Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan
sohalaridan biridir.
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi. Ular
odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga
yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib, ETlar
deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina
hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning yechimini topa olish bilan
farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini
mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil
qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash,
eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada
ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi.
Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan
mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.
Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan.
Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va
mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda.
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
•
Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
•
Ishchi xotira;
•
Chiqarish mexanizmi.
Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar
to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi
xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orqali
olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi:
birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa
yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to'g'ri
zanjirli fikrlash deyiladi.
Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy sinflarga
guruhlash mumkin:
Bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektr
qurilmalar diagnostikasi, o'qitish va hokazo.
Tibbiyot diagnostikasi.
Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ularni
keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN
tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki
bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun
qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida
ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish
imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni
tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Prognozlash.
Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquvchi
natija va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit egallash»
DASTUR tizimi bozorning konyunktu-rasini tahlil qilib, algoritmlarning statistik usullari
yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan foydalani-shingizni
maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan tizimlarga kirmaydi, chunki oddiy
dasturlash protsedura va algoritm-lari qo'llanilgandir. Sizning mablag'ingizni bozor
konyunkturasini o'rgangan holda aniq ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan bo'lsa-da,
ob-havoni oldindan aytib beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini oldindan
aniqlovchi ma'lumot tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy Komp’yuter ga
oddiy tizimni o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish.
Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan
masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida
Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga
foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish
imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta
ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing»
kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar ta'miri va
samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda qo'llamoqdalar. DEC
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foydalanuvchi talabiga mos
kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining tuzilishini aniqlash yoki
o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC tomonidan yanada kuchliroq bo'lgan
XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON tizimining bilimlar omborini o'z ichiga olgani
holda foydalanuvchiga kerakli tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi.
XKEL XCON dan farq qilgani holda interaktiv bo'ladi.
Interpretatsiyalash.
Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida
ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi
interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning
bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta
qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |