37. O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanish tarixiHozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O’rta Osiyo xalqlari tarixida o’ziga xos o’rni bor. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan To’liq Injil xristianlarining (Pyatidesyatniklik) asrimiz 20-yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi jamoalari tuzildi. 30-yillarga kelib ularning soni 950 kishiga yetdi. Ular tashkilot sifatida qayd etilmagan bo’lsalar-da, Toshkent jamoasi markaziy o’rin tutdi. 1945 yilga kelib baptistlar va pyatidesyatniklar birlashishga qaror qildilar, lekin bu ish to’liq amalga oshmay qoldi. Mazkur tashkilot 1992 yildan e’tiboran rasmiy faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Bu din O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik faoliyati sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko’plab ko’chib kelishi orqali oshdi. Bu dinni mahalliy aholi Missionerlar O’rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli yerlarda yashaganlar.Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo’lgan.XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar: masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi, ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub bo’lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar.Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror qilindi.1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi.1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi.Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O’zbekiston hududida O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan ko’p edi. 1920-40-yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda xristian diniga mansub turli etnik guruhlar ko’payib bordi. Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng O’zbekistonga Rossiya, Ukraina,
Do'stlaringiz bilan baham: |