Ekspert tizimlarni yaratish
•
ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish
•
ET dagi bilimlar tarkibi
•
Produksion tizimlarda xulosani boshqarish
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.
1970-yillardan
boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy intellektning
avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab xulosa chiqarish,
evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat ETlargina bu kuchli usullar
yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi.
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq
tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan ortiq
firmalar mashg'uldir.
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini
sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi.
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi.
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik
firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab chiqarish
vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish sohasidagi
ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni xohlaydi. Bundan esa,
ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash ETini
yaratish», «bolalardagi muvozanat — harakat apparati kasalliklarini davolash ETini
yaratish» kabilar. Ammo, awal ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha
umumlashtirilsa, evristik qoidalarga asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini
yo'qotadi. Shuning uchun, boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir
malaka bo'lmasa, unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni
yechishga qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu
masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab
chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi
maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi.
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. Bu
qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga keladi. Demak,
Komp’yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni ma'lum bir ko'rinishda
tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak.
Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z
bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir qilib,
tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu holatga
keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki dasturlashtiruvchilarda
ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda yordam beradi. Bundan tashqari,
bir tomondan matematik fikrlash sohasi va bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa
tomondan esa EHM imkoniyatlari, dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab
etiladi.
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter ) tizimlari orasida «dallol»
vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari
(knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala boshlandi.
Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina oliy o'quv
yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-lashgan dasturlashtirish mutaxassisligi
doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri vazifasini bir odam
bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich bilimlarni egallash uchun uch
xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET ni ishlab chiqaruvchining umumiy
harakati kerak.
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar
bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan dialogli
bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va dasturlash usuli
xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-kablashtirilmagan
boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda foydalanuvchi uchun ET ni
rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi
uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib, uni mukammalroq ko'rinishga keltirishga
imkon yaratadi.
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof
etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi talabga
javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar hozirgi vaqtdagi
eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni saqlashda, sug'urta
qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan holda yechimlarni topish
uchun samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozirgi kunda bilimlar bazasi katta tizim
ichiga joylashtirilgandir.
Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida
joylashgan va foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga ko'maklashadi.
Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib
chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan
kompaniyalar ularni Komp’yuter ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus biznes
jarayoniga joylashtiradilar.
Xulosa
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Ekspert tizimlar uchun ishlaydigan
ma’lumotlar bazasi. Bilimlar tizimi sun’iy intllektlarda ham mavjud. Bilimlar bazasiga
asoslangan holda ishlaydi. Bilimlar bazasi qanday tuzuladi? Faraz qilaylik, biologiya
yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni nimadan boshlash
kerak? Albatta, dastlab biologiyaning asosiy tushunchalarini o'z ichiga oladigan
ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda
inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada
biror fayl sifatida saqlanadi. Keyingi bosqichlarda jadvalli va diagrammali
axborotlarning qismlari yaratilib, xotiraga joylashtiriladi. Bu ma'lumotlar majmui
dastlab alohida sektorlarga joylashtiriladi, so'ngra ularning bir-biri bilan o'zaro
bog'lanishini ta'minlovchi ishchi dastur tuziladi (yoki tayyor dasturdan
foydalaniladi). Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga
xotiradagi ma'lumotlar asosida javob topishdan iborat. Bilimlar omborini yaratishda
quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. 2-bosqich.
Bilimlar to'plamini yaratish. 3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. 4-bosqich.
Materialni shaklan tasvirlash.
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, tahlil
qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak.
Bu
esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish,
o‘xshashliklarni topish va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini
egallashini talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. .A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”
2. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iqtisodiy informatika
3. Sh. Nazirov, A. Ne’matov, “ Ma’lumotlar bazasi ” , Toshkent 2007
4. http://Aim.uz
5. hppt://www.orbita.uz
6. http://library.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |