3. 2-§. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari



Download 35,68 Kb.
bet3/6
Sana01.01.2022
Hajmi35,68 Kb.
#300896
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari

Tayanch so‘z va iboralar:
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari; zamonaviy axborot texnologiyalari; zamonaviy axborot texnologiyalarining tavsiflanishi.
Takrorlash uchun savollar.


  1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari nima uchun xizmat qiladi?

  2. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy elementlarini keltiring.

  3. Axborot texnologiyalari qanday belgilar asosila tavsifla-nadi?

3.3-§. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TASNIFI
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini bir qator belgilarga, xususan, axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati, AATning boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi, texnologiya operatsiyalar sinfi, foydalanuvchining interfeys turi, EHM tarmog‘idan foydalanish variantlari va hokazo xususiyatlariga ko‘ra tasniflash mumkin (1.11-rasm).

AATni amalga oshirish usuliga ko‘ra, avtomatlashtirilgan axborot tizimida an’anaviy ravishda yuzaga kelgan yangi axborot texnologiyalari ham ajratib ko‘rsatiladi. Agar an’anaviy AAT birinchi galda ma’lumot-larni markazlashgan holda qayta ishlash sharoitiga mo‘ljallangan bo‘lsa, SHKdan ommaviy foydala-nishga o‘tish esa mashaqqatli ish hajmini yengillashtirishga mo‘ljallangan.

Zamonaviy axborot texnologiyasi – SHK dan keng foydalanishga, foydalanuvchilarning (dasturlash bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, «do‘stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori dara-jada bo‘lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari tufayli ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir.

Kamrov darajasi bo‘yicha AATning vazifalari ma’lumotlarni elektron usulda qayta ishlashni uz ichiga oladi. Bunda EHMdan foydalangan holda ayrim iqtisodiy masalalar hal etilib, ma’lumotlar qayta ishlanadi va boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirish olib boriladi.

Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda boshqaruv qarorlarini tay-yorlash uchun axborot – ma’lumotnoma rejimida ishlarni va doimiy hiso-botni shakllantirish, xizmat vazifalarini kompleks ravishda hal etish uchun hisoblash vositalaridan (jumladan super EHM va SHK) foydalaniladi. Ushbu guruhga qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha AAT ni ham kiritish mumkin. U tahliliy ishlar va bashoratlarni shakllan-tirish, biznes-rejani tuzish, o‘rganilayotgan jarayonlar, ishlab chiqarish – xo‘jalik amaliyoti voqealari bo‘yicha asoslangan baho va xulosalar chi-qarish uchun iqtisodiy-matematik modellardan keng foydalanishni nazarda tutadi. Hozirda keng tadbiq etilayotgan elektron ofis va qarorlar bo‘yicha ekspert madadi deb nom olgan AAT ham mazkur guruhga mansub.

AATning ushbu ikkinchi guruhi mutaxassislar va rahbarlar ishini avtomatlashtirishga yangicha yondashishni integratsiyalash borasidagi oxirgi yutuqlardan foydalanishga mo‘ljallangan. Bu boshqaruv ishlarini to‘liq avtomatlashtirilishi kasb vazifalarini ma’lum bir ish joyida va ofisda sifatli hamda o‘z vaqtida baja-rishga imkon beradi.

Elektron ofis predmet sohasidagi vazifalarni kompleks amalga oshi-rishni ta’minlayditan ixtisoslashtirilgan dasturlar va axborot texnologiya-larini o‘z ichiga oluvchi amaliy dasturlarning integratsiyalashgan paketi bo‘lishini kuzda tutadi. Hozirda asbob-uskunalari va xodimlari turli bino-larda joylashishi mumkin bo‘lgan elektron ofislar keng joriy etilmoqda.

Hujjatlar, ma’lumotlar bazalari, aniq bir tashkilot yoki muassasa materiallari bilan uy sharoitida, mexmonxona yoki transport vositasida foydalanish virtual ofislarning AATlari paydo bo‘lishiga olib keldi.

Bunday AATlar hududiy yoki global tarmoqka ulangan lokal (mahalliy) tarmoqda ishlashga asoslangan. Ana shunday abonent tizimi tufayli muassasa xodimlari kayerda bo‘lishidan qatiy nazar umumiy tarmoqqa ulanish imkoniga ega bo‘ladi.

Ekspert madadining AAT asosini mutaxassis-tahlilchilar ishini avtomatlashtirish tashkil etadi. Ushbu xodimlar korxona, firmalar, moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy ahvoli, mahsu-lotlar, xizmatlarni sotish bo‘yicha yuzaga kelgan bozor munosabatla-rini tadqiq etish uchun zarur bo‘lgan tahliliy usullar va modellar-dan tashqari, ma’lum bir soha yo‘nalishining bilimlar bazasini tashkil etuvchi ma’lumotlardan ham foydalanishga majbur. Belgilangan qoidalar bo‘yicha ishlab chiknlgan bunday ma’lumotlar moliya va tovar bozorlarini yuritish uchun asoslangan qarorlar tayyorlash, menejment va marketing sohalarida kerakli strategiyani ishlab chiqish imkonini beradi.

Foydalaniladigan texnologiyalar bo‘yicha ta’minlovchi va funksional axborot texnologiyalari o‘zaro farqlanadi. Ta’minlovchi texnologiyalardan turli xil masalalarni hal etish uchun turli kredit sohasida vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Ular hal qilinadigan masalalar tarkibiga ko‘ra ham tasniflanishi mumkin. Odatda mazkur texnologiyalar turli kompyuterlar va dasturiy muhitlarida bajariladi. Asosiy vazifa – ushbu texnologiyalarni yagona axborot tizimiga birlashtirishdir.

Funksional texnologiyalar – ayrim vazifalar, funksiyalarni avtomatlashtirishni ta’minlovchi texnologiyalar majmui sanaladi.

Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar sinflari bo‘yicha AAT mohiyatan, dasturiy jihatdan ko‘rib chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: matnni qayta ishlash, elektron jadvallar, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, grafik va ovozli axborotlarni qayta ishlash, multimedia va boshqa tizimlar.

Qayta ishlanadigan axborotlar va kompyuter axborot texnologiyalari 1.12-rasmda berilgan.

Kompyuter texnologiyalari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi – bu yuqori sifatli ovoz va videotasvirlar uchun dasturiy vositalar yaratish sanaladi. Videotasvirlarni shakllantirish texnologiyasi kompyuter grafikasi deb nom olgan.

Kompyuter grafikasi – bu EHM yordamida ob’ektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir. Ushbu texnologiya iqtisodiy tahlil, turli xil konstruksiyalarni modellashtirish sohasiga kirib boradi. Ishlab chiqarishda uning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. U reklama faoliyatiga ham kirib borgan. Raqamli protsessor yordamida shakl-lantiriladigan va qayta ishlanadigan tasvirlar namoyish qilinadi-gan va animatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi guruhga odatda, tijorat (tadbirkorlik va illyustratsiya grafikasi, ikkinchi guruhga – muhandislik va ilmiy grafika, shuningdek, yakka tasvirlar emas, film ko‘rinishida ketma-ket beriluvchi tasvirlardan. iborat reklama, san’at va o‘yinlar grafikasi (interaktiv variant) ham kiradi. Interaktiv mashina grafikasi zamonaviy axborot texnologiyalari ichida nisbatan ilg‘or yo‘nalishlardan biri sanaladi.



Download 35,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish