MA`RUZALAR MATNI
3 – MA’RUZA
Mavzu: QIZIL SUVO’TTOIFALAR BO’LIMI – RHODOPHYTA
Darsning maqsadi: Qizil suvo’ttoifalar tallomining tuzilishi pegmentlar tarkibi, xujayra
tuzilishi, ajdodlarga bo’linishi va ko’payishi, hamda ahamiyati to’g’risida tushuncha berish.
Asosiy savollar
1. Qizil suvo’ttoifalarning tavsifi.
2. Klassifikasiyasi.
3. Boshqa suvo’ttoifalar bilan o’xshashlik va farqlari.
4. Kelib chiqishi va evolyusiyasi.
5. Qizil suvo’ttoifalarning tarqalishi va ahamiyati.
Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni
Qizil suvo’ttoifalarini xromotofor tarkibida xlorofill "a" va "v" h amda karatinoidlardan (V-
korotin, zeaksantin, anteraksantin, kriptoksantin, lyutein, neoksantin) pigmentlar bo’ladi.
Yuqorida nomlari keltirilgan pigmentlardan tashqari xromotafor tarkibida suvda eriydigan qizil
rang beruvchi - fikoeritrin va ko’k rang beruvchi-fikosian hamda allofikosianin pigmentlar ham
bo’ladi. Bu pigmentlarni turli nisbatlarda qo’shilishidan qizil suvo’tlarning rangi qizil, pushti va
och binafsha rangda bo’ladi. Xloroplast po’sti ikkita membranadan iborat bo’lib, unda
tilakoidlar yakka-yakka joylashgan. Tilakoid ustidan fikobisomlar o’rnashgan. Genofora tarqoq
bo’lib, joylashgan. Ko’pchilik qizil suvo’ttoifalari vakillarida xromotofora plastinka yoki
tariqsimon shaklda bo’lib, pirenoidi bo’lmaydi. Tuban vakillarida xromotofora yulduzsimon va
pirenoidga ega fotosintez mah suloti polisaxaridlardan "bagryan kraxmali" hosil bo’ladi. Yod
ta’sirida qo’ng’ir – qizil tusga kiradi. Hosil bo’lgan zapas modda pirenoid va xromotofora
atrofida yig’ilmasdan, sitoplazmada to’planadi. Qizil suvo’ttoifalarining xarakterli belgilaridan
biri shuki, ularda aktiv harakat qiladigan xivchinli stadiyalari bo’lmaydi, bo’ndan tashqari jinsiy
ko’payish murakkab tuzilgan organlar orqali bo’ladi. Qizil suvo’ttoifalari, qo’ng’ir suvo’ttoifalar
singari faqat dengizlarda o’sadi.
Qizil suvo’ttoifalarni tallomi to’zilishi jih atdan juda ham oddiy: bir hujayrali kokkoid
(porfiridium), rizoidlari yordamida substratga birikkan va shoxlangan ipsimon (geterotrixal)
vakillari ham uchraydi. Bundan tashqari tallomi, asosan, ipsimon bir, ikki yoki ko’p qator
hujayralardan tuzilgan yoki shoxlangan bo’lib, ipsimon tallomning uchidagi hujayralarning
bo’linishi hisobiga o’sadi. Tallomi plastinkasimon (porfira) parenximatik hujayralarini
ko’ndalangiga va eniga bo’linishi hisobidan o’sadi.
Qizil suvo’ttoifalarining hujayra po’sti pektin moddasi aralashgan sellyulozadan iborat.
Pektin moddasi ko’pincha hujayraning bukishiga, tallomni doimo shiliqlanishiga olib keladi.
Ba’zan hujayra devorida ohak to’planadi. Yetuk murakkab (floridiyasimonlar) ajdodi
vakillarining hujayrasi bo’lingan vaqtda, hujayra devorida poralar uchramaydi. Hujayra
protoplasti, protoplazma, bitta yoki bir necha yadro va jo’da ko’p miqdorda donchasimon yoki
lentasimon xromotoforalarga ega. Bangiyasimonlar ajdodining vakillarida yulduzsimon
xromotofora bo’lib, bitta markaziy perinoidga ajralgan.
Jinssiz ko’payishi sporangiyda bittadan yalang’och hujayra-monospora yoki to’rttadan
tetrospora hosil qilish vositasida bo’ladi. Monospora tuban, tetrospora esa yuksak tuzilgan
bo’lib, diploidli sporofit (tetrosporofit) da hosil bo’ladi. Mono va tetrosporalar yetilgandan
so’ng suvga tushadi, substratga yopishib o’sib yangi individga aylanadi.
Jinsiy ko’payishi oogoniya. Bu prosess murakkab tuzilgan jinsiy organlar orqali bo’ladi.
Qizil suvo’ttoifalarni oogoniyasi k a r p o g o n deb ataladi. Floridasimon qizil
suvo’ttoifalarining karpogoni ikki qismdan iborat. U ingichka, chiqziq bo’g’izli qolibga
o’xshash bo’lib, osti - qo r i n ch a, bo’yni esa - t r i x o g i n a deyiladi. Qorincha qismida
yadro va xromotoforalari bo’lib, trixogina rangsiz protoplazma bilan to’lgan. Anteriydisi bir
hujayrali, rangsiz bo’lib, shoxlarining uchida, ko’pincha, karpogon yonida, yoki boshqa to’pda
to’da-to’da h olda o’rnashadi va uning ichida bittadan sharsimon, harakatsiz erkak gameta - s p
ye r m a s i y hosil bo’ladi.
Spermasiy yetilgandan so’ng, suv oqimi bilan harakat etib, karpogonining trixogina
bo’yinchasiga yopishadi. Shundan so’ng ularni devori eriydi va spermasiy yadrosi bilan
qo’shiladi. Karpogonni bazal qismi to’siq bilan o’ralib, trixoginadan ajraladi, keyin trixogina
so’lib qoladi. Zigota rivojlanib karposporalarga aylanadi.
Kartogonni rivojlanish usullari qizil suvo’ttoifalari sistematikasida muhim ahamiyatga ega.
Ba’zi qizil suvo’ttoifalarining zigotasi (urug’langan karpogon) bo’linib, harakatsiz spora-
karpospor, boshqa bir xil turlarida urug’langan karpogondan shoh langan iplar - g o n i m o b l
a s t a r yetiladi, ularni h ujayralaridan karposporangi rivojlanadi. Har qaysi karposporangidan
bittadan karpospora hosil bo’ladi. Nihoyat, ko’pchilik qizil suvo’ttoifalarning gonimoblastlari
to’g’ridan - to’g’ri urug’langan karposporaning qorin qismidan o’smasdan, q o’ sh i m ch a a u
k s i l y a r deb ataladigan hujayralardan rivojlanadi. Agar auksilyar hujayralari karpogondan
yiroqlashgan bo’lsa, u vaqtda karpogonning qorin qismidan q o’ sh u v ch i yoki o o b l a s t e m
i p l a r o’sadi. Bu ipchalar koulyasiya qilingan yadrodan rivojlanadi; shuning uchun ooblastem
ipchalar diploid yadroga ega. Ooblastem ipchalari o’sib, auksilyar hujayralarga yaqinlashadi va
po’sti eriydi hamda bir-biri bilan qushiladi, lekin o’larni yadrolari (ooblastem hujayrasi diploid,
auksilyar esa gaploidli) qo’shilmaydi. Auksilyar hujayra qo’shilgandan so’ng, ooblastem
hujayrasining diploidli yadrosining bo’linishi tezlashib, undan diploid gonimoblastlar o’sadi.
Ana shu gonimoblastlardan diploidi karposporalar uyumi taraqqiy etadi. Gonimoblastdan
karposporalar rivojlanagaligi uchun ularni k a r p o s p o r o f i t deb ataladi. Karposporalar o’sib,
undan yangi individ yetiladi. Karposporalar yakka joylashmay, ko’pincha, uyum - s i s t o k a r
p hosil qiladi.
Qizil suvo’ttoifalarning ko’pchilik turlarida nasllar navbatlanish takomillashgan bo’lib,
sporofit naslda tetrospora hosil bo’ladi. Hosil bo’lish oldidan u reduksion bo’linadi.
Tetrosporaning o’sishidan spermasiy va karpogonlarning qo’shilishi natijasida hosil bo’ladigan
karposporalar diploid xromosomali bo’ladi.
Qizil suvo’ttoifalar bo’limi ikki ajdodga: Florideophyccae va Bangiophceae bo’linadi.