3. Bob. O’quvchilar jismoniy rivojlanish darajalariga muvofiq jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish



Download 335,5 Kb.
bet18/22
Sana30.10.2022
Hajmi335,5 Kb.
#858553
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Maxsus tibbiy guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tashkil etish texnologiyalari

Kiyim-bosh va poyabzal gigienasi. Kiyim-bosh va poyabzal asosiy gigienik ahamiyati odamni iqlim omillarining noqi ta’siridan, shuningdek, terini ifloslanish va mexanik shikastlar himoya qilishdan iborat. Atrof-muhitning harorati past, namlik yuqori bo’lganda, kiyim-bosh organizmning issiqlik yo’qotish qobiliyatini kamaytiradi va uni sovqotishdan, harorat yuqori bo’lganda esa to’g’ri tanlangan kiyim-bosh issiqlik chiqarishni ko’paytirib, organizmni issiqlab ketishidan saqlaydi. Sport, harbiy kiyim, ishlab chiqarish va kasalxona kiyim-boshining qator xususiyatlari bor. Kiyim-bosh qandayligidan qat’iy nazar, unga kiyim ostidan qulay mikroiqlim yaratilishi lozim. Buning uchun kiyim tikiladigan mato issiqlik o’tkazuvchanlik, gigroskopiklik jihatidan muayyan talablarni qondirishi lozim. Yilning sovuq faslida mato issiqlikni kam o’tkazuvchan bo’lishi kerak. Havo harorati yuqori bo’lganda, ayniqsa, jismoniy ish bajarishda bunga talab bo’lmaydi. G’ovak va momiqli matolardan tikilgan kiyim-bosh zich va silliq matodan tikilgan kiyim-boshga nisbatan issiqni yaxshiroq saqlaydi.
Havo o’tkazuvchanlik matoning muhim xossasi hisoblanib, tashqi havo va kiyim ostidagi havo o’rtasidagi almashinuvning muntazamligi ana shunga bog’liq. Matoning havo o’tkazuvchanligi uning tabiatiga, tuzilishiga tegishli bo’lib, asosan mayda teshikchalarining o’lchami va miqdori bilan belgilanadi. Kiyim ostidagi bo’shliq ventilatsiyasi uchun havo o’tkazuvchanligi yaxshi matolardan keng-mo’l qilib tikilgan kiyimlarni kiygan ma’qul, bu yaxshi havo almashinuvi va teri sathidan terning tez bug’lanishiga imkon beradi. Qishki kiyim mos qilib bichilgan bo’lishi, biroq harakatlarni, nafas va qon aylanishini qiyinlash-tirmasligi kerak. Ich kiyimlar gigroskopik (ter shimadigan) va yaxshi havo o’tkazadigan bo’lishi lozim. Paxta matolaridan tayyorlangan ichki kiyim bu talablarni qondiradi. Kiyim-boshlar ustki tomondan ham, ichki tomondan ham kir bo’ladi. Natijada uning gigienik xossalari yomonlashib, unda patogen mikroorga-nizmlar paydo bo’ladi. Shuning uchun kiyimni muntazam cho’tka, chang yutgich bilan tozalash, vaqti-vaqti bilan shamollatib turish lozim. Kasalxona kiyimi dezinfeksiya qilinadi.
Hozirgi vaqtda kiyim-boshlarning qariyb 1g’3 qismi butunicha yoki qisman polimer matolardan ishlab chiqarilyapti va fizik-mexanik xossalariga ko’ra, ular sof matolardan ustunlik qiladi. Ular antimikrob ta’sir ko’rsatadi, ultrabinafsha nurlarni yaxshiroq o’tkazadi va ko’proq havo o’tkazuvchanlik xossasiga ega. Shu bilan birga polimer matolarning qator jiddiy nuqsonlari bor. U, avvalo, statik elektrni yig’ib borish xususiyatiga ega. Sorbsion xossalari pastligi ularni ich kiyimlar tayyorlash uchun qo’llanilishini cheklaydi. Quyosh nurlari yuqori harorati va boshqa omillar ta’siri ostida ular teri qoplamlariga salbiy ta’sir ko’rsatadigan va allergik kasalliklar, ekzema va mahalliy yallig’lanish hodisalarini qo’zg’ata oladigan mahsulotlar ajratishi mumkin.
Poyabzal oyoqlarni mexanik shikastlardan, noqulay ob-havo sharoitidan himoya qiladi. U oyoqda qon aylanishini buzmasligi va ter bug’lanishiga to’sqinlik qilmasligi, oyoq panjasi shaklini uzgartirmasligi va o’sayotgan organizmda oyoqning me’yoriy rivojlanishiga xalal bermasligi kerak. Poyabzal yumshoq, engil, pishiq, kiyishga qulay bo’lishi, iqlimga va yil fasliga, mehnat sharoitlariga, oyoqning tabiiy shakliga va faoliyatlariga muvofiq keladigan bo’lishi lozim. Tor poyabzal oyoqning sovqotishiga va sovuk urishiga sabab bo’ladi. Poshnasi baland poyabzalda og’irlik markazi oldinga ko’chadi va hamma og’irlik barnioqlarga tushadi Buning oqibatida gavda orqa tomonga og’adi, umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklari holatining o’zgarishi sodir bo’ladi. Bunday poyabzalni uzoq vaqt kiyib yurgan qizlarda chanoq suyaklarining noto’g’ri bitib qolishi va bu tug’ruq faoliyatiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mavsumga va mehnat sharoitlariga muvofiq poyabzal tayyorlash uchun turli matolar: charm, uning polimer matolardan ishlangan turlari, mo’yna, rezina, brezent, parusina va boshqalardan foydalaniladi. Pishiq, yumshoq, issiqlik o’tkazuvchanligi kam va havo o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan tabiiy charm eng yaxshi mato hisoblanadi. Sovuqda uzoq vaqt bo’lishga to’g’ri kelganda oyoqlarni sovqotishdan saqlash uchun jundan tayyorlangan kigiz etik, piymadan foydalaniladi. Biroq bunday poyabzal nam havoda suv o’tkazadi va shamollash kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Qish vaqtida tagligi mo’ynadan yasalgan charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiqdir. Yoz vaqtida, ayniqsa, issiq iqlim sharoitlarida ochiq poyabzal kiyish tavsiya etiladi.
Rezina poyabzal, shuningdek, tagi rezina poyabzal havo o’tkazmaydi va oyoqning terlashiga sabab bo’ladi. Rezina tagliklarining hamma turlarini, jumladan, mayda g’ovakli taglikni bolalar va o’smirlar uchun poyabzal tayyorlashga tavsiya etib bo’lmaydi.
Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, hammomga nahoyati odamni ozdirib, tanasini zaiflashtiradi. Agar ovqat egan vaqt o’tib hammomga borilsa, moddalar almashinuvi va kayfiyat yaxshilanadi. Odam tetik bo’ladi. Ozg’in odam taomdan so’ng, to’laroq kishilarning esa ovqat emasdan hammomga tushishlari maqsadga muvofiqdir.Hammom yuqorida aytilganidek, kishidagi xastaliklarni, ayniqsa, qandli diabet, buyrak, nafas yo’llari shamollashi va bod kasalliklarini tuzatishda tengi yo’q davo. Qotib qolgan mushaklar hammomga tushgandan so’ng yumshab, mayinlashadi. Birlashtiruvchi to’qimalar qayishqoqligi ortadi. Tomirlarda og’riqlar kamayadi. Lekin hammomga davolanish uchun tushadigan bemorlar dastlab o’zlarining holatini hisobga olishlari zarur. Agar odam issiqdan lohas bo’lishiga qaramasdan issiqxonada uzoq o’tiraversa, yuragi o’ynab yaxshi nafas ololmaydi, havo etishmay qoladi. Bunday hollarda darrov sovuq xonaga chiqib, biroz dam olish kerak, shunda teri harorati 20—25 daqiqa ichida asli holatiga tushadi. Bundan tashqari, hammomda haddan ortiq terlash tanadagi suyuqlik miqdorini sezilarli darajada kamaytirib yuboradi. Ter bilan birga organizmdan uning uchun zarur bo’lgan mineral moddalar chiqib ketadi. Shuning uchun hammomda asta-sekin terlash kerak.
Sovuq kunlarda saunaga kirishdan oldin isinib olish lozim, aks holda bosh og’riydi va terlash qiyin bo’ladi. Shuningdek, saunaga qorin ochligida yoki to’q paytida tushish (yoki juda charchaganda) ham zararli. Bunday vaqtda odam hushidan ketib qolishi mumkin. Saunaga dushda cho’milib kirilsa, havoda bug’ miqdori ko’payib, terlash qiyin bo’ladi. Saunadan chiqqach, sovunlab yuvinish kerak emas, chunki sovun ta’sirida terining kislotali himoya qobig’i buzilishi mumkin.

Download 335,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish