Sog’lom turmush tarzi va quyidagilarni bilishi kerak: • «Sog’lom turmush tarzi» fani tushunchasi va uning asosiy maqsadini;
• turmush tarzining salomatlikka ta’sirini;
• sog’lom turmush tarzining tarkibiy qismlarini;
• sog’lom turmush tarzini shakllantirishda umumiy amaliyot hamshirasining o’rnini;
• dispanser ko’rigi tushunchasini;
• aholi sog’lig’ini saqlashda dispanser ko’rigining o’rni va bu ishlarni amalga oshirishda umumiy amaliyot hamshirasining vazifasini;
• dispanser ko’rigining maqsadi va bosqichlari.
Xulosa Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlarida Guliston davlat universiteti qoshidagi akademik listey o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish jarayonlari o’rganildi.
Sog’lom turmush tarzi tarafdorlarining fikricha, agar odamlar quyidagilarga amal qilishsa, deyarli kasal bo’lishmaydi.
Birinchi shart.Ovqatlanishni tug’ri tashkil qilish. Ikkinchi shart. Hayot — harakatdadir. Uchinchi shart. Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish. To’rtinchi shart. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni ta’minlash. Beshinchi shart. Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik kabi zararli odatlardan uzini tiyish. Oltinchi shart.Ozoda-orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga bo’lgan munosabat masalasi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar, ilmiy va uslubiy qo’llanmalar, darsliklar xamda Internet materiallari natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki er sharida ekologik favquloddagi xodisa yuzaga kelgan. Ko’plab yoshlar tug’ma kasalliklarga ega. Shu bilan bir qatorda organizmida salbiy o’zgarishga ega bo’lgan bolalar xam ko’pchilikni tashkil etadi. Jismonan zaif va vaqtinchalik kasallikka chalingan bolalar bilan xam davolovchi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, ularni tez davo topishiga xamda kasalliklarni oldini olishga katta yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlarimizdan shuni xulosa qilish mumkinki
1. To’g’ri tashkil qilingan tibbiy nazorat tadbirlari o’quvchilar organizmi jismoniy rivojlanish darajalarini aniqlashga yordam beradi.
2. Jismonan zaif bo’lgan va tug’ma kasalliklarga ega bo’lgan o’quvchilar bilan sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlari shifokor nazorati va tavsiyasi asosida tashkil etilishi kerak.
3. Vaqtinchalik kasallikka chalingan tayyorlov guruh a’zolari bo’lgan o’quvchilar bilan davolash muolajalari o’tkazish, ular organizmini tez tiklanishiga xamda kasalliklarni oldini olishga yordam beradi.
4. Maxsus va tayyorlov tibbiy guruh a’zolari bo’lgan jismonan zaif va vaqtincha kasal o’quvchilar bilan davolash muolajalari o’quv kun tartibi jarayonida xamda yashash joylari va oilada o’tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
5. Davolovchi jismoniy mashqlar sifatida xarakatli o’yinlar, sayrlar, chiniqtirish muolajalari qabul qilish, massaj muolajalarini olish va shaxmat-shashka o’yinlaridan foydalanish mumkin.