2. Mikroorganizmlar o‘zlashtiradigan azotli va mineral birikmalar
Mikroorganizmlarning o‘sishi uchun o‘sish moddalari ham zarur. Bunday o‘sish faktorlari
3 guruh birikmalar - aminokislotalar, purinlar, pirimidinlar va vitaminlardir. O‘sish faktorlariga
muhtoj organizmlarni auksotrof organizmlar deyiladi. O‘sish faktorlariga muhtoj bo‘lmaganlari
esa prototrof organizmlar deyiladi.
Mikroorganizmlarning azot bilan oziqlanishi. Azot elementiga munosabatiga ko‘ra,
mikroorganizmlar turli gruppalarga bo‘linadi. Ba’zilari oqsil va peptonlarni o‘zlashtirsa,
boshqalari nitratlarni, uchinchilari ammiakni, to‘rtinchilari atmosfera azotini o‘zlashtiradi.
Jadvalda mikroorganizmlarning azot manbalariga nisbatan talabi ko‘rsatilgan. Oqsil va
peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so‘ng o‘zlashtirilsa aminokislotalarning
to‘liq aralashmasi bevosita parchalanadi, ba’zi vakillari nitratlarni, ko‘pchiligi ammiakni
o‘zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |