3-amaliy topshiriq Bilimlarga asoslangan tizimlar nazariyasi



Download 377,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana31.05.2022
Hajmi377,35 Kb.
#623704
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-AMALIY ISH

1-rasm. 
Bilimlarni tasvirlash 
Bilimlar bazasiga asoslangan ekspert tizimining ishlash sxemasi quyidagicha 
bo'ladi. 
— tahlil natijalari yoki qiymatlar tanlash; 
— kuzatish; 
— natija interpretatsiyasi; 
— yangi informatsiyalarni o'zlashtirish; 
— gipoteza va qoidalar yordamida yangi qiymatlar yoki yangi 
tahlil natijalari olish. Mana shu jarayon, yetarli axborot yig'ilgunga qadar davom 
etadi. Sxematik ko'rinishda quyidagicha ifodalaniladi: 


2-rasm. ET ning ishlash sxemasi 
Bilimlar bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari dialog 
ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda foydalanuvchi 
qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini berish mumkin shu javoblarga asosan fakt va 
qoidalar asosida xulosa chiqariladi. 
BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI 
• 
Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari 
• 
Freymli modellar 
• 
Semantik modellar 
Mahsuliy (produksion) qoidalarining modellari.
Deklarativ bilimlar — 
bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. 
haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi. 
Protsedurali bilimlar — 
dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, dasturlar, 
analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish natijasida hosil 
bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli xususiyatga ega. 
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham 
masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Ekspert 
tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun 
qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar ko'rinishida 
ishlatiladi.


Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert 
tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik 
ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va 
boshqalar). 
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. 
Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, 
qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. 
Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi 
murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3 xil 
bo'ladi ; 
1. 
To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish. 
2. 
Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish. 
3. 
Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar . 
Ikkinchi modellarni kodlash, DASTUR qanday qilib bunday natijaga kelganligini 
tushuntirib, ancha soddalashtiradi va har bir qadamda qanday holat yuzaga kelganligini 
ko'rsatib berishga imkon beradi. 
Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa 
chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita 
jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita oladigan 
hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro munosabatlarni 
aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning 
bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi 
ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va 
oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. 
Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning 
imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. 
Freymli modellar: 
Freym — bu qandaydir standart holat uchun mo'ljallangan 
ma'lumotlarni deklarativ keltirilishidir. Freymlarni tarmoq ko'rinishida ko'rsatish 
mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning ma'nosini namoyish etadi va har qanday 
sharoitda chin qiymatga ega bo'ladi. Pastki tabaqa muayyan informatsiyaga ega bo'lgan 
slotlar bilan to'ldiriladi. 


Freymlar tizimlarida informatsion qidiruv tizimlari bilan bog'langan. Agar, 
sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa freymni 
o'z ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarning asosiy xossalarini 
ko'rib chiqamiz: 
a) 
bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obyektlarini o'z ichiga oladigan 
freym. Lekin holatini o'zgartirganda yana yangi freymlarni qurishga to'g'ri keladi. 
b) 
iyerarxik strukturaga ega bo'lgan freymlar sitemasi. Iyerarxik strukturaning 
ayrimligi atributlar haqidagi informatsiya yuqori bosqichda joylashgan bo'lib, past 
tabaqadagi hamma freymlar bilan bog'liq bo'ladi. 
d) freymli tizimlarda xulosalar chiqarish. 
Freymlar — ekspert tizimlarning bilimini ko'rsatishning keng tarqalgan 
formalaridan biridir. Freym o'zini slot yacheykalari to'plamidan iborat struktura kabi 
ko'rsatish mumkin. Har bir slot nomdan o'rniga biriktirilgan nomdan iborat. Qiymat 
ma'lumotlar, protseduralar hamda boshqa Komp’yuter ga yuboriladigan ma'lumotlardan 
iborat bo'lishi yoki bo'sh bo'lishi mumkin. 
Har qanday freym quyidagi nom va mundarijalardan tashkil topadi: 
1. 
Freym nomi. Bu freymga aloqador identifikatordir. Freym berilgan freym 
tizimida yagona nomga ega bo'lishi kerak. 
2. 
Slot nomi. Bu slotga aloqador identifikatordir. Slot o'zi tegishli bo'lgan 
freymda yagona nomga ega bo'lishi kerak. 
Odatda slot nomi hech qanday yuklash ma'nolarini anglanmaydi va berilgan 
slotning identifikatoridir, lekin ba'zi hollarda u maxsus ma'noga ega. Bularga 
strukturalashgan obyektlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan IK-A, DDEKENDANTA, 
FINEDBY, COMMENT va hokazolarni kiritish mumkin. Bu slotlar tizimli deyiladi va 
bilimlar bazasini tahrir qilish va chiqarishni boshqarishda ishlatiladi. 
3. 
Meros ko'rsatkichi. Bu ko'rsatkichlar faqat «abstraktkonkret» muomilasiga 
asoslangan
iyeararxik tipdagi freym tizimlarga tegishlidir, ular past darajadagi xuddi shunday 
nomli freymlarga ega bo'lgan yuqori darajadagi freymdagi slot atributlari haqidagi biror 
bir informatsiyani ko'rsatadi. 


4.Ma'lumotlar tipi ko'rsatkichi slotning son qiymatiga egaligini ko'rsatadi yoki 
boshqa freymga ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumotlar tipiga quyidagilar kiradi: 
FRAME (ko'rsatkich), INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul toifa), 
LIKT (bog'langan protsedura), TEXT (matn), LIKT (ro'yxat), TABLE Gadval), 
EXPREKKION (ibora) va boshqalar. 
5. 
Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slot 
ma'lumotining ko'rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqari shajara 
shartlarini bajarishi kerak. 
6. 
Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED va hokazo 
demon tiplarini aniqlaydi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik 
yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi. 
Bundan tashqari demon bog'langan protseduralarning har xilligidir. 
7. 
Bog'langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi 
DASTURni ishlatish mumkin. 
Semantik modellar. 
Mutaxassislarning fikricha semantik to'rlar boshqa usullardan 
ancha avval yaratilganligiga qaramay bilimlarni tasvirlashda ko'p qo'llaniladigan usuldir. 
Semantik to'rlar obyektlar to'plami va ular orasidagi munosabatlarni aks ettiradi. 
Ko'riladigan obyektlar uchun barcha mavjud munosabatlarni yozib chiqish 
semantik to'rni beradi. Obyektlar to'rning tugunlari bo'lib xizmat qiladi, munosabatlar 
yoylar yordamida ifodalanadi. Semantik to'rni tuzishda to'rning elementlari aloqalari 
soniga, uning xossalari va murakkabligiga cheklovlar qo'yilmaydi. Shuning uchun 
ko'rsatkich sifatida keltiriladigan funksiyalarni ma'lum darajada tartiblash maqsadga 
muvofiqdir. 
Semantik to'rlar — ET da bilimni ko'rsatish formalizmidir. Unda uzoq muddatli 
xotiraning strukturali modeli sifatida so'z ma'nosini tushunish modeli ko'rsatiladi. Bu 
modelda uzoq muddatli xotira strukturalarini yozish uchun so'zlar orasidagi semantik 
munosabatlarni ko'rsatish uch maqsadida turli xil struktura ishlatilgan. Bu model tabiiy 
bilim va inson tilidan foydalanishni farqlaydi. Shuning uchun asosiy g'oya obyektga 


tegishli bo'lgan sinf qiymatini, uning aks etishini yozish va obyekt holatlarini 
ko'rsatuvchi so'zlar aloqasini o'rnatishdir. Namuna sifatida «choynak» konseptual 
namoyishi uchun oddiy semantik to'rni ko'rish mumkin. Bu to'rda qiymatlar yozilgan 
sinf, holat va misol deb ataluvchi munosabat operatorlari aniqlanadi.
3-rasm. Semantik to'rning ko'rinishi 
4-rasm. Semantik to'rga misol 

Download 377,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish