3 – Mavzu: Bilish nazariyasi. Reja


Ilmiy bilishning nazariy darajasi



Download 48,45 Kb.
bet10/16
Sana29.11.2022
Hajmi48,45 Kb.
#874241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
3 – Mavzu Bilish nazariyasi.

Ilmiy bilishning nazariy darajasi. Наr qanday nazariya — bu faktlarni ishonchli tarzda bilishgina emas, o'rganilayotgan hodisalarning empirik ta’rifigina emas, u bu faktlarni tushuntirish funksiyasini ham bajaradi. Gipotezalardan faqli o’laroq, nazariya to‘g‘ri va asosli tushunti­rish imkonini beradi. Nazariya mavjud va aniqlangan faktlarni muayyan sohadagi qonunlar va boshqa mavjud aloqalarning mantiqan zarur oqibati sifatida tushuntiradi. Ya’ni nazariyada bizni qurshab turgan hodisalar va voqealarni tasodiflar tartibsizligi deb emas, balki obyektiv zarur va qonuniyatli munosabatlarning ko‘rinish va mavjud bo‘lish shakli sifatida izohlash mumkin bo'ladi.
Bundan tashqari, oldindan aytish, ilmiy bashorat qilish ilmiy nazariyaning muhim funksiyasidir. O‘tmishni va hozirni tushunishga, yig‘ilgan va ma’lum faktlarning mohiyatini fahmlashga imkon beradigan tushuntirishdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat yordamida kelgusidagi taraqqiyotning asosiy tendensiyalari va istiqbollarini ochib berish mumkin. Bashorat qilish uchun foydalaniladigan qonunlar “dinamik”, ya’ni voqealar borishini bir ma’noda determinlashtiruvchi bo‘lsa, bir ma’noli bashoratni amalga oshirish mumkin. Voqealar sodir bo‘lishining u yoki bu ehtimolini belgilovchi “statistik” qonunlar asosida bashorat qilinsa, unda ehtimoliy bashorat amalga oshirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, nazariya — bu muhim munosabatlar va qonunlarni bilish asosida obyektiv va real jarayonlarni ifoda etuvchi tushunchalar tizimidir. Har bir konkret nazariya aks ettirish va konstniksiyalashning birligidir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, har qanday nazariya asosida chiqariladigan xulosalar evristik qiymatga ega bo‘lgan va tajribada qo‘shimcha tekshirib ko‘rilishi lozim bo‘lgan gipotetik elementlarni o‘z ichiga oladi. Nazariya va eksperiment — bir-birini to'ldiruvchi ikki xil bilish usulidir. Demak, ilmiy bilish tuzilmasida ikkita o'zaro farq qiluvchi, lekin bir-biri bilan bog'liq daraja - empirik va nazariy darajalar mavjud. Biroq bilimlarning muayyan sohasini aynan ta’riflash uchun bu ikki daraja yetarli emas. Ilmiy bilim tuzilmasida ko‘pincha qayd etilmaydigan, lekin juda muhim bo‘lgan darajani — bilish jarayonida voqelik to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarni o‘z ichiga olgan, falsafiy kategoriyalar tizimida ifodalangan falsafiy fikrlar darajasini alohida ko'rsatmoq kerak.

Download 48,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish