Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent Axborot
Texnalogiyalari Universiteti
Bilimlarga asoslangan tizimlar
fani bo’yicha
3-amaliy topshiriq
Bilimlarga asoslangan tizimlar nazariyasi
Bajardi:
KBS001-L2
guruh talabasi
Ilyosov Otabek
Tekshirdi:
Abdurazzoqov Faxriddin
Toshkent 2022
Kirish
Ma’lumotlar bazasi fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum
bir dunyoqarashni
shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida
asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning
kompyuter savodxonligini
oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini
tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki
daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni shaxsiy
kompyuter xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy
dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar
bazasi
haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy
kompyuterning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning
katta hajmining
majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy
kompyuter xotirasida
saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va
o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim
foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan
foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi.
Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan
bilishlarga doir har
qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi. Misol. AQShning
davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli
ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning optimal
vaqtini belgilaydi. Sun’iy
intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday
harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni
odam bajarganda uni
intellektual deb atash mumkin bo’lardi. Aksariyat hollarda bu yerda odamning
fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi.
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi.
Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish -
o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus
masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday
kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha
ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar paydo bo’lganda
ularni taklif
qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati
ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat
tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir.