3.1. Jarohatlar va tayanch-harakat apparatining ba’zi kasalliklarida davolash badantarbiyasi
Davolovchi jismoniy tarbiya deganda turli xildagi maxsus jismoniy mashqlardan foydalanib, insonni tezda va to’liq sog’aytirib yuborish tushiniladi. Davolovchi jismoniy tarbiya zamonaviy tibbiyot soxasida yangilikdir. Davolashning bu turi o’zining ilmga asoslanganligi, yani olimlarning say-harakatlari tufayli hayotda o’z o’rnini egalladi. Davolovchi jismoniy tarbiya fan sifatida yosh bo’lsada, ammo ilgaridan muayyan darajada ma’lum edi. Eramizdan avvalgi 2-3 ming yilliklarda arab mamlakatlari, Grestiya, Xindiston, Xitoy xalq tabobatida turli harakat va jismoniy mashqlardan davolash maqsadida foydalanganlar. Qadimgi Grestiyada gimnastikaning davolovchi gimnastika, deb ataladigan shakli qo’llanilgan. Uning rivoji Gipokrat nomi bilan bog’liq.
Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari bir tomondan, turli hil shikastlanishlarni va yaralarni davolashda foydalanilsa, ikkinchi tomondan shikastlangan tana a’zosining jaalbitishi hamda jarohatlangan a’zolar ish faoliyatining qayta tiklanishida ularning ahamiyati katta.
Shuni aytish o’rinliki, shikastlangan joyning bitishi birinchi galda kasalning kayfiyatiga, uning tez va butunlay sog’ayib ketishiga bo’lgan ishonchiga bog’liq. Shunda jismoniy mashqlarning bevosita o’rni bilinib, Davolovchi jismoniy tarbiya mashg’uloti butun organizmning sog’ayishiga ta’sir ko’rsatadi, kasal kishining hayoti tonusini oshiradi. Tibbiyot sohasidagi tajribalar shuni ko’rsatadiki, Davolovchi jismoniy tarbiyani oqilona qo’lllash yumshoq to’qimalarning bitishi, singan suyaklarning o’sishini jadallashtirar ekan.
Harakat faoliyatining qayta tiklanishi qo’p jixatdan mashg’ulotlarning muntazam olib borilishiga bog’liq.davolanishning ilk bosqichida Davolovchi jismoniy tarbiyadan muskullar atrofiyasi va yaralangan muskullarning fibrozga aylanishini oldini oladi, bog’imlar qopchig’i elastikligini, bog’imlar birikmasining to’liq harakatchanligini saqlash imkonini beradi. Bu ishda kasalning faolligi, uning har bir muolajaga nisbatan sobit qadamligi va ishonchi tog’ri davolashning muhim shartidir.
Davolovchi jismoniy tarbiya klinikalarda ichki kasaliklarni davolash hamda tashqi nafas olish funkstiyasini tiklash va rivojlantirishda modda almashinuvining buzilishini oldini olishda falaj, atrofiya singari ko’pgina holatlarda keng qo’llanadi. Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari fizioterapevtik muolajalarda ham qo’l keladi.
Tayanch-harakat apparatining jarohatlari to’qimalar anatomik butunligining va ular funkstiyalarining buzilishiga hamda organizmning har xil tizimlari tomonidan umumiy va mahalliy reakstiya jarayoniga olib keladi. Mushaklar, to’qimalardagi o’zgarishlar faqat jarohat natijasi bo’lib qolmay, balki ularni o’z navbatida, immobilizastiya ham chuqurlashtiradi. Jarohatlar har doim harakat funkstiyasining buzilishi va og’riqlar bilan kuzatiladi.
Sinishlarni davolashda singan suyaklar repozistiyasi (to’g’rilash) yordamida, uning shakli, uzunligini qayta tiklash va suyak bitishi amalga oshiriladi. Buzilgan joyni harakatsizlantirish uchun fiksastiya, cho’zish va operastiya uslublari qo’llaniladi. Ko’proq suyaklari singan bemorlarning 70-75% ida fiksastiya uslubi, ya’ni gipsdan qilingan boylamlar, polimer materiallardan foydalaniladi.
Cho’zish (ekstenzion uslub) tatbiq etilganda, singan suyaklar boylamlarini moslashtirish uchun og’irliklar (yuklar)dan bir necha soatdan bir necha kungacha foydalaniladi (birinchi repozistiya fazasi). Singan suyaklar bo’laklarini moslashtirish operastiya uslubida, vintlar va metall fiksatorlar, suyak transplantantlarini mustahkamlash yo’li bilan amalga oshiriladi (ochiq va yopiq suyak bo’laklarini moslashtirish). Davolash badantarbiyasi kompleks davolashning majburiy komponentidir, chunki u tayanch-harakat apparatining funkstiyasi tiklanishiga, organizmning har xil tizimlariga motor-visseral reflekslar prinstipida ijobiy ta’sir ko’rsatadi Davolash badantarbiyasini tadbiq etishning butun kursi 3 davrga: immobilizastiya davri, immobilizastiyadan keyingi va tiklanish davrlariga bo’linadi.
Jarohatlanishning birinchi kunidan kuchli og’riqlar yo’qolishidan so’ng davolash badantarbiyasi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |