3 – ma’ruza mavzu: qizil suvo’ttoifalar bo’limi – rhodophyta


Seraminomalar qabilasi – Ceramiales



Download 265,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana20.08.2021
Hajmi265,37 Kb.
#152580
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARUZALAR MATNI 3 3d4e4e57935da3db61ff08a669fddb22

 

Seraminomalar qabilasi – Ceramiales 

 Bu  qabilaga  kiruvchi  qizil  suvo’tlar  eng  ko’p  turga  ega  bo’lib,    yuksak  taraqqiy  etgan. 

Ularni  eng  xarakterli  belgilari  shundan  iboratki,  karpogon  urug’langandan  keyin,  uni 

yonginasida auksilyar hujayralar taraqqiy etadi. Bundan tashqari prokarpiyga ega. Bularda uzun 

ooblastem  ipchalar  bo’lmaydi.  Karpogonni  qorin  qismi  auksilyar  hujayra  bilan  qo’shilib 

sistokarpiy  hosil  qiladi.  Eng  sodda  tuzilgan,  vakili  kallitamnion  (Callithamnion)ning  tallomi 

shoxlangan butachaga o’xshash,  uni shoxlari bir qator ko’p yadroli h ujayradan iborat.  

Boshqa turlari murakkab morfologik tuzilgan. Masalan,  delesseriya (Dellesseria) och qizil 

rangda,  tallomi butacha shaklda bo’lib,  shoxlangan. Shimoldagi dengizlarning chuqur joylarida 

o’sadi.  

Shoxlangan tallomi qisqa tana va uning uchidan ketgan lansetsimon plastinkalardan iborat. 

Plastinka osti kichrayib,  barg bandiga aylangan va patsimon tomirlarga ega. 

Bu  qabilaning  eng  muhim  turkumlaridan  biri  polisifoniya  (Polysiphonia),  bilan 

mukammalroq  tanishamiz.    Bu  qizil  suvo’ti  shimoliy  va  janubiy  dengizlarda  keng  tarqalgan.  

Tallomi  pushti  qizil  rangda,  butacha  shaklida,  shoxlangan,  shoxcha  uchlaridagi  hujayralar  

sigmentlarga bo’lingan.  Bu sigmentlar bir necha bo’lingandan so’ng, markaziy o’zak hujayradan 

bo’g’inlar bilan ajraladi.  Natijada markaziy  o’zak (sifon),  po’stloq hujayralar bilan qoplanadi.  

Ba’zi turlarida markaziy o’zak hujayra bo’linib, ko’p qavatli po’stloq hosil qiladi. 

Jinsiy  prosess  mahsuloti  -  gametofit  (erkak  va  urg’ochi)  organlar  maxsus  shoxchalar 

uchidagi  monosifon  ichida  trixoblastlarda  taraqqiy  etadi.  Erkak  trixoblast  hujayralar  bo’linib 

beshta markaziy hujayra hosil qiladi. Markaziy hujayraning bittasi o’sib, karpogonga aylanadi. 

Karpogon urug’langandan keyin, chetdagi hujayrani o’sishidan auksilyar iplar hosil bo’ladi, va 

karpospora  atrofida  joylashib  sistokarpiyni  yuzaga  keltiradi.  Sistokarpiy  pishgandan  so’ng,  

undan  karposporalar  yetiladi.   Karposporalarning  o’sishidan tetrosporofit,  tetrosporofitlarda  esa 

tetrosporangiy  va  tetrosporalar  yetiladi.  Tetrosporalarning  o’sishidan  gametofit  nasl  beruvchi 

o’simlik o’sadi.  

 

 Qizil suvo’tlarining kelib chiqishi va evolyusiyasi 



 Qizil  suvo’tlari  tabiiy  va  qadimiy  o’simliklardan  hisoblanadi,    ularni  qoldig’i  silur  va 

devon  davrlaridan  ma’lum.  Hujayrasidagi  pigmentlar  bittadan  tilakoidlarning  bo’lishligi 

xivchinli  stadiyalarni  yo’qligi  jihatidan,  ular  ko’k  yashil  suvo’tlariga  yaqin  turadi.  Ammo 

hujayra tuzilishi va jinsiy ko’payishi bilan ko’k yashil suvo’tlardan farq qiladi. 

Hozirgi  vaqtda  usuvchi  qizil  suvo’tlarda  harakatchan  stadiyalarni  yo’qligi,  ularni 

xivchinlardan kelib chiqqan deb aytib bo’lmaydi. 

Xorijiy  olimlar  (I.Simon-Bichard-Breaud  1972  Bonneimaisonia  humifera)  deb  ataladigan 

qizil suvo’ti hujayrasida yashirin holda saqlangan xivchin borligini  aniqladilar.  Bu  ma’lumot,  

ehtimoldan  holi  bo’lmasa  kerak,  shuning  uchun  qizil  suvo’ti  filogeniyasini  aniqlashda  ularni 

boshqa suvo’tlari bo’limlari bilan yaqinligini qayta ko’rib chiqishni talab etadi. Qizil suvo’tlari 

bo’limining  ikki  ajdodi  o’rtasidagi  evolyusiya  bir  xil  bormagan.    Bangiyasimonlar  ajdrdining 

vakillarida karpogon morfologik jihatdan vegetativ organlari juda ham yaqin,  hali ularda jinsiy 

organ  takomillashmagan.  Bu  esa  bangiyasimon  ajdodining,  floridiyasimonlar  ajdidiga  nisbatan 

ancha  primetiv  ekanligidan  dalolat  beradi.  Floriyasimon  ajdodining  vakillari  jinsiy  organ 

karpogon  differensiyalangan  bo’lib,  ular  trixogina  yordamida  spermani  ushlab  olishga 

moslashgan.  Eng    sodda  tuzilgan  tartib  nemalionnomalar  bo’lib,    ularda  auksilyar  hujayralar 

rivojlanmagan,  gonimoblastlar esa karpogon  urug’langandan sung,  uni qorin qismidan taraqqiy 

etadi.    Qizil  suvo’tlar  evolyusiyasining  keyingi  bosqichini  kriptonemonomalar  tartibi  tashkil 

etadi.  Ularda    auksilyar    hujayralar  bo’lib,  karposporalar  miqdorini  oshirishga  imkon  yaratadi.  

Evolyusiyaning eng yuqori bosqichini sermainomalar egallagan.  Ularda  prokarpiy  va auksilyar 




hujayralar  bo’lib,  urug’lanish  sodir  bo’lgandan  keyin  rivojlanadi,  bundan  tashqari  bu  tartib 

turlarga boy. 




Download 265,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish