Mavzu: Piridin qatori dori vositalari Reja: 1) Piridin qatori dori vositalari 2) Chinligini, miqdorini aniqlash 3) Olinishi Piridin-4-karbon yoki izonikotin kislotaning gidrazid hosilasi va uning asosida olingan turli unumlari tibbiyotda kimyo-terapevtik modda sifatida sil kasalligini davolashda keng qollanadi Izoniazld — Isoniazidum Izonikotin kislota gidrazidi. Hidsiz, oq kristall kukun. Suv, kislota va ishqor eritmalarida oson, spirtda qiyin eriydi. Chinligi: 1) sinka reaksiyasi (2,4-dinitroxlor benzol bilan); 2 ) umumalkaloid reaktivlari bilan; 3) kumush nitratning ammiakli eritmasi va mis sulfat eritmasi bilan oksidlash. Miqdoriy tahlil-. yodometriya. Dori shakli: tabletka, inyeksiya uchun eritma. Silga qarshi vosita. Ftivazid - Phthivazidum Izonikotin kislota 3-metoksi-4-oksibenzilidengidrazidi. Kuchsiz vanilin hidli, och sariq yoki sariq mayda kristall kukun. Suvda juda kam, kislota va ishqor eritmalarida oson eriydi (eritma rangi to'qlashadi). Chinligi: 1) gidrolitik parchalanish (vanilin hidi); 2 ) spirtii eritmasi ishqor bilan aniq sariq rang hosil qiladi; kislota qo‘shilganda awal rangsizlanish, so‘ng yana rangning to'qlashishi; 3) sinka reaksiyasi. Miqdoriy tahlii. suvsiz muhitda kislota- asosli titrlash. Dori shakli: tabletka. Metazid — Methazidum Izonikotin kislotasining 2,2-metilenbis- gidrazidi. Oq yoki pushti tusli oq kristall kukun. Suv, spirt va xloroformda deyarli erimaydi, suyultirilgan noorganik kislotalarda oson eriydi. Chinligi: 1) gidrolizdan so‘ng xromatrop kislota ishtirokida formal degidga reaksiya; 2 ) sinka reaksiyasi. Miqdoriy tahlil'. yodometriya. Dori shakli: tabletka. Silga qarshi vosita. Etionamid - Ethionamidum 2-etilpiridin-4-karbotioamid yoki 2-etil-4-tiokarbamoil-4-piridin. Sariq kristall yoki mayda kristall kukun. Suvda deyarli erimaydi, metanolda eruvchan, etanolda kam, efirda juda kam eriydi. Chinligi: 1) kislorod oqimida yoqish usuli bo‘yicha oltingugurtni aniqlash; 2 ) ammiak ajralishi. Miqdoriy tahlil: kislorod oqimida yoqish usuli. Dori shakli: draje. Silga qarshi vosita. Izonikotin kislota gidrazid hosilalarining chinligini aniqlashda ularning fizikaviy va kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Masalan, preparatlarning hidi, rangi (ftivazid), suyuqlanish harorati va turli erituvchilarda eruvchanligi ularni bir-birlaridan dastlabki farqlashga yordam beradi. Izonikotin kislota gidrazid hosilalarida qaytaruvchi xossa mavjud. Ushbu va boshqa kimyoviy xossalaridan ulaming chinligi va miqdorini aniqlashda foydalaniladi. (Izoniazid, ftivazid va metazidlarning chinligini aniqlashda, ulardagi piridin halqasiga xos spirt va kaliy gidroksid eritmasi ishtirokida 2,4-dinitroxlorbenzol bilan qizil rangli glutakon aldegid unumini hosil qilish reaksiyasidan foydalani- 346 ladi. Izonikotin kislotaning gidrazid hosilalariga umumiy reaksiyasifatida, yana ulami n-dimetilaminobenzaldegidni konsentrlangan xlorid kislotasidagi eritmasi bilan jigar yoki qizil-qo‘ngMr, to‘q sariq rangli birikma hosil qilishidan foydalaniladi. Bunda kislotali muhitdapreparatni isitilganda gidrazin ajratib chiqaradi. U o'z navbatida n-dimetilaminobenzaldegid (1) bilan avval al dazin (II) turidagi birikmahosil qiladi. Farmakopeya maqolasida keltirilgan har qaysi preparatning o‘zi-ga xos reaksiyalariga kelganda, izoniazid eritmasiga kumush nitratning ammiakdagi eritmasidan iqo‘shib isitilganda, erkin kumush ajralib,probirka devorlarida ko‘zgu hosil qiladi va shu bilan bir qatorda pufakcha holida erkin azot ajralib chiqadi: Izoniazidning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi mis (II) sulfat eritmasi qo‘shilganda, u havo rangli cho'kma holida kompleks birikma hosil qiladi va shu bilan bir qatorda suyuqlik ham ayni rangga bo‘yalib qoladi. Keyinchalik aralashmani isitilsa, cho'kma avval och yashil, so‘ngra esa sariq-yashil rangga o4adi va pufakcha holida erkin azot ajralib chiqadi: Ftivazidga suyultirilgan xlorid kislota qo‘shib qizdirilsa, vanilin hidi keladi: Metazidning chinligini aniqlashda undagi formaldegid qoldig‘imetilen guruhidan foydalaniladi. Preparatga konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida xromotrop kislotasining dinatriyli tuzi qo‘shilganda,tez binafsha rangga o‘tib ketuvchi qizil-binafsha rangli birikma hosil qiladi (reaksiyani nikodin preparatiga qaralsin). Nialamidning chinligini aniqlashda uning eritmasiga Feling suyuqligi qo'shib isitilsa, qizil cho‘kma holida mis (I) oksid cho‘kadi va shu bilan birga pufakcha shaklida erkin azot ajralib chiqadi: Ushbu reaksiyadan boshqa o‘zida gidrozin qoldig‘i saqlagan ba'zi preparatlami aniqlashda ham foydalanish mumkin. Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |