№3 ma’ruza mavzu: Otqindi, cho`kindi va metamorfik tog` jinslari



Download 109,32 Kb.
bet2/12
Sana05.04.2022
Hajmi109,32 Kb.
#530851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-mavzu Tabiiy tosh materiallar tarkibi va xossalari

Dala shpati – silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va qizg‘ish rangli mineraldir. U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, albit, anortit jinslarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha ortoklaz (K2OAl2O36SiO2) alyumosilikat kaliydan farq qilmaydi. Ortoklaz to‘g‘ri burchak shaklidagi bo‘laklarga parchalanadi. Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolariga tomonlari qirrali yoki kichik burchak shaklida bo‘linuvchan jinslar - plagioklaz, albit (alyumosilikat natriy - Na2OAl2O36SiO2) va anortit (alyumosilikat kalsiy - CaOAl2O32SiO2) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi kvarsnikidan kam (120– 170 MPa), erish harorati esa 1170–1550°S ga teng. Dala shpati atmosfera ta’sirida asta-sekin emirilib, kaolin (chinni buyumlari ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi.
Dala shpati va kvarsdan tashkil topgan jinslar pegmatitlar deb ataladi va asosan chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Slyuda - kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab suvli alyumosilikatdir. Tabiatda slyudaning bir necha xili uchraydi. SHulardan eng ko‘p tarqalganlari muskovit va biotitdir.
Muskovit – yaltiroq oq yoki kulrang holatda uchraydigan, qiyin eruvchan, kislotalar ta’siriga chidamli slyuda. Biotit – qora rangdagi, oson emiriluvchan magnezial-temir slyuda. U yassi va yupqa qatlamga ajralish xususiyatiga ega.
Olivin asosan temir va magniy silikatlaridan tashkil topgan mineraldir. U ko‘k rangli, atmosfera ta’siriga chidamsiz, suv ta’sirida esa hajmi kengayadi. U asbestsement sanoatida va issiqlik o‘tkazmaydigan ashyolar ishlab chiqarishda ko‘p ishlatiladi.
Chuqurdagi yaxlit jinslar
Granit – qurilishda keng tarqalgan magmatik tog‘ jinsi. U bir tartibli kristall jins bo‘lib, asosan kvars (20–40 %), dala shpati – ortoklaz (40–70 %) va slyuda (5–20 %) dan tashkil topgan. Bundan tashqari, granit tarkibida ishqorli plagioklaz, rogovaya obmanka kabi minerallar ham uchraydi. Granit tiniq sariq yoki och qora rangda bo‘lib, asosan tarkibidagi minerallar rangiga qarab o‘zgaradi. Granitlar mayda, o‘rta yirik kristalli, porfir kabi yaxlit va qatlam-qatlam (gneys jinsi singari) holatda bo‘ladi. Granitning zichligi 2,6–2,8 g/sm3, g‘ovakligi (0,5– 1,5 %) va suv shimuvchanligi esa nihoyatda kam. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120–250 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5–3,0 Vt/m-grad. ga teng. Granit ancha qattiq jins (Moos shkalasiga ko‘ra – 6–7), ammo uni qayta ishlash va silliqlash uncha qiyin emas.
Slyuda miqdori ko‘p bo‘lsa, granitni silliqlash qiyinlashadi. Granitning erish harorati 1400–1500°S. Harorat 750–800°S ga etganda granit tarkibida kvars kristallari kengayib, uning mustahkamligini kamaytiradi.
Tosh ashyolar orasida granit yuqori texnik sifatga ega bo‘lganligi sababli qurilishda (yo‘l qurilishlarida, gidrotexnika inshootlarida, me’morchiliqda, bezak qismlar tayyorlashda) keng qo‘llaniladi. U tabiatda har xil rangda uchraydi. Undagi dala shpati oq, kulrang, sariq, qizil va binafsha ranglarda bo‘lishi mumkin. SHu sababli granit ajoyib pardozbop qurilish ashyosidir. CHidamli bo‘lgani uchun ochiq sharoitda va zararli muhit ta’sirida ko‘p ishlatiladi.

Download 109,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish