Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Tayyorladi: MTIF kafedrasi PhD Mirzaxmedov R.M.
Olmaliq 2022
Amaliy mashg'ulot № 2
Mavzu: Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari
Darsning maqsadi:
- Talabalarniga anorganik birikmalarning asosiy sinflari, ularning struktura tuzilishlari, olinish usullari, kimyoviy xossalari bilan tanishtirish
Kimyoviy elementlаr 200 mingdаn ortiq аnorgаnik birikmа hosil qilаdi. Bu birikmаlаr quyidаgi to’rt sinfgа bo’linаdi:
Anorganik birikmalarning sinflari.
Oksidlаr
Аsoslаr
Kislotаlаr
Tuzlаr
Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalarga oksidlar deyiladi: ExOy.
Davriy sistemadagi He, Ne, Ar lardan tashqari barcha elementlarning oksidlari aniqlangan. Oksidlar 6 ta guruhga bo’linadi:
- Asosli oksidlar
- Kislotali oksidlar
- Amfoter oksidlar
- Betaraf (befarq, indiferend) oksidlar
- Qo’sh (aralash) oksidlar
- Peroksidlar
Oksidlarni struktura (grafik) formulalarini tuzush
Tarkibida erkin (OH) girdoksid guruh tutuvchi murakkab moddalarga asoslar deyiladi: E(OH)n
Gidroksidlar 3 ta guruhga bo’linadi.
- Ishqorlar
- Asoslar
- Amfoter gidroksidlar
Ishqorlar: suvda yaxshi eruvchi, asoslik xossasi kuchli bo’lgan gidroksidlarga ishqorlar deyiladi. Ishqor – “o’yuvchi” , “yemiruvchi” degan ma’noni anglatadi.
Bularga: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2
Asoslar: suvda kam eruvchan, asoslik xossasi kuchsiz bo’lgan gidroksidlar.
Bularga: CuOH, Cu(OH)2, Mg(OH)2, Cd(OH)2, Hg(OH)2 Bi(OH)3, Cr(OH)2, Fe(OH)2, Ni(OH)2, Ni(OH)3, Co(OH)2, Co(OH)3, Mn(OH)2
Shuningdek, metall atomi bo’lmagan yagona gidroksid–NH4OH ham shu guruhga kiradi.
Amfoter gidroksidlar: ham asos, ham kislota xossasini namoyon qiluvchi gidroksidlarga amfoter gidroksidlar deyiladi.
Bularga: Be(OH)2, Zn(OH)2, Al(OH)3, Fe(OH)3, Cr(OH)3, Sn(OH)2, Sn(OH)4, Pb(OH)2
Asoslar tarkibidagi gidroksid(OH) guruhlar soniga qarab, 1,2,3,4 negizli asoslarga bo’linadi:
1 negizli: NaOH, CuOH, ...
2 negizli:Ca(OH)2, Mg(OH)2, ....
3 negizli:Al(OH)3, Fe(OH)3, ...
4 negizli: Sn(OH)4
Metall atomiga o’rnini bera oluvchi vodorod atomi va kisolta qodig’idan tashkil topgan murakkab moddalarga kislotalar deyiladi.
Kislotalar 2 ta guruhga bo’linadi:
- O2 siz kislotalar
- O2 li kislotalar
O2 siz kislotalar: takibida kislorod saqlamagan kislotalardir: HnE
Masalan: HCl, HBr, H2S, HCN, HSCN va h.k.z
O2 li kislotalar: takibida kislorod saqlovchi kislotalardir: HnEOx
Masalan: HClO, H2S2O8, H3PO4 va h.k.z
Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soniga qarab: 1,2,3,4 negizli kislotalarga bo’linadi:
1 negizli: HJ, HClO4, ...
2 negizli:H2Se, H2S2O8, ...
3 negizli:H3PO4, H3BO3, ...
4 negizli:H4P2O7, H4SiO4
Do'stlaringiz bilan baham: |