dA=-dEp.
Ikkinchi tomondan, moddiy nuqtaning bu yo`lda bajargan ishi uning kinetik energiyasining ortishiga teng,y`ani dA=dEk.
Bu ikki ifodani taqqoslash tufayli dEk=-dEp yoki
dEk+dEp=0, d(Ek+En)=0, Ek+Ep=const
Bunda, Ek+En=Et - tizimning to`la mexanik energiyasi.
N atijada Et = Ek+En=const,
Demak, berk tizimda faqat konservativ kuchlar mavjud bo`lsa, tizimning to`la mexanik energiyasi o`zgarmas qiymatga ega bo`lib qoladi. Bu mexanik energiyaning saqlanish qonunidir.
Agar berk tizim konservativ kuchlardan tashqari nokonservativ kuchlar (misol uchun ishqalanish kuchlari) ham mavjud bo`lsa, tizimning to`la mexanik energiyasi vaqt o`tishi bilan kamayib boradi.
Nokonservativ kuchlarning bajargan ishi tufayli tizim mexanik energiyasining kamayishi energiyaning dissipatsiyasi (isrof bo`lishi) deyiladi.
3.Qattiq jismning urilishi.
Jismning boshqa bir jism bilan to`qnashishi natijasida harakat holatini to`satdan o`zgarishi urilish deyiladi.
Urilish jarayonini 2 fazaga bo`lib qarash mumkin:
Urilgan jismlar deformatsiyalanib bir- biriga yaqinlasha borguncha.
Deformatsiyalangan jismlar bir-biridan ajralib ilgarigi holatiga qaytib kelguncha davom etadi.
Agar jismning urilishidan oldingi tezligi n, urilishidan keyingi tezligi 1n bo`lsa, =1n/n kattalik tiklanish koeffitsiyenti deb ataladi.
Absolyut noelastik urilish.
Absolyut noelastik jismlar urilishi uchun tiklanish koeffitsiyenti nolga teng, ya’ni =0.
Loy ,plastilin, qo`rg`oshin kabi moddalardan iborat jismlarning urilishi absolyut noelastik urilishga yaqin bo`ladi.
absolyut noelastik urilishning harakterli xususiyatlari quyidagilar:
a) Urilishda vujudga kelgan jismlar deformasiyasi saqlanadi;
b) deformasiy potensial energiyasi vujudga kelmaydi;
v) jismlar kinetik energiyalarining bir qismi jismning deformasiyalanishiga sarf bo`ladi.
Deformasiya saqlanganligi tufayli energiyaning mazkur qismi kinetik energiya tarzida tiklanmaydi balki jismlar ichki energiyasiga aylanadi.Odatda, energiyaning bu qismini deformasiya ishi deb ataladi;
g) Urilishdan so`ng – jismlar umumiy tezlik bilan harakatlanadi yoki nisbiy tinch holatda bo`ladi.
Massalari m1 va m2 urilishga qadar tezliklari 1 va 2 urilishdan keyingi tezliklari esa 11 va 12 bo`lgan sharlar to`g`ri markaziy to`qnashganda impulsni saqlanish qonuniga asosan:
m11+m22 =m112 +m212
A gar 11=12=u bo`lsa
e lastik bo`lmagan jismlar urilishigacha kinetik energiya
ga teng bo`lib qoladi.
D emak, kinetik energiyaning sarflangan qismi yoki deformatsiya ishi
Amalda urilish ikki hil maqsad uchun qo`laniladi:
a) Jism shaklini o`zgartirish (deformatsiyalash) maqsadida masalan, shtampovka qilish, jismni har xil shakl berish va xokazo.
b) Urilishdan so`ng jismlarni siljishi va shu orqali qarshiliklarini yengish maqsadida, masalan, qoziqni qoqib yerga kiritish, mix qo`qish va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |