Andezitlar - plagioklaz, avgit va rogovaya obmankadan tashkil topgan jins. Zichligi 2200-2800 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60–240 MPa. Andezit kislota ta’siriga va issiqqa chidamli. Qurilishda asosan kislotalar ta’siriga chidamli betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida hamda kislota saklaydigan hovuz devorlarini qoplashda ishlatiladi.
Traxitlar – zichligi kamroq bo‘lgan jins. Zichligi 2200 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 50–100 MPa. Rangi och sariq yoki kulrang. Ular devor ashyolari hamda betonlar uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
Vulqon tufi – pushti yoki binafsha rangda uchraydigan, zichlashib va yopishib qolgan vulqon kulidan iborat g‘ovakdor tog‘ jinsi. Zichligi 1100–1300 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 8–12 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,3–0,4. Qurilishda, asosan, devor ashyolari (bloklar) sifatida ishlatiladi. Tuf chiqindilari esa engil betonlar uchun to‘ldirgich sifatida foydalaniladi.
Pemza – shishasimon serg‘ovak engil jins. U vulqondan otilgan mayda lava tomchilarining havoda sovishga ulgurmay o‘zaro yopishib qolishidan hosil bo‘lgan. Tarkibida kremniy (75 %gacha) va alyumin oksidi bor. Och sariq rangda bo‘ladi. Pemzaning zichligi 300–600 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4–4 MPa. Sovuqqa chidamli va issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyo. Uning kukuni bog‘lovchi moddalar uchun faol qo‘shilma, qumi esa engil beton va qorishmalar uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Kamchatka, Armaniston va Kavkaz hududlarida pemza zaxiralari ko‘p.
Cho‘kindi tog‘ jinslari
Bir qism sochiluvchan jinslar suv yoki shamol ta’sirida daryo, dengiz yoki ko‘llar ostiga tushib, asrlar mobaynida ikkilamchi yoki cho‘kindi jinslarga aylanadi. Mayda jinslarning bir qismi suvda eriydi, qolganlari esa geologik qatlamlar hosil qilib suv ostiga cho‘kadi. Erigan jinslar o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qiladi va kimyoviy cho‘kindilar paydo bo‘ladi. Qatlamlar bosimi ostida hamda tabiiy sementlarning o‘zaro birikishi natijasida cho‘kindilardan mustahkam va zich sementlangan jinslar hosil bo‘ladi. CHo‘kindi jinslarning g‘ovaklarini to‘la to‘yingan eritmalardagi (SaSO3, SaSO4, temir oksidi) moddalar to‘lg‘izib, undagi mayda donalarni o‘zaro yopishtiradi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, tabiiy sement vazifasini bajaradi.
Tabiatdagi ko‘pgina mineral qatlamlar hayvonot va o‘simlik qoldiklarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan. Bunday jinslar organogenlar deb ataladi.
Qurilishda qo‘llaniladigan cho‘kindi jinslarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |