3 I bob yirtqich qushlarning biologiyasi, sitematikasi



Download 0,51 Mb.
bet20/22
Sana13.03.2023
Hajmi0,51 Mb.
#918585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Yirtqich qushlar ,ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati

Ilonburgut, Zmeeyad, Circaetus galliycus [S.G.Gmelin, 1788]. Hozirgi
vaqtda qisqarib borayotgan uchib o’tuvchi Turkiston kenja turi. Ushbu yirtqich
qush deyarli hamma joyda tarqalgan bo’lib, yashash joylari. Qumloq cho’llar,
.qo’qay zorlar, qoldiq tog’lar, tog’larning cho’llashgan etaklardir. Soni jihatidan
1970-1980 yillarda 20 taga yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan.Cheklovchi omillar
Qo’ruq yerlarni o’zlashtirilishi hisoblanadi.Bu turni ko’paytirish amalgam
oshirilmagan bo’lib,hozirgi vaqtda hayvonot bog’larida saqlanadi. Muhofaza
choralari sifatida ovlashni ta’qiqlanganligi hamda CITECning II-ilovasiga
kiritilganligidir.
Cho’l-bo’ktargisi, Stepnoy lun, Cirsus macrourus [S.G.Gmelin, 1771].
Qizil kitobga kiritilgan ushbu yirtqich qush uchib o’tuvchi tur hisoblanadi.
Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Surxondaryo vohalarida tarqalgan.
Yashash joylari esa tekisliklar. Soni 1970-1980-yillarda uchrashi odatiy edi, ayrim
joylarda ko’p bo’lganligi adabiyotlarda keltirib o’tilgan. Cho’l va yarim cho’l
zo’nalaridagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi ushbu qushlarni tarqalishidagi
cheklovchi omil hisoblanadi. Ko’paytirish choralari amalga oshirilmagan. Hozirgi
vaqtda hayvonot bog’larida saqlanadi. Ovlashni ta’qiqlanganligi va CITECning II-
ilovasiga kiritilganligi muhofaza choralari etib belgilab qo’yilgan.
Cho’l burguti, Stepnoy oryol, Aquila rapax [Temminck, 1828]. Bu qush
uchib o’tuvchi kenja tur bo’lib,Tarqalish hududi Ustyurt yassi tekisligi hisoblanadi.
Tekisliklar va past tog’li hududlarda yashaydi.1848-yilda bir necha donasi
uyalagani qayd etilgan. Qo’riq yerlarni o’zlashtirilishi hamda aksariyati elektr
uzatish tizmalarida nobud bo’lishi cheklovchi omil hisoblanadi.Cho’l burguti
hozirda dunyoning ko’plab hayvonat bog’larida ko’paytiriladi. Muhofaza choralari
qilib ovlashni ta’qiqlanganligi va CITECning II-ilovasiga kiritilganligi belgilab
qo’yilgan.
Dunyo bo’yicha qushlarning tarqalishi etiologiyasiga doir ko’plab manbalarni
turli fotosur’atlar va internet saytlarida uchratishimiz mumkin. Yirtqich qushlar
ovchilik, estetik, ilmiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lganligi sababli ularni
o’rganish ishlari amalga oshirilgan bo’lsada, ekologik muhitning o’zgarishi va
dunyo ornitafaunasiga antropogen omillar ta’siri ortib borishi natijasida yirtqich
qushlarga oid ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda. Boshqa qushlardan
yirtqich qushlar ajralib turadi. Ular kuchli va qayrilgan tumshug’i, katta ko’zlari,
kuchli oyoq va tirnoqlari bilan farqlanadi. Tabiatning ajoyib jonivorlar, barcha
xalqlarda ular kuch, dovyuraklik va go’zallik ramzi.
Tabiiy sharoitda yirtqich qushlar o’lja bo’lgan hayvonlarni butunlay qirib
tashlay olmaydi. Bunga juda ko’p misollar bor. XX asrning birinchi yarmida
yirtqich qushlarning soni ko’p bo’lishiga qaramay Orol dengizida juda ko’p suvda
suzuvchi qushlar turlari yashagan, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog’larida sug’urlar
minglab tog’ yonbag’rilarda yashagan, tog’ g’ozlari va ang’irtlar ko’llarda
uyalagan.
Tabiiy ekotizimlarda yirtqich qushlar doimo ularga oziq bo’ladigan
hayvonlardan, yirtqich qushlar g’ozlar, tovuqlar turkumi, kabutar yoki
chumchuqlar turkumiga nisbatan serpusht emas. Yirik yirtqichlar (burgutlar,
suvburgut) 1-2ta tuxum qo’yadi, o’rtacha kattalikdagi yirtqich qushlar (qo’ng’ir,
qirg’iy, kalxat, sor) 3-4 ta tuxum qo’yadi, hasharotlar bilan oziqlanadigan kichik
lochinlar 5-6 ta tuxum qo’yadi.
Odatda tuxumdan biri rivojlanmay qoladi. Jo’jalar birin-ketin chiqmaydi. Eng
kichigi kattalardan rivojlanmay qolib ketadi va ko’pincha yashab ketolmaydi.
Indan uchib ketib, yosh qo’shlar o’ziga oziqa topolmaydilar, bir qismi nobud
bo’ladi. Yirik yirtqich qushlar jinsiy voyaga 5-6 yilda yetadi. Shu sababli yirtqich
qushlar hech qachon ko’p sonda ko’paymaydi.
Shunisi taajubki, yirtqichlar o’z o’ljalarining salomatligi va populyatsining
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Yirtqich hayvon kam harakatchan hayvon yoki
qushni poyladi. Shuning uchun yirtqichning o’ljasi birinchi bo’lib yaxshi
rivojlanmagan, kasalvant, o’zini himoya qilolmaydigan yoshlarga, qarib qolgan
jonivorlarga hamla qiladi. Salomat, kuchga to’la hayvonlar qochib qutuladilar.
Tabiatda yirtqichlar bo’lmaganda, zamonaviy hayvonlar qanday ko’rinishda
bo’lardi. Balki ular kam harakatchan, ko’rish va eshitish qobiliyati past bo’lgan,
turli kasallarga duchor bo’lardi.
Afsuski, inson yirtqich qushlarga salbiy munosabatda bo’ladi. Yaqin
o’tmishda ular zarakunanda hisoblanib, maqsadli qirilgandi. To’g’ri, ko’p
yirtqichlar vaqti kelganda xonaki jo’jalar va tovuqlarni, burgutlar qo’zini tutadi.
Umuman olganda esa yirtqich qushlar kam sonli va ulardan bo’lgan zarar kam.

Bugun yirtqich qushlar ayniqsa O’rta Osiyoda tarqalgan ulkan foyda keltirishi


isbotlandi, chunki ular qishloq xo’jaligi zarakunanda-kemiruvchilarni qirib
tashlaydilar.
XULOSA
Yirtqich qushlar ornitofaunasining – hozirgi holati, tur tarkibi, tarqalishi, soni, ekologik xususiyati va ularning ekologik moslashuv yo’llari o’rganildi.
Qushlarning geografik tarqalishi, yashash joylariga taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo, ularning oziqlanishiga bog’liq. Shularni hisobga olib, Namangan viloyati yirtqich qushlarining oziqa spektri tadbiq etildi.
Ayirm yirtqich qushlarning biologiyasi va hayot sikli keng qamrovli o’rganildi.
Yirtqich qushlarning fe’l-avor xususiyatlarini tahlil etildi. Shuningdek, yirtqich qushlar o’rtasidagi qonuniyatlar izohlandi.
Yirtqich qushlar tabiatdagi ekologik zanjirning bir bo’lagi hisoblanadi. Ular zararkunanda va kasallik tarqatuvchilarni qirishi bilan ahamiyatli, ularning keltiradigan zararidan ko’ra foydasi ko’proqdir.
O’rni kelganda ta’kidlash joizki, yirtqich qushlarning fe’l-atvorlari,
biologiyasi va ekologik xususiyatlari bo’yicha jahon ornitolog olimlari tomonidan
tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, A.A.Nasimovich va G.R.Kasparsonlar [1989]
kunduzgi yirtqich qushlar haqida, N. V.Bashenina [1968] yirtqich qushlarning
geografik tarqalish xususiyatlari to’g’risida, V. M.Galushin [1982] mazkur
qushlarning antropogen ta’sirlarga moslashib borish jarayoni xususida,
O.N.Danilov [1976] yirtqich qushlarni Rossiyaning ayrim mintaqalarida tarqalishi
bo’yicha, G. P.Dementev [1951] yirtqich qushlar va boyo’g’li haqida, G.
A.Demenchuk [1979] esa Issiqko’l atroflarida tarqalgan yirtqich qushlar
biologiyasiga oid ma’lumotlarni bayon etgan.
O’zbekiston hududida yirtqich qushlarning 41 turi mavjud, ular uch oilaga
suvqirg’iy, qirg’iy va lochinlar bo’linadi. Ulardan 19 tasi O’zbekiston “Qizil
Kitobi”ga kiritilgan. Nurota tog’ tizmasida, Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi va
Qizilqumning janubi-sharqiy qismida yirtqich qushlarning 32 turi, 17 tasi in quradi
va 15 tasi uchib o’tadi va qishlaydi.
Inson hayotidagi ahamiyati. Qushlar zararkuranda, kasallik tarqatuvchi
hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi.
Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini buzmaslikdan
iborat. Qushlarni dalalarga jalb etish uchun dalalar chetida daraxtlar ekiladi, ular
uchun uyalar quriladi. Yirtqich qushlar uchun dam oladigan baland ustunlar
o’rnatiladi. Qor ko’p yog’gan qish kunlari chumchuq, chittak, to’rg’ay kabi mayda
qushlar uchun butalar va daraxt shoxlari orasiga donxo’raklar o’rnatilib, don-
dunlar sepib qo’yiladi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish