3-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Deyktik vositalar
Ishdan maqsad: shaxs deyksisi, makon deyksisi, zamon deyksisi, diskurs deyksisi, emotsional deyksis, sotsial deyksisni o‘rganish.
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi variantda keltirilgan topshiriqlarni bajarishi va natija olishi lozim.
Ushbu amaliy ish davomida quyidagilarni bajarish lozim:
Kontekstda deyksis tushunchasi yuzasidan savol-javob.
Mavzu yuzasidan debat.
Deyktik ibora tushunchasining talqini, deyksis belgilarning semantik jihatdan boshqa lisoniy belgilardan tubdan farq qilishi, ularning predmet-hodisalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomlash qobiliyatidan mahrum ekanligi va signifikativ mazmunga ega emasligiga doir qarashlarga munosabatni tavsiflash.
Nazorat savollari:
Deyktik vositalar qatoriga kiruvchi so‘zlar haqida gapiring.
Deyktik iboralar ma'nosining nutq sub'ekti – so‘zlovchining kommunikativ maqsadi bilan bog‘liq holda o‘zgarib borishini sharhlang.
Deyktiklar mustaqil ma’noga egami?
“Ongda yuzaga kelgan tushuncha va konseptual qoliplarning lisoniy voqyelanishi ularga lisoniy shakl, tus berishni taqozo etadi. Nutqiy tuzilma esa to‘liq mazmunga ega bo‘lish uchun grammatik shakl olishi kerak. Shuning bilan birgalikda, nutqiy tuzilmaning muloqot birligiga aylanishi va matndan o‘z o‘rnini topishi uchun uning grammatik shaklga ega bo‘lishi yetarli emas. Ushbu tuzilma matnga mos kelishi, umumiy kommunikativ maqsadga erishish ehtiyojini qondirishi lozim bo‘ladi. Xuddi shu talablar umumlashmasi, grammatikallashtirish hodisasidir. (Misol: «Hoy, sen hoziroq o‘sha yerga yetib bor!») Buyruq intensiyasini hosil qiluvchi ushbu nutqiy aktning pragmatik mazmuni so‘zlovchi tomonidan shaxs, makon va zamon deyktik iboralarini qo‘llashi bilan bog‘liq” parchasi orqali grammatikalashtirish hodisasini izohlang.
Adabiyotlar:
Boduen dе Kurtеne I.A. Izbranniе trudi po obo‘еmu yazikoznaniyu. - M.: Izd-vo AN SSSR, 1963.t 2.-391 s.
Bozorov O.O. O‘zbеk tilida gapning kommunikativ (aktual) tuzilishi. NDA.- Farg‘ona, 2004. – 21b.
Bondarko A.V. Vrеmеnnaya lokalizovannost. V kn.: Tеoriya funktsionalnoy grammatiki. - L.: Nauka, 1987.-S. 210-233.
Borbotko V.G. Printsipi formirovniya diskursa. Ot psiхolingvistikе k lingvosinеrgеtikе. - M.: Kom Kniga, 2007.-288 s.
Budagov R.A. Yazik – rеalnost – yazik. – M.: Nauka, 1983. -262 s.
Budagov R.A., V kakoy mеrе «Lingvistika tеksta» yavlyaеtsya lingvistichеskoy? V kn.: Budagov R.A. Filologiya i kultura.- M.: Izd-vo MGU, 1980.-S.77-86.
Do'stlaringiz bilan baham: |