Yassitovonlikda davolash badantarbiyasi
Yassitovonlik tovon gumbazlari silliqlanishining bar xil darajalari hamda uning tug’ma va hayot jarayonida orttirilganligi (jarohat, shollik, doimiy katta yuklama va immobilizatsiyadan so’ng) bilan xarakterlidir. Davolash badantarbiyasi mushak-boylamlar apparatini mustahkamlashga yo’naltirilgan. Umummustahkamlash va maxsus mashqlar tatbiq etiladi. Maxsus mashqlar jumlasiga to’piq va tovonga beriladigan mashqlar, tovon barmoqlari bilan predmetlarni ushlash, tovon bilan gimnastik yog’ochlarni dumalatish kiradi. Oyoq uchida, tovonda, tovonning tashqi tomonida yurish qo’llaniladi. Davolash gimnastikasi bilan shug’ullanish chog’ida kunda 2-3 marta yalangoyoq gilamchada yurish va bar bir mashqni 5-10 marta qaytarib bajarish tavsiya etiladi.
Yassitovonlikda davolash gimnastikasining taxminiy majmuasi
D.H. — stulda o’tirgan holda, predmetlarsiz:
1. Oyoq tinada ikkinchi oyoqning ustiga qo’yilgan — tovonni barmoqlar bilan tashqi tomondan ichkariga aylantirish.
2. Barmoqlarni yoiish va o’z holiga qaytarish.
3. Oyoqlar polda. Tovon bilan oldinga sudralish va D.H.ga qaytish (har bir oyoq bilan alohida va birgalikda).
D.H. — polda o’tirgan holda, predmetlar bilan:
4. Qo’llar orqada, kaftlarga tayanilgan, tizalar egilgan. Tovon
tagida tayoqcha; tosni kutarib, tovonlar bilan tayoqchani oldinga
va orqaga sirg’atish.
5. Oyoqlar panjasi bilan qalam, tayoqcha, sharchani yig’ish.
6. «Oyoqlar bilan yozish» (qalam yoki melni butun barmoqlar bilan ushlab, tovonning tashqi yuzasini pastga burish).
7. Paypoqlarni qullar yordamisiz oyoq panjalari yordamida kiyish. D.H. — turgan holda va harakatda, predmetlar bilan:
8. Gimnastik tayoqchani parallel joylashtirib, unda yurish, tovon panjalari tayoqchalar ustidan tushmasligiga intilish. Yurishni to’g’ri chiziqda va qayirilishlar bilan oyoqlar paralelligi buzilmagan holda bajarish.
9. Parallel turgan tayoqchalar ustida cho’kkalash.
10. Bir tayoqcha ustida oldinga-orqaga yurish.
11. Tovon barmoqlari yordamida shariklarni yig’ish. D.H. — turgan holda va harakatda, predmetlarsiz:
12. Bir va ikki oyoq barmoqlarida kutarilishi.
13. Tovonning ichki qismini ko’tarib tushirish.
14. Tovonning tashqi tomonida yurish.
Mashqlar charchash va og’riqlarni yuzaga keltirishi mumkin emas. Davolash gimnastikasi to’piq va tovon massaji bilan to’ldiriladi. Massaj kurslarida 20-25 muolaja o’tkaziladi, 10 kun dam olib, massaj tiklanadi. O’z-uzini massaj qilishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Davolash badantarbiyasi kasallik o’tkir tus olish arafasida davolash gimnastikasi, mustaqil mashg’ulotlar tarzida bir kunda bir necha marotaba qaytariladi, asosan, ertalabki gigienik gimnastika va massaj shaklida o’tkaziladi. Boshida zararlangan bo’g’imlar harakatga jalb etiladi va mashqlar kompleksi bir necha umum-tonuslovchi, murakkab bo’lmagan mashqlardan iborat bo’ladi. Ushbu mashqlar og’riqni qo’zg’atuvchi D.H.lardan bajariladi. Zararlangan bo’g’imlarda harakatlar passiv mashqlardan boshlanib, so’ngra yordam ko’rsatkichi bilan aktiv va mustaqil aktiv mashqlar bajariladi. Mashqlar asta-sekin, to’liq amplituda bilan o’tkaziladi va zararlangan bo’g’imga biriktiriladigan mushaklarni bo’shashtirishni maksimal ta’minlovchi D.H.lardan foydalaniladi. Shu bilan birga, bo’shashgan mushaklar massajidan foydalanish, mustaqil maxsus mashqlarni bajarish 8—10 marta va 5—8 daqiqa davomida qaytarish lozim. Asta-sekin yuklamani me’yorlash mashqlarning qaytarilishi va amplituda hisobiga ko’tariladi, mashg’ulotlarga predmetlar bilan mashqlar kiritiladi. Kichik guruhlarda mashg’ulotlar o’tkazilishi mumkin.
Patologik holatning jadallashishi va uning surunkali kechishi davolash badantarbiyasini butun hayot davomida tatbiq etishni va bocgcimlar funkstiyasini maksimal saqlashni taqozo etadi. Shuning uchun davolash gimnastikasining va mustaqil mashg’ulotlarning asosi bo’lib maxsus mashqlar hisoblanadi. U, o’z navbatida, har bir bo’g’imda faol harakatni ta’minlaydi.
Majmuada cho’zilish uchun mashqlarda, har xil uskunalar va anjomlardan foydalaniladi, bo’g’imlarda harakatning chegarala-nishida passiv harakatlar va mexanoterapiya tatbiq etiladi. Mashg’ulotlarni o’tkazish davomiyligi 20—25 daqiqadan oshmaydi, lekin maxsus mashqlar majmuasini kunda bir necha marotaba qaytarish kerak bo’ladi. Davolash badantarbiyasining bu shakli massaj, yurishlar va sayllar bilan to’ldiriladi.
Ankilozli spondiloartritda— Bexterev kasalligida umurtqa pog’onasi bo’g’inlarida sekin-asta ankilozlashish ro’y berishi munosabati bilan jismoniy mashqlar zararlanmagan harakatni saqlab qolishga, orqa va elka yuzasi mushaklarini, nafas olish mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan. Umurtqa pog’onasida statik-dinamik o’zgarishlardan kelib chiqib, uslubning o’ziga xos xususiyatiga ko’ra — bu harakatlarni og’irlik tushurmasdan D.H.laridan bajariladi (yotib, tizzada turgan holda) va umurtqani silkitish, turtish mashqlari bundan xolisdir.
Davolash badantarbiyasining o’ziga xosligi — sportchilardagi deformatsiyalovchi artrozda umumiy vazifalardan tashqari aniq maqsadlar qo’yiladi: ular organizmning mashqlantirilishini
-artrozni kompleks davolash davomida saqlab turish va sport ish-chanligini tiklashdan iborat. Bulling uchun sport turiga qarab maxsus va imitatsion mashqlar o’tkazish, shu bilan 1 davrda bo’-g’imlarni yuklamadan engillashtirish hamda 2 davrda yuklamani oshirish mashqlari belgilanadi. Deformatsiyalovchi artrozning boshlang’ich bosqichida sportchilarga bo’g’imga og’irlik bermaslik, jismoniy mashqqa moslashish va jarohatning oldini olish omillaridan foydalanish tavsiya etiladi. Davolash badantarbiyasining bo’g’imlar kasalligida samaradorligi umumklinik ko’rsatkichlardan tashqari bo’g’imlarda harakat amplitudasi oshishi va funkstiyasining tiklanishi, mushaklar kuchining oshishi, ankilozlarda kompensator-moslashish harakatlarini rivojlantirish, bemorlarning maishiy, mehnat va kasbiy faoliyatiga qaytishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |