3 I. Bob Iogan Sebastian Bax hayot yo’li


Yaxshi temperatsiyalangan klavir



Download 24,75 Kb.
bet5/7
Sana15.05.2023
Hajmi24,75 Kb.
#938952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yashnar kurs ishi musiqa

2.1 Yaxshi temperatsiyalangan klavir
“Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning birinchi jildidan do minor Preludiya va fugasiI.Baxning klavir asarlari ichida ikki jildni tashkil qiluvchi (har birida 24 ta preludiya va fugadan) 48 preludiya va fugalar ulkan badiiy qiymatga ega. Bu asar “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” nomini olgan.
Pyesalaming soni tasodif emas edi. l.Bax bu asarlami o ‘sha davr uchun yangi tuzilmaga ega bo'lgan klavir uchun yozgan. Ushbu cholg'uning klaviaturasi teng intervallarga - yarim tonlarga bo'lingan, ya’ni bir tekisda temperatsiyalangan edi. Endi oktava o 'z ichiga 12 bir-biriga teng yarim tonlami mujassamlashtirdi. Bu 12 major va 12 minor tonalliklarini tuzish imkoniyatini berdi. l.Bax o'z oldiga bir tekisda temperatsiyalangan tizimda barcha 24 tonallik teng huquqli va bir xilda yaxshi sadolanishini amalda isbotlash vazifasini qo'ydi. U bu narsani major va minoming barcha tonalliklarida 48 preludiya va fugalami yozib ikki marta isbotladi. Preludiya va fugalar xromatik tartibda joylashtirilgan.
Preludiya va fuga birgalikda ikki qismli polifonik turkumni tashkil etadi. Suitaning raqslariga o'xshab, ko'p hollarda preludiya va fugalar o'zaro qarama-qarshilikda. I.Baxning ko'plab preludiyalari, ulaming tuzilmasi muayyan qonuniyatlar bilan bog'liq bo'lsa ham, improvizatsiyali xarakterga ega. Ko'p hollarda ularda akkordli, gomofon asos yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Fuga esa qat’iy polifonik asar bo'lib, ko'proq o'zining tuzilishi bo'yicha uch qismga ega. Shu bilan birga, suita kabi preludiya va fugani nafaqat umumiy tonallik, balki har bir holatda turlicha, juda nozik bo'lgan ichki aloqalar birlashtirib turadi.
Вunga misol tariqasida “Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning birinchi jildidan do minor preludiya va fugasini keltirish mumkin. Preludiya aniq va kuchli ritm bilan ajralib turadi. Tez temp va bir xildagi faktura (o‘n oltitalik notalar) musiqaga katta jonlilik va harakatchanlik baxsh etadi. Aynan shunday to'xtovsiz ketadigan harakat xarakteri polifonik uslubdagi preludiyalarga xosdir.
Preludiyaning ikkinchi yarmida ta’kidlangan aniq harakat arpedjioli passajlarning keng “yugurishi” bilan almashadi. Bu “yorib o ‘tish”ga javoban yangi kuch va yanada tezroq tempda boshlanishdagi musiqa o ‘ziga xos bo'lgan ritmik shakl bilan sadolanadi. Lekin “yorib o'tish” tasodifiy emas edi. Tez harakat qo'qqisidan to‘xtaydi va keyin arpedjioli akkordlar fonida go‘yo yakkaxon xonanda kuylashni boshlaydi. Ushbu qisqa lavha (atigi bir takt) vokal asaridagi rechitativli yakkaxonlikni eslatadi. U preludiyaga tafakkurlash, o'ylash lahzasini olib kiradi. Ifodali intonatsiyalar, harakatdagi to‘xtalishlar musiqani ta’sirchanlik bilan bezaydi, aytilayotgan fikrga muhimlik baxsh etadi. Bu xuddi muallifning “dono” so’ziga o ‘xshaydigan lavha- preludiyaning kulminatsiyasidir. Shundan so‘ng uncha katta bo'lmagan yakun keladi. Arpedjioli passajlarning shiddati astasekin pasyadi, bunga uzoq tutib qolingan do basi yordam beradi. Preludiyaning so‘nggi tovushi - major tersiyasi - yakuniy qismni yorqin bo‘yoqlar bilan bezaydi.
Kuchli va jonli fuga preludiyaga sezilarli darajada o'xshashib ketadi. “Fuga” so‘zi lotinchada “yugurish” ma'nosini anglatadi. Musiqadagi fuga bu murakkab polifonik asardir, unda bir ovoz go‘yo ikkinchisi quvlab yetmoqchidek bo'ladi yoki boshqa ovozga javob beradi.
Ko'pchilik fugalaming asosida bitta mavzu yotadi. Ikki va uch mavzuli qo‘shaloq va uchtalik fugalar каш uchraydi. Fugani har doim bitta ovoz boshlab beradi, u mavzuni bayon etadi. Invensiya va “simfoniyalar”dagi kabi fuganing mavzusi o'ziga xos “mag'iz” bo'lib, undan butun asar o'sib chiqadi. Ovozlarning soniga qarab fuga ikki, uch, to'rt yoki besh ovozli bo'lishi mumkin.
Do minor fugasi uch ovozlidir. Fuga ovozlarining nomlanishi xor ovozlarining nomlariga o'xshash: soprano, alt, bas. Fuga mavzuni o'rta (alt) ovozida asosiy tonallikda bayon etish bilan boshlanadi. Mavzu harakatchan xarakterga ega, bu uni preludiyaga yaqinlashtiradi. Mavzu asosini yorqin ifodali nutq intonatsiyalari tashkil qiladi. Asosiy kuy aylanmasining uch marotaba takrorlanishi, preludiyaga nisbatan ohista temp uni bo'rttirib ko'rsatishga va tez yodda saqlanib qolishiga yordam beradi.
Ikkinchi marta o ‘tkazilish yuqori (soprano) ovoziga topshirilgan, u dominanta - sol minor tonalligida. Bu yerda mavzu “javob” yoki “yo'ldosh” nomini oladi. Uncha katta bo'lmagan, mavzuning asosiy kuy aylanmasiga qurilgan ikki taktli intermediyadan so'ng, u uchinchi marta basda sadolanadi. Mavzuning navbatma-navbat ovozlarning har birida bayon etilishi fuganing birinchi bo’limining - uning ekzpozitsiуasini tashkil qiladi.
Ikkinchi ikki taktli intermediya ekspozii iyani fuganing o'rta bo'limi - rivojlov bilan birlashtiradi. Rivojlov do minorga parallel bo'lgan mi-bemol majorda boshlanadi. Major musiqani yorqin bo'yoqlar bilan bezaydi. Rivojlovda mavzu turli tonalliklarda o ‘tadi.
Asosiy tonallikning qaytib kelishi bilan fuganing uchinchi bolimi -repriza boshlanadi. Bu yerda mavzu faqat asosiy tonallikda sadolanadi. Uning keyinchalik eng quyi registrda paydo bo'lishi sadolanishga muhimlik bag‘ishlaydi va fuganing kulminatsiyasi sifatida qabul qilinadi. Bas oktavaga qo'shaloqlanadi, bu sadolanishga organning qudratli ohanglarini baxsh etadi. Harakat asta-sekin so’nib boradi. Fugani major akkordi yakunlaydi, u, ayniqsa dramatik kulminatsiyadan so‘ng yorqin sadolanadi.
Preludiya va fuganing turli xarakterdaligi ularni bir turkumning ikki qismi sifatida qabul qilinishiga xalaqit bermaydi. Yagona tonallikdan tashqari, bunga ikkala pyesadagi harakatning faolligi, kulminatsiyalaming bir xilda joylashtirilishi va ulaming dramatik xarakteri va, nihoyat, “so'nib borayotgan” yorqin yakunlaming bir-biriga yaqinligi yordam beradi.

Download 24,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish