3-маъруза: лексикология ва унинг бўлимлари


Gulobi - pushtiga moyil rang; pushti



Download 221 Kb.
bet10/13
Sana25.01.2023
Hajmi221 Kb.
#902816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-ìàúðóçà ëåêñèêîëîãèÿ âà óíèíã á¢ëèìëàðè

Gulobi - pushtiga moyil rang; pushti – shaftoli guli rangidagi och qizil, gulobidan to`qroq rang; qizg`ish – pushtidan to`qroq rang; qizil – qon rang; ol – qizildan to`qroq rang; qirmizi – to`q rangdagi qizil.
Demak, yuqoridagi chizmada har bir leksema ma’lum bir belgining turlicha darajalanishiga ishora qilmoqda. Shu asnoda ma’noviy omilning o`zi ham ikki jihatni – bir-biriga yaqin va o`xshash tushunchalarni ifodalashni hamda ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishni qamrab oladi.
Graduonimik qatorlar lug`aviy paradigmalarga qo`yiladigan talablarning barchasiga javob bera oladi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatlarning yana bir turi gipo-giperonimiya bo`lib, unda tur-jins munosabatlari o`z ifodasini topadi. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim (tur) farqlanadi.
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko`pgina ma’nolarni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasidir. Giponim esa muayyan jins turlarining nomlarini hamda o`zining semantik tarkibida jins ma’nosini ham ifodalovchi, giperonimga nisbatan boy bo`lgan lug`aviy birlikdir. Chunonchi, daraxt (jins) – terak, olcha, dub, chinor, olma, archa… (tur); meva (jins) – olma, olcha, shaftoli, o`rik, nok… (tur).
Giponimik munosabat barcha tillar uchun xosdir. Chunonchi, derevo (jins) – grusha, vishnya, yabloko, persik (tur); the man (jins) – women, man (tur); der Baum (jins) – der Tannenbaum, der Aafelbaum, der Abrikosenbaum (tur).
Partonimiya. Partonimik munosabatlarda butun-bo`lak tushunchasi o`z aksini topadi. Tarkiban murakkablik, bo`laklarga bo`linuvchanlik borliq ashyolarining umumiy qurilish qonuniyati bo`lib, bu qonuniyat ong orqali lisonda o`z aksini topadi va shu asosda partonimik munosabatlar yuzaga chiqadi. Masalan, daraxt (butun), shox, tana, ildiz (qismlar); odam (butun), bosh, tana, qo`l, oyoq (qismlar). Tirnoq barmoqqa nisbatan, barmoq qo`lga nisbatan, qo`l esa odamga nisbatan butun-bo`lak munosabatida bo`ladi.
Omonimiya. Shaklan bir xil, mazmunan esa turlichalik nutqiy bosqichga xos bo`lib, lisoniy birliklarda omonimlik yo`q.
Nutqda ba’zan so`zlarning shakli ham, talaffuzi ham shakldosh bo`lib qoladi va uning ma’nosi kontekstda oydinlashadi. Chunonchi, Topgan gul keltirar, topmagan bir bog` piyoz. Yaxshidan bog` qoladi, yomondan dog`.Omonim so`zlarda ma’no bog`liqligi bo`lmaydi, ular shu jihatiga ko`ra ko`p ma’noli so`zlardan farqlanadi.
Leksmalarning mazmun guruhlari(LMG) semasiologiyaning eng zarur tushunchalaridan biri hisoblanadi. LMG deganda, muayyan birlashtiruvchi semasi asosida ma’lum guruhga birlashtiruvchi, ayni paytda farqlovchi semalariga ko`ra o`zaro farqlanib, ajralib turuvchi leksemalar tushuniladi. Yuqorida ko`rib o`tilgan ma’nodoshlik qatorlari, mazmuniy darajalanish qatorlari LMGlarning bir turidir.
Leksemalarni LMGlariga birlashtirishda ularni shunday belgilar asosida umumlashtirish lozimki, bu guruhga birlashuvchi leksemalar ma’lum sohaga, muayyan turkumga oid bo`lib, ular orasida o`xshashlik juda ko`p, farq esa oz bo`lsin. Masalan, qoramol LMG: (sigir, buzoq, tana, g`unajin, ho`kiz, buqa, govmish…); o`ragichlar LMG: (ro`mol, qiyiq, belbog`, tasma, peshonaband, gardanband, bo`yinbog`, paytava, kamar…).
LMGlar ikki qismdan – asos va qurshovdan iborat bo`ladi. LMG asosi, odatda, bir necha (taxminan ikki - besh) leksemadan tashkil topadi va doimiy barqarorlikka ega bo`ladi. Qurshov esa o`zgaruvchandir. Chunonchi, «Osmon jismlari» LMGning markazi (XV asrdan to hozirgacha) to`rtta leksemadan iborat: [quyosh, oy, yulduz, sayyora]. Bu leksemalarning qurshovi har bir davr uchun o`ziga xos bo`lib, vaqt o`tishi bilan o`zgarib turishi tabiiydir. XV asrda:

Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish