Hajmi1,12 Mb.
#851684
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu. 1-mashg’ulot.Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslaridan olinadigan tosh materiallarning turlari va qurilish xususiyatlari.



3-mavzu. 1-mashg’ulot.Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslaridan olinadigan tosh materiallarning turlari 
va qurilish xususiyatlari. 
Reja: 
1.Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslaridan olinadigan tosh materiallarning turlari va qurilish 
xususiyatlari.
2.Tosh materiallarini karroziyadan saqlash.
3.Tosh materiallarini qabul qilib olish.
4.Sun’iy tosh materiallari va ularning turlari.
5.Sun’iy tosh materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi. 
Tayanch iboralar: Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari,korroziya,intruzif,iffuzif, kontakt 
metamorfizm,regional metamorfizm. 
1.Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslaridan olinadigan tosh materiallarning turlari va qurilish 
xususiyatlari.
2.Tosh materiallarini karroziyadan saqlash.
Magmatik tog‘ jinslari va ularni aniqlash. 
Yer qobig‘ining katta qismini egallagan va bitta yoki bir necha minerallar to‘plamidan iborat 
bo‘lgan tabiiy birikmalar tog‘ jinslari deyiladi. Tog’ jinslari yerning ichki va tashqi qismida sodir bo‘ladigan turli-
tuman geologik jarayonlarning maqsulotidir. Ular bir- biridan o‘ziga xos tuzilishi, tarkibi va xossalari bilan farq 
qiladi. 
Tog‘ jinslari paydo bo‘lishiga va tarkibiga qarab uch xil: magmatik, cho‘kindi va metamorfik guruxlarga bo‘linadi.
5.1- rasm. Magma. 
Magma yer po‘stining chuqur qismlarida qizib suyuqlangan, soviganda tog‘ jinslari va minerallar paydo qiluvchi 
murakkab modda.Kimyoviy tarkibiga ko‘ra magmada: kislorod—46,7%, qumtuproq — 27,7%, alyuminiy—8,1%, 
temir— 5,1%, kalsiy—3,6%, magniy —2,1%, vatriy 2,7%, kaliy— 2,6%, boshqa elementlar 1,4% atrofida bo‘ladi. 
otilib chiqishi yoki turli chuqurliklarda tog’ jinslari orasida asta-sekin sovib qotishidan hosil bo‘ladi.Magmatik 
jinslar magmaning qaerda sovib qotganiga qarab intruziv, effuziv va daykalar deb ataluvchi tomir jinslarga 
bo‘linadi . 


Intruziv (chuqurlikdagi) jinslar magmaning katta bosim va temperatura ostida erning ichki 
qismlaridan ko‘tarilib, tog’jinslari orasiga kirib, asta-sekin sovib qotishidan hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda 
magmadan ajralayotgan minerallar to‘la kristallanishga ulguradi va donador jinslar hosil qiladi. Magma tarkibidagi 
uchuvchan komponentlar (suv bug‘lari, gazlar) ancha vaqtgacha saqlanishi sababli to‘la donador,yaxlit kristall 
jinslar paydo bo‘lishiga imkon tug‘iladi.Minerallarning kristallanib magmadan ajralib chiqish tartibi minerallarning 
massasiga, saqlanish temperaturasiga va eritmaning kimyoviy muhitiga (asosli yoki kislotali) bog‘liq. 
Daykalar yoki tomir magmatik jinslar tog’ jinslari ichidagi yoriqlarda magmaning yoki suvli qaynoqeritmalarning 
qotishidan hosil bo‘ladi. Bu xil minerallarning kristallanishida ham magmatik jinslarga xos to‘la kristallangan 
donador jinslar hosil bo‘ladi. 
Effuziv (otqindi) jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqishidan paydo bo‘ladi. Magma tarkibidagi uchuvchan 
komponentlarning tez yo‘qolishi, bosim va temperaturaning tez pasayishi magmaning tez sovishiga sabab bo‘ladi. 
Bunday sharoitda suyuq jinslarda to‘liq kristallanish sodir bo‘lmaydi va suyuqlanmaning bir qismi amorf holda 
qotib, shishasimon jinslar hosil qiladi.
Vulqonlarning otilishi natijasida er yuzasiga vulqon kuli, vulqon suvi yog‘iladi. Ularning o‘zaro 
qotib birikishidan vulqon tuflari paydo bo‘ladi. Buning ko‘p qismi shishasimon (tez sovishi va qotishi sababli) 
bo‘lib, har xil shaklga kiradi va qisman xar xil mineral zarralaridan iborat bo‘ladi. 
Tog‘ jinslarining yotish holatlari.Tog‘ jinslarining yotish holatlari tog‘ jinslari to‘plamining 
joylanishini, gorizontal va vertikal yo‘nialishlarda tarqalgan jinslarning tarkibi hamda ge- nezisi nisbatini bildiradi. 
Jinslarning yotish holati tog‘ jinslarining paydo bo‘lish qonuniyatini ifodalaydi. Masalan, cho‘kindi jinslarning 
qatlamlanishi suv havzasi rejimining o‘zgarishini bildiradi.Jinslarning gorizontal tekis holda yotmay, biror burchak 
ostida joylashganligi tog‘dogil qiluvchi jarayonlar ta’siri natijasidir. 
Magmatik jinslarning mineralogik tarkibi uni hosil qilgan magmaning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Jinslar 
tarkibidagi kremniy oksidning miqdoriga qarab nordon, o‘rta asosli va ultra asosli gruppalarga bo‘linadi Bu 
jinslarning kislotalilik darajasini ko‘rsatuvchi tashqi belgilaridan biri ularning tarkibidagi qora yoki to‘q rangli 
minerallar (biotit, soxta, muguz, avgit, olivin) miqdoridir. Ultra kislotali jinslar tarkibida to‘q rangli minerallar 
uchramaydi, shu sababli ular doimo och rangda bo‘ladi. Kislotali jinslar tarkibida to‘q rangli minerallar jins 
hajmining 10—25 foizini tashkil qiladi. 
Asos tarkibli jinslarda to‘q rangli minerallar miqdori 50 foizgacha bo‘lib, jins rangi qoramtir tusda bo‘ladi. Ultra 
asos tarkibli jinslar faqat qoramtir tusdagi minerallardan tuzilgan bo‘lib, jins rangi tarkibidagi asosiy mineralni aks 
ettiradi: to‘q yashil — soxta muguz, qora — avgit, sariqsimon-yashil — olivin .Magmatik jinslarni makroskopik, 
ya’ni oddiy ko‘z bilan ko‘rib, tekshirib aniqlaymiz berilgan aniqlagichdan foydalanamiz.(10 ilova) Namunalar 
to‘plamidan magmatik jinslarni ajratib olib, quyidagi savollarga javob tayyorlanadi: 1.Jinsning rangi; 2.Qanday 
magmatik jins xiliga tegishli ekanligi;3. Mineral qismlarining tuzilishi va o‘zaro joylashuvi;4. Mineralogik 
tarkibi.5.Yer po‘stida yotish shakllari 


5.2-rasm. Magmatik tog‘ jinslarining turlari: Pemza, bazalt, gabbro. 
5.3-rasm. Magmatik jinslar teksturasi 
Cho‘kindi tog‘ jinslari bilan na’munada tanishish
ularni va tavsifini yozish 
Cho‘kindi jinslar yer yuzasida sodir bo‘ladigan kimyoviy, fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar ta’sirida hosil 
bo‘ladi. Bunday jarayonlar yerning ustki qismlarida hamda suv havzalarida sodir bo‘ladi. Shunga ko‘ra hamma 
cho‘kindi jinslar paydo bo‘lish sharoitiga qarab kontinental va dengiz yotqiziqlariga bo‘linadi. Mineral va organik 
moddalar cho‘kib, tarkib topish sharoitiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi: mexanik yoki fizik, kimyoviy, orgonogen 
va aralash cho‘kindilar.Mexanik yoki fizik cho‘kindi jinslar magmatik va metamorfik jinslarning fizik, kimyoviy 
va biologik nurashi tufayli varchalanishi va keyinchalik atmosfera va boshqa mexanik kuchlar ta’sirida bir joydan 
ikkinchi joyga olib borib yotqizilishidan hosil bo‘ladi. 
Kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan jinslar asosan quruq iqlimli zonalarda suvda erigan har xil tuzlar va boshqa 
moddalarning suv tagiga kimyoviy usullarda cho‘kishidan (ko‘l va dengizlarda) hosil bo‘ladi. 
Orgonogen jinslar hayvon va usimlik qoldiqlarining suv ostiga cho‘kib to‘planishi va o‘zaro jipslashib jinsga 
aylanishidan hosil bo‘ladi. 
Ikki yoki undan ko‘p xil jinslar aralashmasidan ham cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha chaqiq materiallar 
bilan kimyoviy va orgonogen mahsulotlar aralashishidan jinslar paydo bo‘ladi. Ular asosan suvi kam bo‘lgan ko‘l 
va dengizlarda uchraydi. 
Cho‘kindi jinslarning paydo bo‘lish sharoiti turli- tuman bo‘lganligi sababli ularning tarkibi ham har xildir. 
Granulometrik1 tarkibiga ko‘ra mexanik cho‘kindi jinslar yirik (dag‘al donali) xarsang tosh, shag‘al, qum va gil 
fraksiyalarga bo‘linadi. Kumli va gilli gruntlar tabiatda keng tarqalganligi tufayli ular xususida batafsilroq 
to‘xtalamiz. Qumli gruntlar zarralarning o‘lchamiga qarab juda yirik, yirik, o‘rtacha, mayda va juda mayda qumli 
gruntlarga bo‘linadi. Zarralarning yirik yoki maydaligiga qarab ularning zichligi va suv o‘tkazishi ham turlicha 
bo‘ladi. Chang va gil zarralariga boy bo‘lgan qumlarning injenerlik-geologik xossalari tashqi ta’sirlardan keskin 


o‘zgaradi, 
bunday 
qumlar 
er 
osti 
va 
ustki 
suvlari 
ta’sirida 
oqib 
siljib 
turadi. 
5.4-rasm. Cho‘kindi tog‘ jinslarining birlamchi yotish shakllari: 
a — qatlam 1, 2 va 3; b — qatlam ichidagi qatlamcha; v — qatlamlarning uzilishi 2 va 3. g — qatlamning siqilishi, 
g, d — linza; e — jinslarning qatlamcha va linza ko‘rinishida tabaqalanishi; j— qoplama tabaqalanish. 
Qum Xarsantosh. Shag‘al. 
Tosh tuzi Kaliyli tuz Gips 
5.5 - rasm. Cho‘kindi tog‘ jinslarining ko’rinishi.
Metamorfik tog‘ jinslari b-n na’munada tanishish
ularni va tavsifini yozish 
Metamorfik jinslar birlamchi cho‘kindi va magmatik jinslarning yo‘qori temperatura, kuchli bosim hamda 
magmaning jinslarga ta’siri natijasida qayta kristallanishdan paydo bo‘ladi. Metamorfik tog’ jinslari ikkilamchi 
bo‘lib, birlamchi jinslarning metamorfizm natijasida mineralogik va kimyoviy tarkibi, tuzilishi o‘zgarib 
butunlay boshqa holga o‘tishi va zichligi oshishi bilan ifodalanadi. Metamorfizm geologik sharoitlarga qarab ikki 
xilga: regional (katta-katta maydonlar) va kontakt (nisbatan kichik yondosh maydonlar) metamorfizmga 


bo‘linadi.Xar 
ikki 
holda 
ham 
o‘ziga 
xos 
tog’ 
jinslari 
hosil 
bo‘ladi.(11-расм)
5.6-rasm.Metamorfizmning hosil bolishi 
Kontakt metamorfizm magmaning atrof yondosh cho‘kindi jinslar ichiga yoriqlar orqali suqilib kirishi hamda uning 
issiq harorati, undan chiqadigan har xil
Regional metamorfizm magmatik va cho‘kindi tog’ jinslarining tektonik harakati natijasida, kuchli bosim va 
yo‘qori temperatura ta’siri ostida paydo bo‘ladi, u bir necha turdagi metamorfizmni — dinamo, termo va kimyoviy 
metamorfizmlarni o‘z ichiga oladi,sharoitlarda yuzaga kelgan bosim va haroratlar ta’sirida o’zlarining ham 
mineralogik ham kimyoviy tarkiblarini o’zgartirib, ikkilamchi butunlay o’zgacha moddalar yoki tog’ jinslari 
yuzaga keladi. Boshqa termadinamiksharoitlarda esa (suyuqlik mo’ddalarning ta’sirisiz) mineral yoki tog’ jinslari 
bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tsada ularning kimyoviy tarkibi o’zgarmay qolad.Shuning uchun ham bunday 
geologik hodisalarda vujudga kelgan minerallar va jinslar, ya’ni metomorfizmga uchragan minerallar va jinslar deb 
hisoblaydilar.Shunday metomorfizmga uchragan jinslar maydonlarini metomorfizmga zo’nalari deb ataladi.
Qumtosh Kvarsit Ohaktosh 


Marmar Granit Gneys
5.7- rasm. Metamorfik tog’ jinslariga misol 
3.Tosh materiallarini qabul qilib olish.
4.Sun’iy tosh materiallari va ularning turlari.
5.Sun’iy tosh materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Sun’iy tosh materiallarni qazib olish va ularga ishlov berish 
Sun’iy tosh material va buyumlarni ishlab chiqarish uchun avvalo tog‘ jinslarini qazib olish va ularga ishlov berish 
kerak. 
Tosh qazib olish. Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan tog‘ jinslarini qazib olish usullari ularning joylashish 
sharoitlari, mustahkamligi va qattiqligi, shuningdek, yasaladigan buyumlarning shakli hamda o‘lchamlariga 
bog‘liq. Tog‘ jinslari uncha chuqur joylashmagan yoki yer yuzasiga yaqin joylashgan hollarda, ularni qazib olish 
ochiq usulda olib boriladi. Chuqur joylashgan tog‘ jinslari tosh maydalanadigan joylar yoki shaxtalarda yer osti 
usulida qazib olinadi. 
Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo‘ljallangan zich tog‘ jinslari, odatda, portlatish usulida qazib olinadi. 
Alohida bloklar yaxlit massivdan tosh tarashlash va qo‘porish mashinalari, shuningdek, maxsus asboblar 
yordamida arralab yoki sindirib olinadi. 
Oson ishlov berish mumkin bo‘lgan tog‘ jinslari, masalan, tuf va ohaktosh-chig‘anoqtoshlar tosh tarashlash 
dastgohlari yordamida mexanizatsiyalashgan usulda qazib olinadi. Dastgohlarning qirquvchi qismlari ko‘ndalang 
va tik yo‘nalishda kesuvchi disk arradan iborat bo‘ladi Tosh tarashlash mashinasi kon bo‘ylab rels yo‘lda yuradigan 
aravachaga o‘rnatiladi. Uchta o‘zaro perpendikulyar tekislikda joylashgan disk plitalar yordamida zarur 
o‘lchamdagi va geometrik shakldagi bloklar yaxlit massivdan arralab olinadi.
Maydalanadigan tog‘ jinslari (qum, shag‘al, gil) kovshli ekskovatorlar va boshqa mexanizmlar bilan ochiq usulda 
qazib 
olinadi.5.7-rasm. 
5.8-rasm. Avtomatlashtirilgan TMZ sxemasi. 


1- kabul kiluvchi bunker; 2- plastikasimon taminlagich; 3- jag‘li maydalagich; 4- titratuvchi taminlagich; 5-galvir; 
6- tasmali konveyerlar; 7- bunkerlar; 8-daraja datchigi; 9-podshivniklar xaroratini nazorat kiluvchi datchik; 10- 
avtomat moylash; 11- maydalagichning yuklanishini nazorat kiluvchi datchik; 12-daraja relesi; 13-galvirlar 
osmasining butunligini nazorat kiluvchi datchik; 14-moy bosimini nazorat kiluvchi datchik; 15-avtomat avtomobil 
torozisi; 16- televizion kurilma; 17-tezlik relesi; 18-konveyer tasmasida mavjud material datchigi 
Mashinalarni masofadan turi yoki markaziy boshqaruv pultidan avtomat rejimda boshkarish mumkin. Tamirlash 
ishlarini bajarishda mahalliy boshqaruv rejimi sozlash ishlari uchun esa OTS mashinalarini mahalliy 
blokirovkalangan boshqaruv rejimini nazarda tutiladi. 
Mashinani ishga tushirishdan oldin ogoxlantiruvchi signalizatsiya ishag tushiriladi. Ish smenasi oxirida OTS ni 
tuxtatishdan avval texnologik zanjirdagi mashinalar materialdan bushatilishi kerak.Zavod blokirovkali 
boglanishlarga muvofik materialning texnologik oqimiga teskari yunalishda pult yordamida ishga tushiriladi. 
Xar bir mashinanda favkulotda tuxtatib kuyadigan uzib kuyuvchi apparat bor biron mashina favkulotda tuxtab 
kolsa, oqimdagi boshka hama mashinalar avtomat tarzda uchiriladi. 
YOpik binolarda joylashgan kata quvvatga ega mukim (kuchmas) .TMZda ish boshlanishi bilan bir vaktda 
apsiratsiya (xavotozalagich) sistemasi avtomat tarzda yokiladi, u barcha mashinalar ishdan tuxtagandan 10-15 
minutdan sung uchadi. 
Maydalash uskunasi talab etilagn ish unumi jag‘li maydalagichning yuritmasidangi yuklama datchigi (YUD) ni 
sozlash orqali taminlanadi. Zavodning yillik quvvatini aniklash. Odatda kata quvvatga ega zavodlarni quyidagi 
turlarga buladilar kuchmas – ish unumdorligi bir yilda 200 ming m3 dan rotik o‘rtacha 50-200 ming m3 kam 
quvvatli -50 ming m3 gacha. Bu shartli bo‘lish bo‘lsada, korxonani turqumlash masalasining xal kilishga imkon 
beradi. 
5.9- rasm. SHag‘al va qumni aloxida beradigan shag‘al-qum TMZ ning Bosh plani (Genplan) 
1-o‘t uchirish saroyi ;2- kozonxona dush va kiyinish xonasi; 3- yontilgi moy benzin kuyish kolonnalar omborlari; 4 
– dastlabki maydalash bulimii; 5-trasportyor; 6, 14, 15, 23 – yukni qayta ortish uzellari; 7- laborotoriya; 8-idora va 
dispetcherlar xonasi; 9-xojatxona; 10-dam olish maydonchasi; 11- RMM 12- sheben ombori; 13- avtomobillarga 


yuk ortish bunkeri; 16, 22 - boshqaruv pulti; 17- ikkinchi marta maydalash yuvish saralash bulimii; 18- 
tranportyor; 19-kurikchilar; 20 – qum omborlari; 21-temir yo‘l platformalaridagi yuk ortish uzellari; 24-shag‘al 
omborlari; 25-temir yo‘l yo‘li. 
5.10-rasm. Mashinalarda shebenni ( shag‘alni) boyitish sxemasi 
1- materialni bunkerga uzatadigan tasmali konveyer; 2- material bunkeri; 3- cho’ktirib ajratuvchi mashina yuklash 
uchun lotokli tebranuvchi taminlagich; 4-cho’ktirib ajratuvchi mashina; 5-suvsizlantiruvchititratma galvir; 6- 
mayda zarralar va qumni tuplaydigan xovuzcha nasos. 
Nazorat sаvоllаri: 
1.Otqindi, cho`kindi, mеtаmоrfik tоg` jinslаri nimа?
2.Tоg`jinslаri хоsil bo`lishi.


3.Tоg`jinslаri ishlаtilishi. 
4.Tosh materiallarini qabul qilib olish.
5.Sun’iy tosh materiallari va ularning turlari.
6.Sun’iy tosh materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi
2-mashg’ulot.. Mineral bog‘lovchi materiallar va ularning qurilish xossalari 
Reja: 
Mineral bog‘lovchi materiallar haqida umumiy tushuncha.
Mineral bog‘lovchi materiallarning qotish sharti bo‘yicha tasnifi.
3.Xavoiy oxak va uning xossalari. 
Tаyanch ibоrаlаr-охаk, gips, giltuprоq, klinkеr, sеmеnt, sеmеnttoshi, mustахdаmlik: suvgа, sоvukdа shidаmlilik, 
sеmеnt kоrrоziyasi.
Bog`lovchi mаtеriаllаr 3 gа bo`linаdi: 
-хаvоiy bog`lovchi mаtеrаllаr 
-gidrаvlik bog``lоvchilаr 


Хаvоiy bog`lovchi mаtеriаllаr хаvоdа qоtаdi vа o`zmustахkаmligini fаqаt хаvоdа оshirib bоrаdi. Ulаr 4 sinfgа 
bo`linаdi: 
1-охаk bog`lovchi mаtеriаllаr (SаО) 
2-mаgnеziаlb.m. (MgО) 
3-gips b.m. (SаSО4*0.5N2О) 
4-suyuq shisha 
Gidrаvlik b.m. hаm хаvоdа hаm suvdа qоtib o`z mustахkаmligini хаvоdа hаm suvdа hаm (suvdа yaхshirоq.) 
оshirib bоrаdi. Bulаr 3 gruppаgа bo`linаdi. 
-pоrtlаndsеmеnt vа uning turlаri 
-аlyuminаt sеmеntlаr 
-gidrаvlik охаk vа rоmаn sеmеnt 
Аvtоklаvdа qоtаdigаn b.m.- аvtоklаvdа ya`ni yuqоri bоsim vа yuqоri tеmpеrаturаdа qоtаdi. Bulаrgа: 
-охаk-krеmnizyomli 
-охаk-kulli 
-охаk-Shlаkli 
Хаvоiy охаk. 


Хоm аshyo. Охаk tаrkibidа 8% gаchа tuprоq bo`lgаn Sа vа Mg li kаrbоnаtlаr-bоr, охаktosh, dоlоmitlаShgаn vа 
mеrgеlli охаktoshni piShirib оlinаdi. 
Охаktosh tаrkibidа: 
SаSОZ - 85% dаn оrtiq, 
MgSОZ -7% gаchа 
Giltuprоq, 8% gаchа. 
Охаk quyidаgi sinflаrgа bo`linаdi; 
А) MgО miqdоrigа qfrаb: 
а) kаl `siyli - MgО miqdоri 5% dаn kаm 
b) mаgnеziаlli- MgО mikdоri 5-20% 
v) dоlоmitli - MgО mikdоri 20-40% B) TаShqi ksriniShigа qаrаb: 
а) bo`lаk-bo`lаk 
b) tuyilgаn (kukun) 
v) охаk-puShоnkа (0.6 sism suv) so`ndirilmаgаn kukun 
g) охаk — hаmiri (2 sism suv) V) SuniShtеzligigа qаrаb: 
а) tеz sunuvShi (8 minutgаchа) 
b) O`rtаshа sunuvShi (25 minutgаchа) 
v) sеkin sunuvShi (25 minutdаn ko`p) 
Ishlаb shiqаriSh 
Охаk аsоsаn хumdоnlаrdа (yoshахtаli yoy аylаnmа) pishirib оlinаdi. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish