Mundarija
Kirish ..................................................................................................................3
1.Ipoteka Bank"ning texnik-iqtisodiy ta'rifi va sifat siyosati ........................7
2.Masalaning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati .....................................................11
3. Amaliyot obyektida mavjud bo’lgan hujjat almashinuvi tizimining tahlili ............................................................................................................................15
4.Masalani yechishda qo’llaniladigan dasturiy-texnik vositalar tafsifi...... 19
5. Korxonada axborot tizimini rivojlantirish istiqbollari ............................22
Xulosa va tavsiyalar.........................................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ...............................................................25
Ilovalar .............................................................................................................29
KIRISH
O’zbekiston Respubliikasi Prezidentining mamlakatimiz parlamenti - Oliy Majlisga Murojaatnomasida, jumladan, quyidagilarni ta'kidladi: “Shuni ta’kidlash kerakki, o‘z oldimizga qo‘ygan marralarga erishish uchun bizda tabiiy resuslar ham, kuch va imkoniyatlar ham, salohiyat ham yetarli. Ortimizda, tog‘dek tayanch va suyanch bo‘lib turgan ko‘pmillatli xalqimiz – hayot yo‘llarida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan mo‘tabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilg‘or va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan azmu shijoatli yoshlarimiz bor.Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.Biz barchamiz “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, o‘z orzu-maqsadlarimizga, inshoolloh, erishamiz.Bugun yaxshi niyatlar bilan juda katta marralarni o‘zimizga belgilab olmoqdamiz. 2021 yilda oldimizda har qachongidan ham zarur, o‘ta muhim vazifalar turibdi”1.
Axborot xuddi an'anaviy resurslar kabi izlab topish va tarqatish mumkin bo’lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi. Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo'lmoqda. Ayni paytda axborot - bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.
Axborotlashtirish nafaqat milliy iqtisodiyot rivojlanishining iqtisodiy ko'rsatkichlari o'sishiga, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish va aholining turmush darajasini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Korxonaning ichki nazorat hujjatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bank ichki hujjat aylanish faoliyatini eng dolzarb masalasi hisoblanadi. Bunday sharoitda axborot almashinuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo'yicha ilg'or axborot texnologiyalarini qo'llash kengayadi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ta'kidlanganidek: “...iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”2.
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki banklar xo`jalik sub`ektlarini kredit mablag`lari bilan ta`minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Bizga ma`lumki, banklar, asosan, jamiyatdagi bo`sh pul mablag`larini jamlaydilar va bu pullarni iqtisodiyotning eng samarali sohalariga joylashtiradilar. Shunday ekan, hozirgi sharoitda banklar mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomirlari- Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda “lokomotivi” hisoblanadi.
“Banklarning bosh vazifasi- bundan keyin o’z ish uslublarini o’zgartirib, fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy ko’makdosh bo’lishga erishishdan iborat.Shu bois davlat banklari oldiga quyidagi vazifalar qo’yilmoqda.Banklar har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqaqolarning tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak”.Shu maqsadda tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari, o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib tadbirkorlarga moliyaviy ko’mak va madad berishni zimmasiga oladi.2020-yil 17-dekabr kuni Sh Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma majlisida ishtirok etib, ta’kidlashlaricha “Banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o’rgatishi va shunga etaklashi lozim bo’ladi”.3
Malakaviy amaliyotda ATIB “Ipoteka bank” Angren shaxar filialida bank tarkibi bilan tanishdim. Bank bsohqaruvchisi biz talabalarga bankning ichki intizomi, uning bo’limlarining ish faoliyati va jamoat ishlari bo’yicha qisqacha ma’lumot berdi.Shu bilan birga biz amaliyot davomida qisqa va uzoq muddatli kreditlash, hisob kitoblarni tashkil qilish va amalga oshirish, marketing izlanishlar hamda bankning boshqa sohalarida talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsata olish qobillyatimizni shakllantirdik.Bundan tashqari, biz malakaviy amaliyot o’tash davrida bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida muntazam ishtirok etdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |