3-amaliy topshiriq Bilimlarga asoslangan tizimlar nazariyasi


Ekspert tizimlarni yaratish



Download 377,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana31.05.2022
Hajmi377,35 Kb.
#623704
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-AMALIY ISH

Ekspert tizimlarni yaratish 
• 
ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish 
• 
ET dagi bilimlar tarkibi 
• 
Produksion tizimlarda xulosani boshqarish 
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.
1970-yillardan 
boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy intellektning 
avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab xulosa chiqarish, 
evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat ETlargina bu kuchli usullar 
yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. 
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq 
tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan. 


Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan ortiq 
firmalar mashg'uldir. 
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini 
sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi. 
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi. 
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik 
firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab chiqarish 
vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish sohasidagi 
ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni xohlaydi. Bundan esa, 
ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash ETini 
yaratish», «bolalardagi muvozanat — harakat apparati kasalliklarini davolash ETini 
yaratish» kabilar. Ammo, awal ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha 
umumlashtirilsa, evristik qoidalarga asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini 
yo'qotadi. Shuning uchun, boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir 
malaka bo'lmasa, unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni 
yechishga qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu 
masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab 
chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi 
maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi. 
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. Bu 
qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga keladi. Demak, 
Komp’yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni ma'lum bir ko'rinishda 
tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak. 
Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z 
bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir qilib, 
tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu holatga 
keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki dasturlashtiruvchilarda 
ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda yordam beradi. Bundan tashqari, 
bir tomondan matematik fikrlash sohasi va bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa 


tomondan esa EHM imkoniyatlari, dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab 
etiladi. 
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter ) tizimlari orasida «dallol» 
vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari 
(knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala boshlandi. 
Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina oliy o'quv 
yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-lashgan dasturlashtirish mutaxassisligi 
doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri vazifasini bir odam 
bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich bilimlarni egallash uchun uch 
xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET ni ishlab chiqaruvchining umumiy 
harakati kerak. 
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar 
bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan dialogli 
bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va dasturlash usuli 
xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-kablashtirilmagan 
boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda foydalanuvchi uchun ET ni 
rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi 
uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib, uni mukammalroq ko'rinishga keltirishga 
imkon yaratadi. 
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof 
etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi talabga 
javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar hozirgi vaqtdagi 
eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni saqlashda, sug'urta 
qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan holda yechimlarni topish 
uchun samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozirgi kunda bilimlar bazasi katta tizim 
ichiga joylashtirilgandir. 
Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida 
joylashgan va foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga ko'maklashadi. 


Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib 
chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan 
kompaniyalar ularni Komp’yuter ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus biznes 
jarayoniga joylashtiradilar. 


Xulosa 
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Ekspert tizimlar uchun ishlaydigan 
ma’lumotlar bazasi. Bilimlar tizimi sun’iy intllektlarda ham mavjud. Bilimlar bazasiga 
asoslangan holda ishlaydi. Bilimlar bazasi qanday tuzuladi? Faraz qilaylik, biologiya 
yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni nimadan boshlash
kerak? Albatta, dastlab biologiyaning asosiy tushunchalarini o'z ichiga oladigan 
ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda 
inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada 
biror fayl sifatida saqlanadi. Keyingi bosqichlarda jadvalli va diagrammali
axborotlarning qismlari yaratilib, xotiraga joylashtiriladi. Bu ma'lumotlar majmui
dastlab alohida sektorlarga joylashtiriladi, so'ngra ularning bir-biri bilan o'zaro
bog'lanishini ta'minlovchi ishchi dastur tuziladi (yoki tayyor dasturdan
foydalaniladi). Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga 
xotiradagi ma'lumotlar asosida javob topishdan iborat. Bilimlar omborini yaratishda 
quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. 2-bosqich. 
Bilimlar to'plamini yaratish. 3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. 4-bosqich. 
Materialni shaklan tasvirlash.
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, tahlil
qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak.
Bu 
esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish,
o‘xshashliklarni topish va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini 
egallashini talab qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. .A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari” 
2. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iqtisodiy informatika 
3. Sh. Nazirov, A. Ne’matov, “ Ma’lumotlar bazasi ” , Toshkent 2007 
4. http://Aim.uz 
5. hppt://www.orbita.uz 
6. http://library.ziyonet.uz 

Download 377,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish