SHinaning yonaki surilishi va avtomobilning buriluvchanligi
SHinaning yonaki surilish effektini 1925 yilda birinchi bo‘lib, G.Brulьe aniqlagan. Elastik shinaga yonaki kuch ta’sir etganda yonaki surilish tufayli avtmobilning harakat yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin. Avtomobilning tezligi oshganda yonaki surilishning harakat troektoriyasiga ta’siri kuchayadi. SHinaning yonaki surilish qonunlarini o‘rganish avtomobil turg‘unligi va boshqriluvchanligi kabi ekspluatatsin xususiyatlarni yaxshilaydi. Elastik shinaga ega g‘ildirakning harakatini ko‘rib chiqaylik.
Birinchi holda g‘ildirakka faqat og‘irlik kuchi G ta’sir etsin. SHina aylanasi bo‘yicha A, V, S, D, E nuqtalarni belgilaymiz va g‘ildirakni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlantiramiz. SHina kontakt yuzasi ko‘rsatilgan. SHu g‘ildirakka qo‘shimcha yonaki R kuch ta’sir etganda harakatlansa, A, V, S, D, E nuqtalar A, V, S, D, E xolni egallaydi. SHina esa oldingi yo‘nalishga burchak ostida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi, kontakt yuzasi ham burchakka burilib o‘z shaklini o‘zgartiradi. (rasm-5)
YUqoridagi harakat xolati yonaki ta’sir etuvchi kuchdan vujudga keladi. Hosil bo‘lgan burchak g‘ildirakning yonaki surilish burchagi deyiladi.
G‘ildirakning yonaki surilish bilan harakat qilishiga ta’sir etuvchi faktorni ko‘rib chiqaylik. YOnaki surilish burchagi va yonaki ta’sir etuvchi kuch R o‘rtasidagi bog‘lanish grafigi ko‘rsatilgan. OA uchastkada va o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bo‘lib to‘g‘ri chiziq koordinata boshi O dan o‘tadi. AV uchastkada shinaning qisman surilishi bilan ortadi va to‘g‘ri proporsional bog‘lanish buziladi. kuch shinaning yo‘l bilan tishlashish kuchi ga teng bo‘lganda, shina to‘la surilishga ega bo‘ladi va burchak cheksiz ortib boradi. (6-rasm)
OAVS chiziq tishlashish koeffitsienti uchun qurilgan bo‘lsin. Agar koeffitsientlar ga mos ravishda chiziqlar to‘g‘ri kelsa tishlashish koeffitsientining ortib borishi g‘ildirakning yonaki surilishiga bo‘lgan qarshilikni oshiradi. Grafikni to‘g‘ri chiziqli qismi uchun quyidagi tenglik o‘rinli:
yonaki surilishga qarshilik koeffitsienti bo‘lib, bir radian yonaki surilish burchagini olish uchun qancha yonaki kuch ta’sir etishi zarurligini bildiradi. Engil avtmobil shinalari uchun
YOnaki surilish burchaklari bir-biri bilan qanday bog‘lanishda va ular avtmobilning harakatiga qanday ta’sir etishi mumkin. YOnaki surilish burchaklari o‘rtasida munosabat 1 avtomobilning buriluvchanligi orqali aniqlanadi.
Avtomobilning yonaki surilish ta’sirida boshqariluvchi g‘ildiraklar o‘rni bilan belgilangan troektoriyadan chetga burilishi buriluvchanlik deb ataladi. Uning o‘lchamlari oldingi va ketingi yonaki surilish burchaklari o‘q o‘rtasidagi ayirmasiga teng:
Buriluvchanlik uch xil bo‘ladi: neytral, chala va ortiqcha.
Agar oldingi va ketingi o‘qlarning yonaki surilish burchagi teng, ya’ni bo‘lsa R=R va avtomobil neytral buriluvchanlikka ega. Lekin bu vaqtda shinasi elastik bo‘lmagan avtmobil bilan, neytral buriluvchanlikka ega avtomobil troektoriyasi bir xil emas, chunki ikkala holda aylanish markazi 0,01 turlicha.
To‘g‘ri chiziqli harakatda ham ikkala hol uchun troektoriya turlicha bo‘ladi. Agar elastik bo‘lmagan shinali avtomobil to‘g‘ri chiziqli harakatda bo‘lsa, u yonaki kuch ta’sirida surilish boshlanguncha to‘g‘ri chiziqli harakatni davom ettiradi. Agar avtomobil neytral buriluvchanlikka ega bo‘lsa, yonaki surilish ta’sirida oldingi troektoriyaga burchak ostida VV chiziq bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli harakat qilaveradi. Harakat berilgan AA yo‘nalish bo‘yicha davom etishi uchun haydovchi avtomobilni teskar tomonga, bo‘ylama o‘q AA bilan burchak hosil qilguncha buradi.
Agar, ya’ni R>R bo‘lsa, avtomobil chala buriluvchanlikka ega buladi, ya’ni elastik bo‘lmagan shinali avtomobil troetoriyasi bo‘ylab yurishi uchun oldingi g‘ildiraklari kamroq burchakka burilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |