(grekcha litos so‘zi tosh degan ma’noni bildiradi), tayyor organik moddalarni
o‘zlashtiruvchilar —organotroflar deb ataladi.
Mikroorganizmlarning o‘zlashtiradigan energiya manbai
va elektron donoriga qarab
fotoorganotroflar, fotolitotroflar, xemoorganotroflar va xemolitotroflarga bo‘linadi. Quyida
Mishustin bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan oziqlanish tiplarini keltiramiz.
1.Fototrofiya ( energiya manbai quyosh energiyasi).
1.1. Fotolitoavtotrofiya tipidagi oziqlanish hujayra moddalarini yorug‘lik nuri, СО
2
,
neorganik moddalar (Н
2
О, Н
2
S, S) yordamida quradi. Ya’ni fotosintezni amalga oshiradi. Bu
gruhga sianobakteriyalar, qirmizi bakteriyalar va yashil bakteriyalar kiradi. Sianobakteriyalar
o‘simliklar kabi СО
2
ni fotoximiya yo‘li bilan suv molekulasidagi
vodorod bilan quyidagi
reaksiyani amalga oshiradi:
СО
2
хН
2
О х yorug‘lik nuri
(СН
2
О)
хО
2
Bu simvol (СН
2
О)
ni qaytarilish darajasi va undagi uglerodlar sonini ko‘rsatadi.
Qirmizi oltingugurt bakteriyalar fotosintezni amalga oshiradigan a va b xlorofillarni va
har xil karotinoid pigmentlarga ega. Bu bakteriyalar H
2
S tarkibidagi Н ni ishlatib organik modda
hosil qiladi. Sitoplazmada oltingugurt donalari to‘planadi va ular keyinchalik sulfat kislotasigacha
oksidlanadi:
СО
2
х 2H
2
Sх yorug‘lik nuri
(СН
2
О) х H
2
х2S
3 СО
2
х2Sх5Н
2
Ох yorug‘lik nuri
3(СН
2
О) х2H
2
SО
4
Qirmizi oltingugurt bakteriyalar ko‘pincha obligat anaeroblardir.
1.2. Fotoorganogeterotrof yo‘lida ovqatlanish fotosintezdan tashqari oddiy organik
moddalarni ishlatadigan mikroorganizmlarga xos ovqatlanishdir. Bu guruhga qirmizi oltingugurt
bo‘lmagan bakteriyalar (qirmizi nooltingugurt bakteriyalar) kiradi.
Ularni a va b
bakterioxlorofillari va har xil karatinoid pigmentlari bor, ular H2Sni oksidlay olmaydi, oltingugurt
to‘plab, tashqi muhitga chiqarmaydi.
2. Xemotroflar (energiya manbai bo‘lib anorganik va organik birikmalar ishlatiladi).
2.1. Xemolitoavtotrofiya tipida ovqatlanish H
2
,
NН
3
ҳ
,
NO
2
-
,
Fе
2ҳ
, H
2
S, S, SО
3
2-,
S
2
О
3
2-,
СО va boshqa anorganik birikmalarni oksidlanishidan energiyani oladi. Bu jarayon xemosintez
deb ataladi. Uglerodni xemolitoavtotroflar СО
2
dan oladi.
Xemosintez (temir va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarda) S.N.Vinogradskiy tomonidan
kashf qilingan.
Xemolitoavtotrofiya ammiak va nitritlarni oksidlaydigan nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar,
serovodorodni, elementar oltingugurtning va oltingugurtni ba’zi oddiy birikmalarini oksidlaydigan
oltingugurt bakteriyalari tomonidan, vodorodni suvgacha oksidlaydigan, ikki valentli temirni uch
valentli temirgacha oksidlaydigan va hokazo bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
2NН
3
х 3O
2
= 2НNO
2
х 2Н
2
O х 658 кЖ.
2НNО
2
х О
2
=2НNО
3
х 180 кЖ.
4FеСО
3
х 6Н
2
О ҳ О
3
= 4Fе(ОН)
3
х 4СО
2
х 167 кЖ
2Н
2
хО
2
→ 2Н
2
О х 575 кЖ.
Oltingugurt bakteriyalari Н
2
S hosil bo‘ladigan suv havzalarida keng tarqalgan. Bular Н
2
S
→ S → Н
2
SO
4
gacha oksidlaydi.
2Н
2
S х O
2
= 2Н
2
O х S
2
.
S
2
х2Н
2
О хЗО
2
= 2Н
2
SО
4
х 479 кЖ.
2.2. Xemoorganogeterotrofiya tipida ovqatlanish kerakli energiyani va uglerodni organik
moddalardan oladigan mikroorganizmlarga xosdir. Bularga tuproqda
va boshqa substratlarda
yashovchi aerob va anaerob mikroorganizmlar kiradi.
Xemoorganogeterotroflarni o‘lik organik materiallar hisobiga yashovchi saprofitlarga va
tirik organizmlar to‘qimalarida yashovchi parazitlarga ajratiladi. Bu ikkinchi usulni paratrofiya
deyilib, paratrof mikroorganizmlar faqat hujayra ichida yashovchi obligat bakteriyalar bo‘lib
xo‘jayin hujayrasidan tashqarida yashay olmaydi (rikketsiylar va boshqa bakteriyalar).
Yuqorida tavsif berilgan ovqatlanish tiplaridan mikroorganizmlar orasida eng ko‘p
tarqalgani - fotolitoavtotrofiya va xemoorganogeterotrofiya tipidagi ovqatlanishlardir. Birinchi tip
ovqatlanish oliy o‘simliklar, suv o‘tlari va bir guruh bakteriyalarga, ikkinchi tipdagi ovqatlanish
bakteriyalarning boshqa maxsus sharoitda yashaydigan guruhlariga xos.
Ko‘pgina mikroorganizmlarga bir tip ovqatlanishdan ikkinchi tipiga o‘tishi mumkinligi
aniqlangan. Masalan, vodorod bakteriyalarni ma’lum sharoitda (muhitdagi uglevod va organik
kislotalarda kislorodni borligi) xemolitoavtotrofiya tipidan xemoorganogeterotrofiya tipiga o‘tishi
aniqlangan. Mikroorganizmlarning ovqatlanishi va tiplari haqida boshqa bir manbalarda
quyidagicha talqin etiladi ( Inog‘omova,1983).
Barcha yashil o‘simliklar, ko‘k-yashil suv o‘tlari, qirmizi va yashil rangli oltingugurt
bakteriyalari — fotolitotroflar, nitrifikatorlar — xemolitotroflar, hayvonlar va ko‘pchilik
mikroorganizmlar — xemoorganotroflardir. Oziqlanishning eng
keng tarqalgan turi geterotrof,
ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlanishdir.
Geterotroflar orasida saprofitlar qoldiq organik moddalar bilan oziqlansa, parazitlar tirik
organizmlar hisobiga oziqlanadi. Geterotroflardan tashqari, avtotrof mikroorganizmlar ham bor.
Bular xemosintez, fotosintez, fotoreduksiya hisobiga o‘zi organik moddalar hosil qiladi.
Xemosintez protsessida СО
2
va Н
2
О dan ajralib chiqqan kimyoviy energiya hisobiga organik
modda hosil bo‘ladi, bunda NН
3
NO
2
НNO
3
gacha oksidlanadi (nitrifikatorlarda) yoki FеСО
3
Fе(ОН)
3
aylanadi (temir bakteriyalarda). Bu protsesslarda
ajralgan energiya hisobiga
xemosintez protsessi amalga oshadi.
Avtotroflar Н
2
Н
2
О gacha oksidlaydi, u tubandagi tenglama bo‘yicha amalga oshadi: 2Н
2
х 0
2
2Н
2
О
575 кЖ.
Tuproqdagi ba’zi mikroorganizmlar (Vast. rantotropus va Vast.olygocarbophilus) uglerodni
organik moddalardan yoki С0
2
dan oladi. Vodorod bakteriyalari molekulyar holdagi
Н
2
ni
oksidlaydi. Bular orasida anaeroblar, fakultativ anaeroblar va aeroblar bor. Bu bakteriyalarni 1906
yilda Lebedev va Kazererlar tekshirganlar.
Vodorod bakteriyalari avtotroflarga kirib, rangsiz, spora hosil qilmaydi, oddiy sun’iy
muhitda (tarkibida azot, aminokislotalar bo‘lganda) bemalol o‘sa oladi. Oziq muhitiga S, Р, Мg,
К, Са va mikroelementlardan Fе, Ni qo‘shiladi, muhit рН = 6,5—7,5 va temperatura 28—35° da
yaxshi o‘sadi.
Vodorod bakteriyalari tubandagi gazlar aralashmasida tez o‘sadi: СО
2
-10%, 0
2
- 10-30%, Н
2
– 60-80%. Reaksiya tubandagicha boradi: Н
2
1/20
2
Н
2
О;
Δ
F = -23,5.10
4
Ж yoki 6Н
2+
20
2
= С0
2
СН
2
0]х5Н
2
0.
Fermentlardan gidrogenaza va ATF ishtirok etadi. Bu bakteriyalar uchun zarur bo‘lgan Н
2
va О
2
suvning elektrolizidan, С va Н chiqindi moddalardan olinadi.
Vodorod bakteriyalari sifatli oqsil sintezlash xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun kosmik
kemalardagi muhit uchun muhim ahamiyatga ega. Fotoreduksiyani oltingugurtni oksidlovchi
yashil va qirmizi rang bakteriyalar amalga oshiradi.
Bular Н
2
S ni o‘zlashtirib, uni yorug‘lik
energiyasi hisobiga oksidlaydi.
Haqiqiy fotosintez protsessini, ya’ni Н
2
О va СО
2
va yorug‘lik energiyasidan foydalanib
organik modda hosil qilish va oz miqdorda kislorod ajratish protsessini tuban o‘simliklardan yashil
suvo‘tlar va sodda hayvonlardan yashil evglena amalga oshiradi.
Ba’zi bakteriyalar organizmdan tashqarida uchramaydi. Masalan, difteriya tayoqchasi,
zahm kasalligining spiroxetasi va boshqalar; keyingilari parazit va saprofit holda yashay oladi.
Masalan, kuydirgi yarasini vujudga keltiruvchi Vas. anthracis sun’iy oziqa muhtida saprofit kabi
yaxshi o‘sadi. Ba’zi vakillari masalan, sellyulozani parchalovchilar qayerda sellyuloza bo‘lsa,
o‘sha еrda uchraydi. Bakteriyalarni o‘stirish uchun maxsus oziqa muhiti kerak.
Saprofit
mikroorganizmlar uchun go‘sht-pepton-jelatinali va go‘sht-pepton-agarli substratdan
foydalaniladi.