O`zbekiston tarixi fanining metodologik asoslari va tamoyillari quyidagilardan iborat:
Ilmiy xolislik (obyektivlik);
Tarixiylik;
Mantiqiy uzviylik;
Vorislik va xronologik izchillik;
G’oyaviylik va vatanparvarlik;
Halollik va xolislik;
Qiyoslash, kuzatish, umumlashtirish;
Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
Matematik hisoblash;
Shakllash va modellashtirish;
Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
Etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya, matematika va boshqa fanlarning yutug’lari hamda metodlaridan ham keng foydalanish;
Barcha tarixlarda bo’lganidek, O`zbekiston tarixida ham davrlashtirish masalasi o’ta muhim masala. U shu tarixni o’rganuvchi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va metodlari bilan bevosita bog’liq. Demak, tarix fani qanchalik haqqoniy ilmiy-nazariya, g’oya, ta’limot va metodologiya hamda usullar bilan qurollangan bo’lsa, u shunchalik to’g’ri davrlashtiriladi.
Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o’z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g’oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va tsivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o’choqlaridan biri hisoblanadi. O’tmishda taqdir taqozosiga ko’ra tariximiz aniqrog’i Vatanimiz hududi jahon miqyosida kengayib va ma’lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o’ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo’lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O`zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Islom Karimovning «O`zbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi haqidagi metodologik va konseptual g’oyalariga amal qilgan holda ko’p ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi:
Ibtidoiy to’da davri;
Urug’chilik va mulk egaligining shakllanish davri;
Ilk o’rta asrlar davri;
O’rta asrlar davri;
Mustamlakachilik va milliy uyg’onish davri;
Sovetlar davri;
Milliy istiqlol davri.
O`zbekiston tarixi fanida tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati benihoyat kattadir. Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek, ularni o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi manbalarga ajratish mumkin. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi, ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalar asosida e’lon qilingan maqola va kitoblarda keltirilgan ma’lumotlar kiradi.
Manbalar o’z holatiga ko’ra, moddiy va yozma ko’rinishlarga ega bo’ladi. Tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo’lib, ularga - qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rg’onlar qoldiqlari, turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jangovar qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manbalar ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |