3 I bob. Arab adabiyotida hikoya janrining muhim bo‘G’in sifatida shakllanishi


II BOB. FORS KO‘RFAZI ARAB MAMLAKATLARI ZAMONAVIY HIKOYAVISLIGINING TARAQQIYOT TAMOYILLARI



Download 78,65 Kb.
bet4/7
Sana14.06.2022
Hajmi78,65 Kb.
#667041
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
S Xalilova Kurs ishi

II BOB. FORS KO‘RFAZI ARAB MAMLAKATLARI ZAMONAVIY HIKOYAVISLIGINING TARAQQIYOT TAMOYILLARI

2.1. Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari adabiyotida hikoyanavislikning rivoji


Shu bilan birga 60-yillar hikoyalarida yozuvchi tomonidan yangi o‘zgarishlar shiddatidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan odamlar ruhidagi chalkashliklarni ko‘rsatuvchi romantik kayfiyat ham ko‘zga tashlanadi. Urbanizatsiya va u bilan bog‘liq shaharlar aholisining ko‘payishi, dehqonlarni an’anaviy xo‘jalikdan voz kechishi yangi ijtimoiy munosabatlarga olib keldi. Mobillikni kuchayishi tashvish va ishonchsizlik kabi ziddiyatli hissiyotlarni vujudga keltiradi. Yozuvchilar jadal o‘zgarishlar, eski turmush tarzining buzilishi vaziyatidagi shaxsning tashvishli hayotini ustalik bilan tasvirlay boshladilar. Ular yangi o‘zgarishlarni hamma ham shodon qabul qilmaganligini, bu yangiliklar ularga g‘ayri odatiy va nomaqul bo‘lganini ko‘rsatdilar. Ularning hikoyalari qahramonlarining ruhiy shayligi har doim ham ular hayotiga shiddat bilan kirib kelgan keskin o‘zgarishlarga mos kelmaydi. Ular o‘tmishni, bolalik kunlarini, yugur-yugurlardan holi, qurilishlar shovqin-suroni, temir-betonlar, mashinalarning baqir-chaqirlari bo‘lmagan cheksiz sahroni qo‘msaydilar.
Ayrim tanqidchilar Quvayt adabiyotidagi romantizmning paydo bo‘lishini kech bo‘lsa-da Evropa va Misr, Suriya adabiyoti tajribalarining ta’siri bilan bog‘laydilar. Lekin ta’kidlash lozimki, romantizm bu arab davlatlarida XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Boshqa tanqidchilar, xususan, taniqli Quvayt adabiyotshunoslaridan Ibrohim G‘alum[13, 87] va Muhammad Sharaf[21, 49] bu hodisa Quvayt jamiyatidagi o‘zgarishlar samarasi deb hisoblaydilar.
Xususan, Ibrohim G‘alum 1981 yilda chiqqan “Arab Halijidagi qisqa hikoya rivoji” nomli kitobida shunday yozadi: “Bu novellistikadagi romantizm hodisasini romantizm tamoyillarini nazariy jihatdan o‘zlashtirgandan so‘ng, badiiy tajribaning tatbiq etilishi sifatida baholay olmaymiz. Bu ilk Quvayt jamiyatida o‘zi paydo bo‘lib, Quvayt voqeligidagi obyektiv sabablar natijasida hayot va adabiyotga singib ketishi mumkin bo‘lgan hodisadir. Quvayt hikoyasida romantik obraz shaxs va jamiyat o‘rtasidagi kelishmovchilik, bu shaxsning tashvishlari va uning o‘tmishini va kelajak fozil jamiyatni qo‘msashini ko‘rsatish uchun paydo bo‘lgan”[13, 154].
“Amina” (Badriya Musaid), “Sharpa” (Fodil Xalaf), “Qariya va qushcha” (Fahd ad Davari) kabi hikoyalarda o‘zida zamondoshining barcha ziddiyatli his-tuyg’ulari va tashvishlarning aks ettirgan qahramonlar obrazi tasvirlangan. Sulaymon ash Shoti (“Oldindan sezish”), Farhan al Farhan (“Sadoqat qadri”), Hasan Yoqub al Alining qahramonlarining hayotdan hafsalasi pir bo‘lib, umidlari chilparchin bo‘lganligini ko‘ramiz. Ular yangiliklar ketidan quva olmaydilar, chunki eski odatlar va an’analarga bog‘lanib qolishgan. Tashvish va sarosimaga tushgan qahramonlar ruhiy buhrondan qutulish yo‘lini ko‘r-ko‘rona izlashadi. Shu bilan birga o‘z tevaragida qaynab toshgan hayotdan uzoqlashib o‘z olami, o‘z orzulariga g‘arq bo‘lishadi. Gohida esa o‘tmish yoki bolaligidagi uyg‘unlik va odatiy hodisalarni eslab tevaragida ko‘rinmas devor hosil qilishadi.
Muhammad al Majidning intellektual qahramonlari ham go‘zallik, muhabbat, yaxshilik va baxtga olib boruvchi ideallarni izlab, oxir-oqibat uni topolmay o‘zligiga, o‘z ichki dunyosiga qaytishadi va jamiyatdan ayri tushishadi.
Taniqli Quvayt tanqidchisi Muhammad Yasir Sharaf bu kayfiyatlarni tezkor o‘zgarishlar munosabati bilan kirib kelayotgan axborotlar oqimini hazm qilish qiyin bo‘layotganligi bilan izohlaydi. Misr, Suriya va Iroqdagi milliy-ozodlik harakatlari, keyinchalik Isroil bilan urush natijasida junbushga kelgan. Quvaytning o‘zida Britaniya bilan hamkorlikka qarshi vatanparvarlik kayfiyatlari kuchaya bordi.
Taraqqiyot uchun yangi ufqlar ochila boshladi. Yaqindagina an’anaviy feodal tuzumdan chiqib, yangi iqtisodiy munosabatlarga shiddat bilan kirib kelgan jamiyatda eski an’analar yangi qadriyat va mezonlar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa ro‘y berayotgan voqealarning haqiqiy emasligi hissiyotining keltirib chiqarishi tabiiy edi. Adabiyotda bu hodisalarning tushunish va tafakkur qilish tamoyili kuzatiladi. “Bu yozuvchilarning romantizmi, - deb yozadi Muhammad Yasir Sharaf, - ziyolilarda ikkilik uyg‘otdi, bir tomondan uzoqlashuv hissi, ikkinchi tomondan jamiyatni isloh qilish va o‘zgaritirish istagi hukm suradi. Bu hodisalar uyg‘unlik va muvozanat izlayotgan shaxsni tasvirlayotgan hikoyachilik tajribasiga asos soldi”[21, 148].
Ibrohim G‘alum fikricha, Quvaytning ko‘pgina yozuvchilari ijodining boshlanishi bosqichi bo‘lgan romantizm “Sivilizatsiyalashgan taraqqiyot bilan mustahkam aloqador bo‘lgan “g‘oyaviy yo‘nalish” – (“At Tavajjuh al Fikri”)”ga aylandi.
U ta’kidlaganidek, “Mo‘ljallanayotgan iqtisodiy yuksalish kishilar ko‘nglida kelajakka ishonch uyg‘otishi kerak edi. Buning o‘rniga shunday dunyoni his qilish kuzatiladiki, unda umid bilan umidsizlik, erksizlik bilan qo‘zg‘olon kabi romantik ziddiyatli obrazlar ustivor keldi” [21, 122]. Lekin bizning fikrimizcha, romantizm Quvayt hikoyachiligida bosh adabiy yo‘nalish sifatida mustahkam o‘rin egallamadi. Quvayt mualliflari asarlaridagi romantik kayfiyat so‘z ustalarining hayot haqiqatlarini aks ettirishda ijodiy metod sifatida ustuvor hisoblagan realizm bilan birga uyg‘unlashadi. Sulaymon al Xulayfiy, Abdu al Aziz as Sariy, Surayyo al Baqsamiy kabi taniqli yozuvchilarning asarlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning hikoyalarida realizmning ijodiy tamoyillari ustuvor kelgan. Ular asarlarida xarakter va qahramonlar jamiyat va muhit bilan aloqa orqali ochilib beriladi. Bu qahramonlar boshdan-oyoq o‘z xalqining, o‘z jamiyatining barcha ziddiyatlari, kamchiliklari bilan olganda, vakilidirlar.
Individ va jamiyatning konkret tarixiy aloqasi doirasida voqelikni tanqidiy o‘zlashtirish yo‘liga kirgan Quvayt hikoyachiligi shakl sohasida ham dunyo tajribasi bilan boyib borib etuklikka erisha bordi. Yozuvchilar bayonchilik shaklini yangilash, yozuv texnikasini takomillashtirishga intildilar.
Yozuvchi Abdu al Aziz as Sariy ruhiy tahlil ustasidir. Bu yo‘lda u “ong oqimi” (“Tiyar al Va’yi”) texnikasidan keng foydalanadi.
Yozuvchi Ali Jadid “Qonli ufq” [7, 174-181] hikoyasida intertekstdan (matn ichida matn) usulini qo‘llaydi. Asosiy syujet yo‘nalishi matniga qo‘shimcha matn kiritiladi. Masalan, hikoyada asosiy matnda, kambag‘al talaba va do‘kondor qizining besamar muhabbati hikoya qilinadi. Qo‘shimcha matnda ilonni qafasdagi qush yoniga borishi hikoya qilinadi. Ilon qafasga sudralib kiradi. Yozuvchi ilonning har bir harakati va qo‘rquvdagi qushning tapirlashini munosabatini sinchkovlik bilan tasvirlaydi. Sirtdan qaraganda ikkala matn mustaqil xarakterda bo‘lib, o‘zaro aloqador emasdek tuyuladi. Biroq hikoya o‘qib chiqilganidan so‘ng intertekstual usul hikoya tugunining echimini kuchaytirgandek tasavvur hosil bo‘ladi. Qushcha uchib ketishga muvaffaq bo‘ldi, ilon esa bir burchakka tiqilib, kulcha bo‘lib oldi. Talaba va qiz ajralishadi. Har qaysisi o‘z yo‘lidan ketadi, talaba o‘qishini davom ettiradi. U o‘z oilasini oyoqqa qo‘yishi kerak. Qiz esa badavlat odamga turmushga chiqadi va baland devor ortida yashay boshlaydi.
Sulaymon al Xulayfiy, aksincha, keskin syujet tuguni va hikoya mazmunidagi sabab va oqibat aloqalariga katta ahamiyat beradi. Shunga qaramay, uning hikoyalari inson mavjudligini turli holatlarda keng tasvirlay olish imkoniyatiga ega. Uning “Befoyda savollar”, “Chiqish vizasi” [7, 133] kabi hikoyalari shular jumlasidandir.
“Chiqish vizasi” hikoyasida Sulaymon al Xulayfiy Quvayt voqeligi uchun muhim va murakkab bo‘lgan muhojirlar muammosini ko‘taradi. Bu odamlar Quvaytga pul topish dardida kelgan va u erda eng og‘ir ishlarni bajarayotgan chet elliklardir. Ular o‘ziga xos turmush kechirib, tub aholi bilan hech qachon aralashib ketolmaydilar. Muhojirlar Quvayt hayotida ko‘p, shu jumladan, ahloqiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Voqelikning qalbi bilan berilib qabul qiluvchi Quvayt yozuvchilari bu dolzarb muammoga jimgina qarab turolmadilar va etarli darajada ochib berdilar. Iqbol Ahmad Abdul Vahhob az Zurqiyning “Ichki ovoz”, Laylo Usmonnning “Yoddan chiqmaydigan uy”, “Ketish”, Muhammad Ali
Vahbaning “Falokat” kabi hikoyalari aynan shu mavzuda yozilgan.
Surayyo al Baqsamiyning hikoyalari milliy ruh, kundalik Quvayt turmushi va voqeligini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Yozuvchi detallarni sinchkovlik bilan tasvirlaydi, uning qahramonlari xalqona ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Surayyo al Baqsamiyning birinchi hikoyasi “Qora ter” 1971-yilgi madaniyat festivalida 3-o‘rinni egallagach, adabiyotga uchib kirib keldi. Hozirgi kunda Surayyo al Baqsamiy taniqli Quvayt yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Uning hikoyalari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan.
O‘zining ilk hikoyalarida Surayyo al-Baqsamiy dengiz bo‘yida yashaydigan odamlarning qiyin hayoti haqida hikoya qiladi. Bu odamlarga hali iqtisodiy o‘zgarishlar etib kelmagan va ularning hayoti dengiz bilan bog‘liq. Vaholanki, dengiz ularni boqadi. Ular baliq tutadilar, shu bilan birga ularga boylik va munosib hayot keltiruvchi boylikni orzu qilib marvarid izlab chig‘anoqlarni ochib ko‘radilar.
Dengizning o‘ziga xos jo‘shqin tabiatini tasvirlash – Sulaymon ash Shotiy hikoyalarida o‘z aksini topgan. U o‘zining “Rul” nomli hikoyasida Quvayt dengizchilarining sobitligi va birdamligini hikoya qiladi. “Yangi” nomli hikoyasida esa dengiz bo‘yi aholisining ichimlik suv tanqisligidan qiynalishini, lekin yaxshi hayot umididan qaytmaganliklarini tasvirlaydi.
Taniqli yozuvchi Laylo Usmonning hikoyalari oddiy odamlarning kichik xursandchiliklari va tashvishlarini tasvirlashga bag‘ishlangan.
Uning hikoyalari alohida mahorat va sinchovlik bilan yozilishi jihatidan ajralib turadi. Laylo Usmon va Surayyo al Baqsamiydan an’analarni yosh iqtidorli yozuvchi Habba Bu Xamsin qabul qilib oldi. U 2005-yilgacha bir nechta hikoyalar to‘plami nashr qildi. Uning so‘nggi to‘plamlaridan «Xavfsiz tubanlik» Quvayt jamiyati hayotidan manzaralar chizadi. O‘ziga xos hikoya uslubi milliy xarakterlarning salmoqli tasviri bilan almashinadi. Bu haqda tanqidchi Midhat A’lam o‘z maqolasida “Xabba Abu Xamsin nozik detallar yordamida, yangi shakllarda hayotini tasvirlaydi. Yozuvchining uslubi katta avlod uslubidan o‘zining murakkabligi, uyushqoqligi va metaforikligi, bilan ajralib turadi”,- deydi tanqidchi.
Xabba Abu Xamsin adabiyotga XX asrning oxirlarida kirib kelgan. U ijtimoiy shart-sharoit adabiyot ustidan hukmron bo‘lmasligi, aks holda u hayotni boshqa estetik qadriyat va badiiy tamoyillarga murojaat qilishini cheklab qo‘yadi, deb hisoblovchi avlodga mansubdir. Bu avlodni yozuvchilar Xalaf Ahmad Xalaf, Ahmad Hujayriy, Iso Abdulloh Hilol, Xalifa al Orifiy, Amin Solih, Habba Bu Xamsin, Tariq Abdulloh, Muhammad ash Sharq va boshqalar tashkil qiladilar. Bu avlod o‘zi uchun simvolizm-ramziya, ekspressionalizm-ta’biriya, abstraktsizm-tajridiya, syurrealizm, eksiztentsializm-vujudiya kabi falsafiy adabiy oqimlarni kashf qildi va ulardan o‘z ijodida foydalanishga harakat qildi. Ularning ijodiga neoromantizmdan (ichki ovoz, o‘tmishni qo‘msash) tortib an’anaviy realizm, simvolizm va boshqa turli yo‘nalishlar qorishmasi ustivordir.
Ko‘zgudek ravshan haqiqatdan yuz o‘girgan bu yozuvchilar uslubiy eksperimentlar bilan shug‘ullandilar va o‘zlarining yangi tajribalari haqida fikr bildirib, ularning asarlari “siyosiy bilimlar olish uchun qo‘llanma” emasligini, shu bilan birga “muayyan ijtimoiy kuchlar manfaatiga xizmat qilishi shart emas”ligini yoki voqealar ortidan borishi shart emasligini ta’kidlaydilar [21, 54].
Quvayt adabiy tanqidchiligi yosh avlodning turli uslublarda ijod qilishi, keksa avlod ijodiy ko‘rsatmalari o‘zgarishi va eksperimentlar qo‘llanishiga xotirjam munosabatda bo‘ldi. Ular bu hodisani turli estetik tamoyillarini oddiy ko‘rinishi deb qabul qildilar. Bu tamoyillar baribir realizmga asoslangan, uning an’anaviy doirasidan chetga ham chiqqan badiiy sintez sifatida mavjud bo‘lishi huquqiga ega. Ibrohim G‘alum fikricha, Quvayt hikoyachiligi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, realizm o‘tmish bilan ham, kelajak bilan ham bog‘liq bo‘lgan barcha davrlar badiiy yo‘nalishidir. Aynan realizm shaxsning jamiyat bilan aloqasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi [13, 105].
Xadaya Sulton as Salimning “Ayollar hayotidan ikki hikoya” nomli hikoyasi muhabbat va urf-odatlarning to‘qnashuvi haqida hikoya qiladi. Shunisi xarakterliki, Xadaya as Sultonning qahramonlari taqdiridan nolishadi, ammo o‘z sevgilari va taqdirlari uchun kurash yo‘lida hech bir tadbir qo‘llamaydilar. Lekin Munir Nasifning “Umid saroyining qulashi”[4, 7] nomli hikoyasining qahramoni bunday emas. U o‘zi, o‘z obro‘si uchun kurasha oladigan ayol. Uning eri oshig‘i olchi tadbirkor bo‘lib, u taraqqiyot mevalari, yangi texnologiya va yangi bozor munosabatlari qonunlariga juda tez moslasha oladi. Fursatdan foydalanib u o‘z boyligini ko‘paytirishga ustasi farang. Uning butun umri ofisda pul ketidan quvib o‘tadi. Kechqurun esa do‘stlari davrasida qahvaxona va restoranlarda ulfatchilik qiladi. Biroq uning oilasi bor. Lekin u ularni butkul tashlab qo‘ygan. Birgalikdagi hayotining dastalbki davrida uning oyoqqa turishiga yordam bergan, endilikda uning befarqligidan haqoratlangan xotini bolalarini olib erining uyidan chiqib ketadi. Ana shundagina butun umri mazmunini boylik orttirishda deb bilgan hikoya qahramoni oila o‘chog‘i o‘chgan uyda odam qanchalik yolg‘iz va tashlandiq bo‘lishi mumkinligini his qiladi. U garchi odamlar orasida bo‘lishiga qaramay, katta shaharda o‘zini yolg‘iz his qiladi.

Download 78,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish