3- LABORATORIYA MASHG`ULOTI. YUQX USULIDA DORI PREPARATLARINING
TAHLILI
Laboratoriya mashg ‘ulotining rejasi
1.
YUQX usulida dori preparatlarining tahlili
2. YUpqa qatlam sorbentli plastinkalar tayyorlash. Aktivlik darajalarini oshirish va
aktivliginianiqlash sharoitlarini taxlil qilish.
Mashg’ulotmaqsadi:
Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni YUQX usulini dori moddalar
tahlilida qo‘llashni o‘rganish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davridakutilayotgan natijalar:
Talabalarni yupqa qatlam xromatografiyasida qo‘llaniladigan
sorbentlar, ularga qo‘yiladigan
talablar, sorbentlarni yot qo‘shimchalardan tozalash, ularni aktivlik darajalarini oshirish va
aktivligini aniqlash sharoitlarini taxlil qilish.
Laboratoriya
mashg`ulotlarini
o`tkazish
uchun
zarur
asbob-uskunalar:
Darslik,
ma’ruzamatni, o‘quvqo‘llanmalar,xromatografik plastinkalar, kolonka, qozg’aluvchi fazalar,
chizg’ich,
purkagich, UB-lampa, turli ochuvchi reagentlar, voronka, probirkalar,
reaktivlar,
ko‘rgazmalimateriallarlar, skotch, qog‘oz
Laboratoriya jihozlari
: Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Yupqa qatlamli xromatografiyalash usullari
.
Kislotali, neytral, kuchsiz asos va asos
xossali dori moddalarini yupqa qatlam xromatografik «skrining» usulida aniqlash.
Mashg‘ulot maqsadi -
Talabalarni yupqa qatlam xromatografik
jarayonida sodir
bo‘ladigan fizik xodisalar, usulni dori moddalarni aralashmalardan tozalashda, moddalar sifatini
aniqlashda qo‘llash, uning axamiyati, yupqa qatlam xromatografik taxlil turlari, Rf va Rf
st
ko‘rsatkichlari, uni aniqlash shartlari bilan tanishtiriladi.
Birinchi 6 soatlik mashg‘ulotda talabalar kislotali neytral va
kuchsiz asos xossali dori
moddalarni yupqa qatlam xromatografik tanlov («skrining») yordamida bir-biridan ajratish va
aniqlash usullari bilan tanishtiriladi.
SHuningdek ayrim berilgan topshiriq asosida kofein xamda uning hosilalarini yupqa
qatlam xromatografik ajratish va aniqlash usullarini bajariladi.
YUpqa qatlamli sorbent qoplangan shisha plastinkalarda moddalarni bir-biridan oz vaqt
sarflab, tez va oson ajratishga asoslangan bo‘lib, dorishunoslikda
dori vositalari chinligini,
tozaligini va shu asosda miqdori sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Usul uchun sorbent va qo‘zg‘oluvchi fazani to‘g‘ri tanlash moddalar taxlilini to‘g‘ri
bajarishda katta axamiyatga ega.
Sorbent va unga shimilgan namlik (suv) va ayrim xollarda maxsus shimdirilgan
erituvchilar va ularning aralashmalari qo‘zg‘olmas faza xisoblanadi.
Qo‘zg‘oluvchi faza plastinkadagi qoplangan sorbent qatlami bo‘ylab xarakatlanishi
jarayonida qo‘zg‘olmas faza saqlovchi sorbentga tomizilgan aralashma komponentlarini eritadi
va ularni modda xarakteriga bog‘liq xolda xar xil masofalarga taqsimlab joylashtiradi.
Xromatogrammani olish uchun kamera sifatida og‘zi
zich yopiladigan, tagi yassi turli
xajmdagi shisha idishlar ishlatiladi. Idish ostiga 5-7 mm qalinlikda taxlil uchun tayyorlangan
qo‘zg‘oluvchi faza vazifasini o‘tovchi erituvchi sistemasi qo‘yiladi. Kamera ichki xajmini
erituvchi pori bilan to‘yintirish
maqsadida, uning yon devoriga erituvchi bilan xo‘llangan filtr
qog‘oz yopishtiriladi va 20-30 daqiqa yopiq xolda saqlanadi.
Kamerani erituvchi sistema pori bilan to‘yintirish tekshiriluvchi aralashmani ayrim
komponentlarga to‘g‘ri va sifatli taqsimlanishiga yordam beradi.