Matematik tushunchalarni bayon qilish metodikasi
Tushunchalarning ta’rifiga ilmiy-pedagogik talablar va tushunchani ta’riflash qoidalari o’qitishda yangi kiritilayotgan matematik tushunchalarning ustida olib boriladigan ishlarning bosqichlarini ,yangi ta’rifni o’quvchilarga bayon qilish metodikasini ishlab chiqishga imkon beradi.
O’quvchilarni matematik tushunchalarning tariflari bilan tanishtirishning ikki yo’li mavjud:
1. Abstrak-deduktiv yo’l. Bunda ta’rif tayyor ko’rinishda, oldindan konkret misol va namunalar yordamida tushuntirilmasdan kiritiladi
2. Konkret-induktiv yo’l. Bunda o’quvchilar avval o’qituvchining topshiriqlarini bajargan xolda o’rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so’ngra o’qituvchining raxbarligida ta’rifni mustaqil xolda tuzishga xarakat qiladilar. Yangi ta’rif kiritishning bu yo’li, ayniqsa qo’yi sinflarda o’z samarasini ko’rsatadi.Bu yo’l o’quvchilarning matematik tayyorgarligini yuqori ko’tarishga imkon yaratadi. Konkret-induktiv yo’l o’qitishda problemali vaziyatning vujudga kelishiga sharoit tug’diradi:analiz va sintez , abstaksiya va umumlashtirish kabi mantiqiy piryomlar yordami bilan yangi tushuncha hosil qilinadi. Shu munosabat bilan, matematik, xususan geometric tushunchalarni shakllantirishda problemali yondashishni e’tiborga olgan holda o’quvchilarni ta’riflar bilan tanishtirishning konkret-induktiv metodidan keng ko’lamda foydalanish maqsadga muofiqdir. Bu hol yangi kiritilayotgan matematik tushunchaning ta’rifi bilan tanishtirishni quyidagi plan asosida amalga oshirishni taqoza etadi.
1.Fikrlash ob’yektini yaratish. Ko’rgazmali qurollar, tajribalar, maxsus tanlangan mashqlar va hokazolar yordami bilan tekshirish uchun ba’zi obyektlar aniqlanadi va o’quvchilarga ularning umumiy, muhim xossalarini yoki hosil bo’lish protseslarini aniqlash tavsiya etiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, bu ancha murakkab faoliyat bo’lib, bunda ba’zan o’quvchilar muhim belgilar o’rniga muhim bo’lmagan belgilarni ko’rsatishlari mumkin. Masalan , ba’zi o’quvchilar perpendikulyar deganda vertikallikni tushunadilar yoki parallelogrammda o’tkir va o’tmas burchaklarning mavjudligini birinchi o’ringa qo’yadilar. Bu qiyinchilikni yengillashtirish uchun ta’rifni tuzgunga qadar yangi tushunchani uning hajmiga kirivchi bitta ob’yekt misolida emas, balki bir necha ob’yekt misolida ( teng tomonli va turli tomonli , to’gri burchakli va o’tkir burchakli parallelogrammlarni ko’rsatish, to’g’ri chiziqqa perpendikulyarni vertikal va gorizantal o’tkazish ), ya’ni chizmani variatsiyalash, yangi tushunchani unga qarama-qarshi tushuncha bilan taqqoslash ( bunday to’g’ri chiziqlar parallel, bunday to’g’ri chiziqlar parallel emas) , o’quvchilar oldiga qo’yilayotgan tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlanishlar haqidagi masalani qo’yish kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ularga aniq ko’rsatmalar berib boorish yaxshi natijalar beradi.
2. Tushunchaning nomini atash. Bu bosqichda o’quvchi ayrim hollarda o’quvchilar , o’rganilayotgan tushunchaning jinsinni ko’rsatgan holda , uning nomini ataydi. Masalan , ,, bunday burchaklar qo’shni burchaklar deyiladi “ , ,, bunday figura romb deyiladi” , ,, shunday qilib, biz yangi geometrik figuraga ega bo’ldik. Uni trapetsiya deydilar vahokazo.
3. Tushunchaning ta’rifini tuzish. O’quvchilar taqqoslash , qarama-qarshi qo’yish operatsiyalari natijasida qaralayotgan tushunchaning umumiy, muhim xossalarini aniqlab, o’qituvchi rahbarligida ana shu tushunchaning ta’rifini tuzadilar.
4. Tushunchaning mavjudligini isbotlash. O’quvchilarni shunga odatlantirib borish lozimki, ular biror tushunchani ra’riflaganlarida shu tushunchaga mos keluvchi ob’yektlar sinfini ( masalan, tomonlarini uzunliklarining miqdori turlicha bo’lgan kvadratlarning ) mavjudligini ko’rsata olsinlar. Quyi va o’rta sinflarda bunday faoliyat figuralarni yasash, figuralarni birining ustiga ikkinchisini qo’yish, qog’oz varag’ini bukish kabi yo’llar bilan amalga oshiriladi.
5. Tushunchani belgilash. Ba’zan yangi tushunchani qisqacha ifodalash uchun maxsus belgi simvol kiritiladi.
Misol tariqasida ,, parallel to’g’ri chiziqlar tushunchani olaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |