3 I bob yirtqich qushlarning biologiyasi, sitematikasi



Download 0,51 Mb.
bet17/22
Sana13.03.2023
Hajmi0,51 Mb.
#918585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Yirtqich qushlar ,ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati

Tosh qirg’iy va qirg’iylar tuxumlarini har ikki uch kun o’tganda bittadan
qo’yib to’playdi. Birinchi tuxumidan boshlab makiyonlari bosa boshlaydi, natijada
jo’jalari har xil yoshda bo’ladi. Bir oyga yaqin tuxum bosadi.
Makiyonlar tez o’sadi. Uchirma qushlarning makiyoni xo’rozlariga nisbatan
ikki marta katta bo’ladi. Uchirmalari bir necha kunlar uchib yurib, kuz oylarida
yakka-yakka yashashga o’tadi. Qirg’iylar qarchig’aylarga o’xshab, o’ljasini havoda
tutadi.
Miqqiy o’zi in qurmay boshqa qushlar – ko’k qarg’a, zag’izg’on,
olaqarg’alarning inlari, shuningdek daryo qirg’oqlaridagi jarliklar, qoyalar, uylarni
piramonlari, shaharlardagi baland imorat va minoralarni tanlaydi. Tayyor inlar
ichiga cho’p, hashak, chilpindi, jun va kigiz parchalari, lub tolalari to’playdi.
Dasht miqqiysi esa ko’k qarg’a, mayna, jar qardirg’ochlarning jarliklardan
kovlagan uyalariga in quradi.
Jig’altoy ovqatini uchib yurib ov qiladi. U kaptar kattaligida bo’lishiga
qaramasdan, qushlarni, hasharotlarni tutib yeydi. Jig’altoy soatiga 150 km tezlik
bilan uchib, o’ljasini tepib o’ldiradi.
SHu o’rinda ta’kidlash kerakki, yirtqich qushlar ichida lochin eng tez uchar
qush hisoblanadi. Uning uchish tezligi o’rtacha 60-100 km/soat, ov paytida esa
340-360 km/soatga ham yetadi.
Yirtqich qushlarning uchish jarayonidagi fe’l-atvorlarini va ularning ov
qilishga oid agressivligini keng qamrovli tushunish uchun turli oila vakillaridagi
uchish tezligi haqida ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Qushlarda qanot qoqish tezligi ularning uchish tezligidagi faolligini bildiradi.
Qushlar tana hajmi kichiklashishi bilan qanot qoqishlar soni ko’paya boradi.
Bu holat quyidagi misollarda yaqqol o’z ifodasini topgan.
Qushlarning 1 sekund davomida qanot qoqish imkoniyati

Laylak –2 marta


Kulrang turna – 2.5 marta
Go’ngqarg’a – 3 marta
Kaptar – 5 marta
Oddiy qizil g’oz – 5 marta
Yovvoyi (qiziltomoq) o’rdak – 9 marta
Chumchuq – 13 marta
Kolibri – 200 marta
Yirtqich qushlar o’rtasidagi qonuniyatlar. Tabiatda ham burgutlar o’z
hududi va mavqeiga ega. Ular ayrim turlar populyatsiya miqdor zichligining
boshqarilishida yetakchi o’rin egallaydi. Masalan, quyon yoki boshqa kemiruvchi
jonivorlar yoki sudralib yuruvchilar soni birdaniga ko’payib ketganda, ularning
miqdorini nazorat qilishda burgutlar qonuniyat o’rnatadi. Ularning har bir
harakatlari boshqa yirtqich qushlarga ham trafaret sifatida xizmat qiladi.
Namangan shahridagi hayvonot bog’ida olib borilgan kuzatishlarimiz
davomida yirtqich qushlar joylashgan maydon (qafas) bir necha soat davomida
kuzatildi. Kuzatish davomida har xil turga mansub yirtqich qushlar bir qafasda
joylashgan bo’lsa, bu hududning ham o’ziga xos qonuniyati mavjud bo’lar ekan.
Jumladan, mazkur maydonda 10 ta burgut, 10 ta tasqara va 3-4 ta kalxat va
qirg’iylar birga joylashtirilgan. Ularning ichida nisbatan baquvvat burgut eng
yuqori qo’ngichda joylashgan. Undan pastroqda esa qolgan burgut, tasqara va
qirg’iylar aralash o’rnashgan.
Faqatgina yuqoridagi burgut harakatsiz holda turib, ba’zida u yoq bu yoqqa
boshini burib qarab qo’ydi va “qiyq” degan tovush chiqarib turdi.
Qolgan individlar esa tartibsiz harakatlari, urishishlari va to’xtamay u yoqdan
bu yoqqa uchishlari kuzatildi.
Yirtqichlarga ovqat (go’sht bo’laklari) tashlandi, bu paytda burgut va
tasqaralarning barchasi yopirilib, uchib, sakrab ovqatga o’zlarini urdi. Ular bir-
birlariga e’tibor ham bermay, ba’zida birini boshini ikkinchisi bir-ikki cho’qib,
yana e’tiborsiz ovqatini yeyaverdi. Ba’zi tasqaralar go’sht bo’lagini sudrab
tuproqqa qorishtirib nariga tortib ham ketdi.
Bu paytda yuqoridagi burgut sekin astalik bilan ovqat turgan joyga
qo’ngichning o’zida yurib yaqinlashdi. Oziqning eng yuqori qismiga to’g’ri
kelganda birdaniga o’qday pastga sho’ng’idi. SHunda barcha burgut va tasqaralar
tum-taraqay bo’lib har tomonga qochishdi.
Burgut ovqatning yoniga qo’ndi. Ovqat miqdori burgut hajmidan taxminan 15
martacha katta. Burgut tumshug’ini go’shtga cho’zib bir ilim tishlaganda, u yoqdan
bir tasqara yaqinlashib boshi bilan go’shtga uzaldi. Qolgan qushlar chamasi 2 metr
narida tomoshabin kabi turishdi. Burgut qimir etmay go’shtni cho’qigan holda
qotib qoldi. Tasqara ham to’xtadi. Keyin burgut bir ilim go’shtdan uzib oldi.
Tasqara yana go’shtga yaqinlashdi. SHunda burgut ovqatini tashlab, tasqaraga
o’qdek tashlandi va uni cho’qib tepib ulgurdi. Grif qiyqirib qochib ketdi. Buni
qarangki, tasqaraning tanasi burgutdan roppa-rosa uch marta yirik bo’lishiga
qaramay, burgutning jahliga bardosh berolmadi. Burgut joyiga kelib, ovqatlana
boshladi. Qolgan qushlar burgutning ovqatlanib bo’lguniga qadar kutib turdi. U
ovqatni yeyish davomida o’tkir va baquvvat panjalari bilan siqib, bosib go’shtni
yirtib uzib yedi.
Ovqatlanib bo’lgach, burgut og’zini toza tuproqqa ikki-uch marta u yoq bu
yoqqa qilib artdi. U ovqatlanish paytida birorta qon yoki ovqat qoldig’ini tanasiga
yopishtirib, iflos qilmadi. Keyin orqasiga qarab yurdi, orqada turgan qushlar unga
yo’l ochdi. U nariroqqa borib sekin-asta narvonsimon yog’ochdan yuqoridagi
joyiga chiqib ketdi.
Qolgan qushlar esa yana qaytadan ovqatga yopirildi. Ular xoh burgut bo’lsin,
xoh tasqara, bir-birlarini cho’qigan, tepgan, talashib-tortishgan, lekin yana qayta
go’shtga tashlanishar edi.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, har qanday mayonda yirtqichlik
qoidalari, egallangan hududning qonuniyatlari o’rnatiladi. Burgut o’zining
tartibliligi, baquvvat va jasurligi bilan boshqa yirtqichlar orasida hukmronligini
o’rnata oladi. Uning har bir harakati garchi “qafas” bo’lsa-da, boshqa qushlarga
trafaret rolini o’ynaydi. Qushlar esa, albatta, o’zlarining “hukmron”lariga
bo’ysunadilar.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish