3 I bob. O’quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish va ularni o’rganishga mantiqiy yondashish


Mashqlar yordamida tushunchalarni shakllantirish



Download 265,31 Kb.
bet5/9
Sana19.02.2022
Hajmi265,31 Kb.
#457736
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geometriya produktiv

Mashqlar yordamida tushunchalarni shakllantirish
Fanda jumladan, geometriyada tushunchalarning ikki turi qaraladi: a) geometrik ob’yektlarni xarakterlovchi tushunchalar, masalan, ,, nuqta “ , ,, to’g’ri chiziq” , ,,burchak” , ,, trapetsiya” vahokazo; b) geometrik ob’yektlar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni aks ettiruvchi tushunchalar , masalan, o’xshashlik ( figuralar uchun), ,,…da yotadi “ , ,, …orqali o’tadi “ ( nuqta va to’g’ri chiziqlar uchun), ,, kesishadi”( to’g’ri chiziqlar uchun) va hokazo.
Odatda birinchi turdagi tushunchalar uchun tushuncha termini saqlab qolib ikkinchi turdagi tushunchalarni munosabatlar deb ataladi. Bu terminlar o’zida matematikaning o’rganish funksiyasini ham yaqqol aks ettiradi. Haqiqatan ham matematika haqiqiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalarini o’rganadi.
Geometrik tushunchalarni bunday ikki turga bo’lish undagi mashqlarni ham ikkki gruppaga bo’lishni taqazo etadi: a) geometrik tushunchalarning mohiyatini ochib beruvchi mashqlar; b) geometrik munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi mashqlar.
Masalalar:

  • O’quvchilarni yangi tushunchani o’zlashtirishga tayyorlaydi;

  • O’quvchilarga o’rganilayotgan tushunchaning hajmi va mazmunini ochish imkonini beradi;

  • O’quvchilarning tushunchalarning tuzilishini tushinishlariga ko’maklashadi.

Masalalarning o’qitishdagi bu funksiyalarini e’tiborga olib,masalalardan matematik tushunchalarning o’rganishni ta’minlovchi ( ya’ni idrok qilishga tayyorlash, uning mazmunini ochish va mustahkamlash). Material sifatida foydalanish maqsadga muofiqdir.
Masalalar sistemasidan foydalanishga bunday yondashishni sxematik ravishda ,, masala – nazariya- masala “ shaklida ifoda qilish mumkin. Buni o’zaro aloqada bo’lgan ,, masala-nazariya” (1) va ,, masala-nazariya” (2) kabi ifoda shaklida yozish mumkin [74;4].
(1) ko’rinishdagi masalalar sistemasini yechish protsessida o’quvchilar o’rganilayotgan tushunchaga yakun yasashga olib kelinadi, ularga tushunchaning nazariy mazmuni (tushunchaning hajmi va mazmuni, uning ta’rifi, boshqa tushunchalar bilan aloqadorligi) ochib beriladi.
(2) ko’rinishdagi masalalar sistemasini yechish protsessida o’quvchilar egallagan abstrak holdagi bilimlarni konkret hollarda qo’llashga ( ob’yektlarni ularning ma’lum bo’lgan muhim alomatlari izlashg) o’rgatiladi. Ikkala ko’rinishdagi masalalar sistemasi o’rgatish xarakteridagi masalalar sistemasini tashkil qiladi.
Geometrik tushunchalar ikki sinfining (ob’yektlar va ular o’rtasidagi munosabatlar) o’quvchilarda shakllanishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. O’quvchilarda ob’yektlar (yoki ular munosabatlari) ning ma’lum bir to’plami haqidagi fazoviy tasavvurlar hosil qilish;
2. Ob’yektlar (yoki ular munosabatlari)ning muhim asoslarini aniqlash;
3. Tushunchalarning ta’rifini ifoda qilish;
4. Ta’rifda ko’rsatilgan xarakteristik xossalarning to’laligini aniqlash va ta’rifni ifoda qilishdagi talablarga rioya qilish;
5. O’quvchilarda tushunchalar va ular sistemasining mantiqiy tuzilishi haqidagi tasavvurni shakllantirish;
6. Ma’lum bo’lgan umumiy, abstrakt holatlar asosida konkret hollarni o’rganish.
Unga ko’ra, o’rgatish xarakteridagi masalalar o’z ichiga:
I. O’quvchiga o’rganilayotgan obyektlar ( yoki ular munosabatlari) haqida obrazli tasavvur hosil qilishga tushunchaning hajmi haqida tasavvur hosil qilishga ko’maklashuvchi.
II. O’quvchiga yechish protsessida qaralayotgan to’plamdagi har bir obyekt(yoki ular munosabatlari)ga xos bo’lgan xossalarni ochib beruvchi.
III. O’quvchiga o’rganilayotgan tushunchaning avvallari aniqlangan muhim xossalari asosida shu tushunchaning ta’rifini tuzish va ifoda qilishga imkon beruvchi.
IV. O’quvchiga ta’rifda ko’rsatilgan har bir xossaning maqsadi zarurligini tushunib yetishga ko’maklashuvchi.
V. O’quvchining yechish protsessida ta’rifda ko’rsatilgan xossalar qatoriga kirmagan, lekin bu xosalarning natijasi sifatida kelib chiqadigan yangi xossalarni topishda ( qo’lga kiritishda) ta’rifning ro’lini aniqlashga yoki qaralayotgan tushunchani avvallari o’rganilgan tushunchalar bilan aloqasini izlashiga imkon beruvchi .
VI. O’quvchida: a) muhim xossalari ta’rifda ko’rsatilgan obyektlar (yoki ular munosabatlari)ning shunday to’plami haqiqatdan ham mavjudligiga ishonch hosil qilishga; b) umumiy , abstrakt holdagi bilim qanday qilib konkret, xususiy xolatlarini o’rganishga imkon berishni qo’lga kiritishga sharoit yaratuvchi masalalarni oladi. Daslabki beshta ko’rinishdagi masalalarni yechish protsessida o’rganilayotgan tushunchaning mazmunini ochish amalga oshiriladi, aqliy faolyat konkretdan abstraktga tomon yo’naltiriladi. Shuning uchun ham ular (I) ko’rinishdagi masalalar sistemasini tashkel qiladi.Oxirgi ko’rinishdagi masalalarni yechish protsessida aqliy faolyat abstraktdan konkretga tomon yo’nalgan bo’ladi.Ular (II) ko’rinishdagi masalalar sistemasini tashkil qiladi.


Download 265,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish