Kriptonemanomalar qabilasi-Cryptonemiales.
Bu qabilaning oldingi qabilalardan farqi shundaki, bularda auksilyar hujayralar bo’lib,
ular karpogon urug’lanmasdan oldin taraqqiy etadi va keyin undan ko’p hujayrali uzun
qo’shiluvchi ooblastem iplari hosil bo’lib, auksilyar hujayra tamon o’sadi. Ooblastem ipining
hujayralari bilan auksilyar hujayrasi qo’shilgandan keyin diploidli yadro hosil bo’ladi. Uni
o’sishidan gonimoblastlar rivojlanadi.
Gonimoblastlar (karposporofit)da karposoporalar yetiladi, ular diploid yadroga ega.
Karposporalarni o’sishidan jinssiz ko’payish organ hosil qiluvchi tetrosporofit o’sadi.
Tetrosporangiy yadrosi reduksion (meyoz) bo’linib, gaploidli tetrosporalar hosil qiladi, ularning
o’sishidan gaploidli o’simlik rivojlanadi. Gaploidli o’simlik tallomida jinsiy organlar hosil
bo’ladi. Gametofit va tetrosporofit o’simlik morfologik jihatdan bir-biridan farq qilmaydi.
Demak, kriptonemanomalar qabilasining vakillarida nasllarini izomorf generasiyasi uchraydi.
Dyurenea (Dudresnaya)-janubiy dengizlarda tarqalgan. Tallomi pushti rangda, shoxlangan
butacha shaklida. Tallomni anatomik tuzilishi batroxospermumga o’xshash. Tallomini o’rtasidan
bitta rangsiz o’zak o’tadi, undan juda ko’p yon shoxchalar chiqadi, bu yon shoxchalar
xromotoforaga boy. Yon shoxchalar uchlari bilan qo’shilib, po’stloq hosil qiladi. Urg’ochi
gametofitning yon shoxchalari asosidan karpogon va karposporalar hosil bo’ladi. Bundan
tashqari yon shoxchalardan auksilyar hujayralar o’sadi. Erkak gametofitning shoxchalaridan
anteridiy rivojlanadi. Tetrosporangiyni diploidli yadrosi reduksion bo’linib, to’rtta tetrospora
hosil qiladi. Tetrosporalarning o’sishidan gametofit nasl beruvchi o’simlik o’sib chiqadi.
Kriptoneminomalar orasida ko’p o’zakli hujayra tuzilishiga ega bo’lgan vakillari ham
uchraydi. Bularga misol qilib hamma dengiz suvlarida ayniqsa tropik dengizlarda ko’p,
o’sadigan korallina (Corallina) bilan tanishamiz. Uni tallomi tikka o’sadi shoxchalarida juda
ko’p miqdorda ohak to’plangan bo’lib, suv to’lqiniga chidamli. Ipi uzun, rangsiz hujayralardan
tuzilgan bo’lib, shoxlangan. Markaziy ipi uch qismga bo’linib, keyin ular shoh chalarga
aylanadi. Korallinani jinsiy organlari (anteridiy, karpogon va tetrosporalari) har xil individ
gametofitlari uchidagi maxsus k o n s e p t a k u l l a r da joylashadi. Tetrosporafitlardan
tetrosporalar taraqqiy etadi.
Kriptoneminomalar qabilasiga Litotaminion (Lithothamnion) ham kiradi. U shimoliy
dengizning chuqur joylarida o’sadi, hujayra po’sti orqali o’ziga ko’p miqdorda ohak singdirib
oladi. Yoshligida po’stloq holida bo’ladigan va keyinchalik bug’i shoxlariga o’xshash yoki
bo’lak toshga o’xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |