3 – Mavzu: Bilish nazariyasi. Reja


Ratsional bilish shakllari



Download 48,45 Kb.
bet7/16
Sana29.11.2022
Hajmi48,45 Kb.
#874241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
3 – Mavzu Bilish nazariyasi.

Ratsional bilish shakllari. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha — bu tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o‘rganish yakunidir. Tushunchalarning paydo bo‘lish jarayoni o‘rganilayotgan predmetning bir qator ikkinchi darajali alomatlari va xossalarini e’tiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalg‘ishdir, abstraktlashishdir. Tushunchaga ta’rif berish - torroq tushunchani kengroq tushuncha ostiga qo‘yishdir. Masalan: olma — meva, fil - hayvon, Erkin — odam, terak - daraxt va hakozo. Tushunchalarning paydo bo‘lishi - bu biluvchi inson ongi faoliyatining oliy mahsulidir. Bilish jarayonida tushunchalarni ifodalabgina qolmasdan, balki ularni qo'llay bilish ham kerak. Tushunchalarni qo'shib biz hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo‘shib, ulardan aqliy xulosa chiqaramiz.
Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtayi nazardan, hukm - bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo‘li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Shu boisdan hukm tasdiqlovchi (“hozir yomg‘ir yog‘moqda” kabi) yoki inkor etuvchi (“bugun yomg‘ir yog‘maydi” kabi) hukmlarga bo‘linadi. Agar biz ikki yoki bundan ko‘proq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko‘rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo'lishimiz, ya’ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin.
Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to‘g‘ri bo'lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya’ni voqelikka mos kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o'zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Mantiq ilmining asoschisi Aristotel sillogizmga klassik misol keltiradi:
Hamma odamlar o'ladi} asos.
Suqrot odam} asos.
Suqrot o’ladi — aqliy xulosa.
Agar biz mantiq qonuniga amal qilsag-u, lekin boshlang'ich hukm haqiqiy bo‘lmasa, u holda sillogizm ham haqiqiy bo‘lmaydi, balki soxta bo‘ladi. Masalan:
Suqrot - odam.
Hamma odamlar o’lmaydi.
Suqrot o‘lmaydi - soxta aqliy xulosa.
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo‘r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg‘in g'ayrishuuriy faoliyat ko‘rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o'zi esa — bu bilish obyektining muayyan sharoitda boshqacha yo'l bilan asoslab berish mumkin bo'lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning hissiy va ratsional jihatlari bilan birgalikda chiqib, ularni to‘ldiradi.
Inson biron-bir hodisani g'ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to'satdan uning ko‘z o'ngida yorishish, insayt sodir bo'lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning roli juda kattadir. Akademik N.N.Moiseev hozirgi ilmiy bilishda intuitsiyaning roliga yuqori baho berib, mantiqiy va matematik bilish metodlari qanchalik mukammal bo'lmasin, ular intuitsiya, tusmol, faraz, sezgirlik, yorishish o'rnini bosolmaydi, deydi.
Intuitsiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan obyektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv tarzda nisbat beramiz.
Tasavvur - hissiylik, mantiqiylik va intuitivlikning qotishmasidir, bunda tafakkur hissiy obrazlarni umumlashtiradi va ularga ma’no beradi. Bilishga yangi g‘oyalar kerak, ammo birgina empirik materialning o‘zi buning uchun aslo yetarli emas, rivojlangan intuitsiya, tasavvur, fantaziya kerak. Intuitsiya fenomeni uzoq o'tmishdan boshlab o'ziga e’tiborni tortib kelgan. Ved yaratuvchilari, Pifagor va uning izdoshlari, Aflotun va Aristotel o‘zlari bevosita bilish deb tushungan intuitsiya jumbog‘ini ochib berishga uringanlar.
XVII asrda R. Dekart intellektual intuitsiya haqida ta’limot yaratadi. Dekartning fikricha, ilmiy bilish asosida yotgan boshlang‘ich g'oyalarning haqiqatligi intuitiv tarzda anglab yetiladi, bilish subyektining aqli bilan bevosita aniqlab olinadi. Intuitiv bilimga o‘z-o‘zidan ravshanlik, aniqlik nisbat berilgan. Dekart intuitsiya inson aqlining tug‘ma qobiliyati, intuitivlik bilan ratsionallik bir-biri bilan bog‘liq, lekin intuitivlik birinchi o‘rinda turadi va bilishning oliy shaklidir, deb hisoblagan.
Intuitiv bilishning to‘satdan, yorishish yo'li bilan paydo bo'lishi, natijaning aniqligi, uni mavjud ma’lumotlardan chiqarib bo'lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish hissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. Fanda ko'pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida yaxlit bir yo'nalish: intuitsionizm mavjud. Unga nemis faylasufi I. Kant, fransuz matematigi va faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar.
Falsafada haqiqat tushunchasi. Bilishning bosh vazifasi haqiqat izlashdir. Haqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.

Download 48,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish