3.2. Tabiat omillari yordamida chiniqtirish muolajalarini tashkil etish jismoniy chiniqish omillari
Organizmni chiniqtirish — organizmni noqulay iqlim sharoitlai (past va yuqori havo harorati, atmosfera bosimi va boshqalar) ta’sirig chidamini oshirish tadbirlari majmuyidir. Zamonaviy turar jo sharoitlari, kiyim-kechaklar, transport va o’zgarib turadigan iqlin sharoitlari odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, meteorologi] omillarga nisbatan chidamini pasaytiradi. Shu sababli organizmn chiniqtirish jismoniy tarbiyaning muhim qismi sanaladi.
Inson organizmi o’zgarib turadigan tashqi muhit sharoitlarig; muvofiqlashgan holda chiniqib boradi. Biron omil (sovuq, issiq v; boshqalar)ning muntazam, ko’p marta ta’sir etishi va ular miq dorini tobora oshira borish yo’li bilan^chiniqtiruvchi natijaga eri-shiladi, chunki shunday sharoitlardagina organizmda moslashadigar o’zgarishlar rivojlanadi. Neyrogumoral va moddalar almashinuv jarayoni takomillashadi, atrof-muhitdagi noxush omillar ta’sirig^ organizmning umumiy qarshiligi oshadi.
Chiniqtirishning quyidagi asosiy qoidalariga amal qilish lozim
1. Muntazamlik.
2. Asta-sekinlik.
3. Organizmning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
4. Chiniqishga o’zini ishontirish va ruhiy ko’nikma hosil qilish.
5. Chiniqtirishning turli vositalari va usullaridan foydalanish (quyosh, havo, suv; faol va sust; umumiy va mahalliy). Chiniqishning sust va faol turlari bor. Sust chiniqish — tabiiy omillarga bog’liq holda sodir bo’ladi. Bunga yozda engil kiyim kiyish, ochiq havoda ko’p bo’lish, cho’milish, oyoq yalang yurish va hokazolar kiradi. Shularning o’zi issiqlikni boshqarishning fiziologik mexanizmlariga ta’sir etib, tabiatning turli iqlimiy o’zgarishlariga bo’lgan chidamni oshiradi. Lekin sust chiniqishning samaradorligi organizm himoyasi uchun etarli darajada bo’lmaydi.
Faol chiniqish — bu organizmning noqulay tabiat omillariga bo’lgan chidamini oshirish maqsadida sun’iy ravishda hosil qilingan va qat’iy miqdorlangan turli ta’sirotlar (issiqlik, sovuqlik, namlik va boshqalar)dan muntazam foydalanishdir. Bunga barcha maxsus chiniqtiruvchi muolajalar kiradi. Chiniqtirishning umumiy va mahalliy turlari ham mavjud. Chiniqtiruvchi omil organizmning barcha a’zolariga bir vaqtning o’zida ta’sir etishi umumiy, ayrim a’zolariga ta’sir etishi esa mahalliy chiniqish hisoblanadi. Quyosh, havo va suv omillari yordamida har qanday yoshdagi, turli kasbdagi odamlar organizmlarini chiniqtirishlari mumkin. Odam organizmining doimiy ravishda o’zgarib turadigan tashqi sharoitlarga moslashishi markaziy asab tizimi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda teri bevosita ishtirok etadi. Organizmni harorat, nur, kimyoviy va mexanik ta’sirlardan, shuningdek, mikroblar kirishidan himoya qiladi. Teri organizm bilan tashqi muhit o’rtasida aloqa o’rnatib turadi, ter bilan birga almashinuv mahsulotlari (tuz, suv)ni ajratib, issiqlikni idora etishda qatnashadi.
Havo va quyosh muolajalari — quyosh vannalaridan kundalik sharoitda (shifokor tavsiyasi bo’yicha) foydalanish mumkin. Havo vannalaridan biri bu peshayvonda davolanishdir. Bunda davolanuvchilar ochiq peshayvonda ma’lum vaqt bo’lishadi. Ular faslga mos kiyinib olishlari lozim (sovuq paytlarda issiq odeyaldan foydalaniladi). Muolajalari paytida erkin harakatlanayotgan havo teridagi asab uchlarini qo’zg’atib, lining nafas olishi va qonning kislprodga to’yinishini yaxshilaydi. Bunda oksidlanish jarayonlari va moddalar almashinuvining jadalligi kuchayadi, mushak va asab tizimining quvvati oshadi, organizmdagi issiqlikni boshqarish tuzilmasi chiniqadi, ishtaha ochiladi, uyqu yaxshilanadi. Kislorod ko’p bo’lgan joylarda havo muolajasi, ayniqsa, foydali, bunday havo dengiz tuzlari, engil aeroionlarga boy bo’ladi.
Havo vannasi va muddatini shifokor belgilaydi. Havo muolaja organizmni, ayniqsa, bolalar organizmini chiniqtirishda, tashi muhit ta’sirlariga qarshiligini kuchaytirishda, shuningdek, b qator kasalliklarda, jumladan o’pka sili, kamqonlik, asa tizimining funksional xastaliklarida, yurak-tom-ir tizin kasalliklarida tavsiya etiladi. O’tkir isitma xastaliklari, bo( bo’g’imlarning surunkali yallig’lanishi, nevrit va miozitda hag’ vannasi buyurilmaydi. Havo muolajasi issiq (22°C dan yuqori salqin (17-20°C) va sovuq holatlarda (17°C dan past) bo’lisl mumkin. Havo vannasining muolaja kursi 20°C dan yuqo haroratda boshlanadi va birinchi kuni 10—14 daqiqa qabul qilinad keyin esa kun sayin 10—15 daqiqagacha oshirib boriladi va 1,5-soatgacha etkaziladi. Salqin havo muolajalari avvaliga 3 — daqiqa qabul qilinadi, keyin kun sayin 3—5 daqiqadan o’zgartiril 1 soatga etkaziladi. Havo harorati 17°C dan past bo’lganda, sung qotmaslik maqsadida engil jismoniy mashqlar ham qilish kerak.
Sovuq havo vannalari chiniqqan kishilargagina buyuriladi uning vaqti 7—10 daqiqadan oshirilmaydi. Bunday muolajani sung qotish darajasigacha etkazmaslik kerak. Ochiq peshayvonda davolash vaqti 2—3—6 soat, ba’zida bir kecha-kunduz bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |