Hisor madaniyati. Asosan, Hisor-Pomir tog‘laridan topilgan. Miloddan avvalgi V-IV ming yilliklarga oid. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan Chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik bilan shug‘ullanganlar.
Navoiy viloyati hududida qariyb 7 ming yil muqaddam ajdodlarimiz qo‘li bilan loydan yasalgan xumcha topildi. Neolit davrida odamzod tarixida sivilizatsiyaning eng muhim ko‘rinishi yuz bergan edi. Bu davr odamlari o‘zlarining betinim mehnati natijasida kuzatuvchanlik qobiliyatlarini oshirdilar. Ular ibtidoiy bilimlarga ega bo‘lib, bu tushunchalarni hayotga tadbiq qildilar. Bu taraqqiyot inson hayotida termachilikdan ishlab chiqarish yo‘siniga o‘tishda namoyon bo‘ldi. Ya’ni ovchilikdan, termachilikdan, baliq ovlashdan Chorvachilikka, dehqonchilikka, ziroatchilikka, metalldan foydalanishga, sopol ishlatishga o‘tdilar. Xullas, bu davr insoniyat taraqqiyotining dastlabki eng yirik odimlaridan biri bo‘lgan.
Eneolit (mis-tosh) davrida Markaziy Osiyoda kuyidagi tarixiy-madaniy jarayonlar yuz beradi:
- xo‘jalik yuritishda haydama dehqonchilik ustunlik qiladi;
- misdan ishlangan qurollar paydo bo‘ldi;
- paxsadan va xom o‘ishtdan katta-katta uylar qurildi;
- kulolchilikda muhim texnika yutug‘i-xumdonlardan foydalanila boshlandi;
- odamlar o‘troq hayotga o‘ta boshladilar, turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona Urug‘i (matriarxat) ga xos haykalchalar paydo bo‘ldi;
- rangdor, turli tasvirlar bilan bezatilgan sopol buyumlar paydo bo‘ldi;
Eneolit-(mis-tosh) davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishadilar. Bu davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan bo‘lsa-da, undan og‘ir mehnat qurollari yasashning imkoni yo‘q edi. Misdan asosan uy-ro‘zg‘or buyumlari, taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan. Eneolit davri yodgorliklari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjakent atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib urganilgan. Bu davrga kelib, dehqonchilik Markaziy Osiyoning Shimoli-Sharqiy hududlariga ham yoyiladi.
Mil. avv. III - ming yillikka kelib, O‘rta Osiyo hududlarida bronza qurollar keng tarqaladi. O`zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko‘plab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zarafshon va qashqadaryo hamda Farg‘ona vodiylaridan topilgan.
Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo‘ton, Tozabog‘yob, Zamonbobo, CHust, Amirobod yodgorliklaridir2. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotida katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aholi xo‘jalik yuritishning muayyan ko‘rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko‘llar, daryolar va soylar bo‘ylarida dehqonchilikka, dasht va tog‘oldi hududlarida Chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik taqsimoti) o‘tib oldi.
Bu davrga kelib, O‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan bo‘lsa-da, ona urug‘ining mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnati va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Bundan Shunday xulosa chiqarish mumkinki, bronza davri jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, Chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo‘ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar ko‘liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
Bronza davriga kelib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida kishilik jamiyati tarixiy-madaniy taraqqiyotida katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta bo‘ldi.Bronzadan (jezdan), nayza va kamon o‘qlari uchi, pichoqlar, teshkichlar, parmalar, qirg‘ichlar, o‘roq va boshqa qurollar, zebu ziynat buyumlari, idishlar paydo bo‘ldi.
Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo‘lgan turli taraqqiyot jarayonlari-kishilik tarixida muhim bosqich bo‘lgan davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi.
Insoniyat sivilizatsiyasida, xususan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyotida miloddan oldingi I ming yillikda metall-Temurning kashf etilishi katta bir inqilobiy hodisa bo‘ldi. Temurdan yasalgan mehnat qurollari dehqonchilik va hunarmandchilikda texnika taraqqiyotini boshlab berdi. Xususan, dehqonchilikda yerni ishlash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Zero, Temur mustahkam, kattiq va o‘tkir edi.
Temurning paydo bo‘lishi bilan odamlar tabiatga ta’sir o‘tkaza boshladi. Sun’iy sug‘orish tarmoqlari, kanallar qurildi. Dehqonchilikda Temurdan yasalgan ketmon,kurak, o‘roq, omoch kabi mehnat qurollaridan foydalanish, yerni ishlashda tortuvchi kuch sifatida ot, xo‘kizlarni qo‘llash katta-katta maydonlarda qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, ularning zahirasini yaratish imkoniyatini vujudga keltirdi.
Natijada o‘troq dehqonlar va ko‘chmanchi Chorvadorlar o‘z mulklarini himoya qilish uchun harbiy ittifoqlar tashkil qila boshladilar. Ular o‘rtasida tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turdi. Shuningdek, tabiiyki, tinch davrlarda o‘zaro tovar ayriboshlashlar ham keng rivojlandi. Bu hol hududimizda dastlabki sinfiy-quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Qadimgi ajdodlarimiz madaniyat, san’at, yozuv va xalq og‘zaki ijodi namunalarini rivojlantirishda ham o‘ziga xos iz qoldirganlar. Xususan g‘orlarning devorlariga tushirilgan tasvirlar, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar.Hududimizda ibtidoiy san’atning bunday turi ikki xil usulda uchraydi. Birinchisi bo‘yoq bilan, ikkinchisi urib-o‘yib, ishqalash, chizish usuli. Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takasoy kabi yuzdan ziyod joylardagi qoyatoshlarda buqalar, sherlar, yo‘lbars, qoplon, tulki, bo‘ri, bug‘u, jayron, shuningdek, qopqon, o‘q-yoy kabi rasmlar ham ko‘p uchraydi.
O‘lkamiz hududlaridagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxandaryo. Mil.avv. VIII-IV ming yillik), Tozabog‘yob, Amirobod, Zamonbobo, Sopolli, Gujayli (bronza davri) madaniyatlariga oid. Ularda sopol idishlar, tosh, mis, bronzadan yasalgan qurollar, zeb-ziynatlar, yarim yerto‘la shaklidagi uy-joylar va boshqalar topilgan. Bular orasida Zamonbobo ko‘li yoqasida topilgan qabriston diqqatga sazovordir. Bu yerdagi erkaklar qabridan o‘q-yoy paykonlari, pichoqlar, pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari, yarim qimmatbaho toshlardan ishlangan munchoq va marjonlar topilgan.
Bularning barchasi ajdodlarimiz madaniyati va san’ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beribgina qolmay, ular o‘troq hayot kechirib dehqonchilik, Chorvachilikk va xunarmandchilik bilan shug‘ullanganligidan ham dalolat beradi.
Insoniyat sivilizatsiyasida yana bir muhim ahamiyatga molik narsa bu yozuvdir. Yozuv davlatchilikning muhim belgisi bo‘lib, xalqlarning o‘ziga xos rivojlanishi va taraqqiyotini bildiradi.
Manbalarning guvohlik berishicha, qadimgi ajdodlarimiz-Xorazmiylar, baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parfiyonlar, dovonliklar, qang‘lilar, kushonlar va boshqalar bundan 2300-2500 yil burun o‘z yozuvlarini yaratganlar.
Mil.avv. birinchi ming yillik o‘rtalarida hududimizda oromiy yozuvi keng tarqalgan. Uning zaminida So‘g‘d, Boxtar, Xorazm yozuvlari paydo bo‘lgan. Bu yozuvlar qadimiy tangalar, muxrlar, hujjatlar, san’at asarlari, uy-ro‘zg‘or buyumlarida aks etgan bo‘lib, ularning namunalari S.P.Tolstov tomonidan qo‘yqirilgan qal’a qazishmalari vaqtida ko‘plab topilgan va isbotlangan.
Shunday qilib O‘rta Osiyo, xususan O`zbekiston insoniyat tarixiy taraqqiyotida o‘ziga xos xudud bo‘lib, bu yerda yashagan xalqlar o‘z madaniyati, ma’naviyati, san’ati va dini bilan yer yuzidagi boshqa xalqlar sivilizatsiyasiga munosib ulush qo‘shgan. O‘z navbatida fors, yunon, xitoy kabi xalqlar madaniyatidan bahramand bo‘lib xalqlar va davlatlararo savdo- iqtisodiy va madaniy- ma’naviy aloqalarda ijobiy rol o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |