3 – Mavzu: Bilish nazariyasi. Reja


Abstraktlikdan konkretlikka ko’tarilish usuli



Download 48,45 Kb.
bet11/16
Sana29.11.2022
Hajmi48,45 Kb.
#874241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3 – Mavzu Bilish nazariyasi.

Abstraktlikdan konkretlikka ko’tarilish usuli. Abstraktlikdan konktretlikka ko‘tarilishni umumiy tarzda ilmiy nazariy fikrning predmetni yoki obyektni tadqiq qilish borasida tobora to‘la, har tomonlama va bir butun qilib ifoda etish tomon harakatdir, deb ta’riflash mumkin. Bilimning abstraktligi deganda, keng ma’noda bilimning to'liq emasligi, bir tomonlamaligi, konkretligi deganda esa bilimning to'liqligi, mazmundorligi tushuniladi. Shu ma’noda“abstraktlikdan konkretlikka коtа’rilish iborasini butun bilimning umumiy yo‘nalishini tavsiflash uchun qo'llash mumkin, chunki unda bilimning kamroq mazmundorlikdan ko'proq mazmundorlik tomon harakati qayd etiladi. Torroq va aniqroq metodologik ma’noda aytganda “abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish” ilmiy- nazariy bilishning qamrab olgan boshlang'ich abstrakt ideallashtirilgan nazariy konstruksiyadan uning ichidan tabaqalashtirilgan, lekin bir butun bo'lgan, turli-tuman rang-barang tomonlar, munosabatlar, aloqalar va empirik ko'rinishlar birligini ifodalovchi manzara sari harakatini bildiradi. Fikrning abstraktlikdan konkretlik tomon harakati to‘g‘risidagi tushunchani birinchi bo'lib Gegel fikr taraqqiyotining umumiy yo'nalishini xarakterlash uchun taklif qilgan.
Abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish metodi rivojlanishi tadqiq etilayotgan obyektning mavjud holatiga olib keladigan murtak “hujayrani”, konkret-umumiyni topishga asoslanadi. Abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish jarayonida boshlang'ich ushbu hujayraning turli qo‘shimcha, konkretlashtiruvchi sharoit bo‘lganda rivojlangan obyektlar shakliga aylanadigan turli-tuman imkoniyatlar aniqlanadi, bu esa shu hujayradagi mavjud imkoniyatlarning ro‘yobga chiqish yo‘llarini oldindan ko'rishga imkon beradi. Binobarin, abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish metodi fundamental nazariy tadqiqot metodi bo’lib, shunday imkoniyatlarni topishda muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy tafakkurni uning mazmuni jihatdan ham, shakli jihatdan ham ta’riflash mumkin. Ilmiy tafakkurning mazmuni zarur aloqalar: qonunlar va qonuniyatlardir. Ilmiy tafakkurning shakllari: muammo, g‘oya, tushuncha, gipoteza va nazariyadir.
Muammo. Muammo yunon tilida to‘siq, qiyinchilik, masala degan ma’nolarni bildiradi. “Problema” tushunchasi masalalar yoki butun masalalar kompleksini hal qilishga qaratilgan bilishning rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Inson faoliyatining butun rivojlanish jarayoni bir problemani qo'yish va hal etishdan boshqasiga o'tishdir. Odamlar o'zlari hali bilmagan narsalarni bilishga intiladilar. Lekin dastlab ular, garchi umumiy tarzda bo'lsada, nimani bilmasliklarini va nimani bilishni istashlarini bilishlari kerak. Buyuk Suqrotning hikmatli so'zlarida: biz qancha kam bilishimizni bilish uchun qancha ko'p bilishimiz kerakligini hamma ham bilavefmaydi, — deb juda aniq aytilgan.
Problema, muammo mazmunining hayotiyligi shundan iboratki, problemalar o‘rtaga qo'yilgan masalani hal etish, yechish yo'lini topishni tashkil qilish vositasidir. Problemani (muammoni) hal yetib bo‘lmasligining isboti uni hal etishning o'ziga xos shakli bo‘lib xizmat qilishi mumkin (masalan, abadiy dvigatelni yaratish muammosi), chunki bunday isbot problema qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy asoslarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Fanda o‘rtaga qo‘yilgan problemani hal etish zarurati ham ularni qayta ko‘rib chiqish uchun sharoit yaratadi.
Ilmiy problemalarni hal etish fanda bilim olishning, bilish vositalari taraqqiyotining va bilish faoliyati rivojining asosiy yo‘nalishidir. Ilmiy tadqiqotning bu boshlang‘ich elementini anglash, ajratish va o‘rganish ilmiy-tadqiqot faoliyatini optimallashtirishning muhim shartidir. Ilmiy problemaga “ilmiy asos da hal etiladigan shakl”dagi masala sifatida yoki fanda ishlab chiqilgan vositalar va metodlarga albatta murojaat etishni talab qiladigan masala sifatida qarash mumkin. Uni ilmiy tadqiqotda biron-bir narsani topish, qilish, asoslab berish kerak degan ma’noni anglatuvchi konkret maqsadli yo’l-yo‘riq sifatida izohlash ham mumkin. Ba’zan uni ilmiy tadqiqotning ilgari ma’lum bo‘lmagan yo‘nalishi to‘g‘risidagi bilimning alohida turiga o‘xshatadilar.
G‘oya. G'oya — hodisalarni fikrda ifoda etishning formalaridan biri bo‘lib, kelgusida batafsilroq shaklga keltiriladigan bilimning mohiyati va asosiy mazmunini anglashni о‘z ichiga oladi. Agar ilgari g'oyani ongda paydo bo‘ladigan hissiy obraz deb, u yoki bu hodisalarning predmellari va obyekt- larini in’ikosi deb bilgan bo‘lsalar, hozirgi zamon falsafasi g‘oyani narsalarning “mazmuni”yoki “mohiyati” deb, obyektiv reallikning in’ikosi deb biladi. G‘oya deganda bilishning forma va usullaridan biri tushuniladiki, uning ma’nosi hodisalarning mohiyatini, qonunini ifodalovchi umumlashgan nazariy konstruksiyani, nazariy modelni shakllantirishdan iborat. Masalan, modda zarrachalari va elektromagnit maydonning korpuskulyar to’lqini xarateri to‘g‘risidagi g‘oya ana shundaydir. Shu prinsipga ko‘ra, makro va mikrodunyolar bir-biriga bog'liqdir va ularning birligi korpuskulyar-to‘lqinli dualizmda ifodalanadi. Mikro jarayonlarning ushbu xususiyatini ifoda etish borasida V.Geyzenberg “nomuayyanlik nisbati” deb atalgan nisbatni kashf etgan.

Download 48,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish