Floridiyasimonlar ajdodi – Florideophyceae
Bu ajdod vakillarining hujayra tarkibidagi xromotoforalari pariyetal tuzilgan, pirenoidsiz.
Jinssiz ko’payish tetrospora vositasida bo’ladi. Hujayralar orasida poralar bo’ladi. Karpogon
trixoginaga ega. Karpogon urug’langandan keyin, uning qorin qismidan auksilyar va oblastem
hujayralar qo’shilgandan keyin gonimoblastlar taraqqiy etadi. Gonimoblastlarda karposporangiy
yetiladi, shuning uchun ularni karposporafit deb ataladi. Karposporafitni tuzilishi, hosil bo’lish
xususiyatlariga asoslanib bu ajdod - oltita qabilaga bo’linadi. Biz shulardan uchtasi bilan
tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |